RIVOJLANISH BOSQICHLARI O’RGANILADIGAN MASALALAR
Bilish nazariyasi va iqtisodiy tahlil
Bozor iqtisodiyoti va iqtisodiy tahlil
Iqtisodiy tahlil – boshqaruvning muhim funksiyasi
Iqtisodiy tahlil fanining shakllanish elementlari
O‘zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining rivojlanishi
Bilish nazariyasi va iqtisodiy tahlil
Bilish – falsafa fanining fundamental uslubiy bo‘limi bo‘lib, u ob’yektiv borliqni inson ongida aks etishini o‘rgatadi. Avvalo, mazkur nazariyada bilishning obyekti va subyekti tushunchasi aniqlanadi. Birinchi tushuncha mazmuni bevosita obyektiv xatti-harakat, amaliyot, insonning moddiy faoliyati, ya’ni jamiyat rivojlanishining asosini tashkil etuvchi shaxslardan iborat bo‘ladi. Ikkinchi tushuncha esa insonning o‘zi, jamiyat, insoniyat, ya’ni bilish obyektiga ijodiy yondashuvchi shaxslardan tashkil topadi. Bilish obyekti va subyektining dialektik birligi uning ishonchliligini va haqqoniyligini ta’minlaydi.
Amaliyot va uning seziluvchi predmetlari – moddiy buyumlashgan,
ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik mazmundagi tomonlari bilishning obyekti hisoblanadi.
Zamonaviy fanlarning usul va uslublarini umumlashtirib aytish mumkinki, bilish jarayonida quyidagi vositalardan keng foydalaniladi: analiz va sintez, eksprement, modellashtirish. Ta’kidlash kerakki, bularning barchasini asoslaydigan hamda amalga oshiradiganlar – shaxslardir, ya’ni mutaxassislardir. Ular mohiyatiga ko‘ra barcha holatlarni yuqori darajada analiz-sintez etadigan fikrlash qobiliyatiga egadirlar.
Fikrlash ijodiy
jarayon sifatida tushuncha, hukm, xulosalarni o‘z ichiga oladi.
Obyektiv reallik: hodisalar, buyumlar, munosabatlar, ko‘rsatkichlar o‘z shakli va mazmuniga hamda xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi, guruhlarga ajratiladi hamda fikrlash vositasida muayyan tushunchani hosil qiladi.
Hukm orqali nimadir tasdiqlanadi yoki inkor etiladi. Tahlil etilgan
jarayonlar sintez etilib, xulosa chiqariladi.
Aytilganlardan ma’lum bo‘lmoqdaki, bilish nazariyasi orqali o‘rganilayotgan borliqning muayyan obyekti to‘g‘risida ishonchli va haqqoniy ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.
Barcha tarmoq fanlarining uslubiy asosi sifatida bilish nazariyasi iqtisodiy tahlilning ham mohiyati, zaruriyligi va natijasini aniqlab beradi.
Iqtisodiy tahlil – amaliy fandir. Agar u bilish nazariyasiga tayanib rivojlansa, insonning amaliy faoliyatida naflilik va iqtisodiy samaradorlik oshadi. Bu esa fanning amaliy hayotda o‘z o‘rnini topganidan dalolat beradi.
Shu sababli iqtisodiy tahlil o‘z faoliyatida dialektikaning asosiy tamoyillariga asoslanadi. Ular quyidagilardan iborat: