1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi



Download 1,55 Mb.
bet80/82
Sana21.04.2022
Hajmi1,55 Mb.
#568411
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Bog'liq
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

Shaxs sotsializatsiyasining makro (grekcha macros «katta»), mezo – (mesos «o’rta») va mikro (micros «kichik») omillarini farqlaydilar.
Makroomillar inson yashaydigan mamlakat, jamiyat, davlat hamda dunyoviy planetar jarayonlar – ekologik, demografik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy vab.
Mezoomillar etnik ko’rsatmalarni shakllantirish, shaxsning milliy hayot va etnikaro munosabatlarning u yoki bu hollarini qabul qilishi, insonlarning o’z eposi (xalqi) tarixi va hozirgi hayoti haqida qarashlari va fikrlari; bola yashaydigan va rivojlanadigan mintaqaviy shart-sharoitlarning ta’siri; yashaydigan joy turi (shahar, tuman markazi, qishloq); ommaviy kommunikatsiya vositalari va b.
Mikroomillar - yaqingina makonni va ijtimoiy muhitni tashkil qiladigan oila, ta’lim muassasalari, tengdoshlar guruhi va b. mana shu yaqingina muhitni, ya’ni bola o’sadigan muhitni sotsium yoki mikrosotsium deb atashadi.
Sotsium (yaqin muhit) – bola sotsiolizatsiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu yaqin ijtimoiy muhitni bola asta-sekin o’zlashtiradi. Boshida u (bola), asosan, oilada rivojlanadi, so’ng yangi muhitlarni o’zlashtiradi – maktabgacha muassasalar, maktab, maktabdan tashqari muassasalar, o’rtoqlar davrasi, diskotekalar va h.k. Yosh o’tgan sari bola tomonidan o’zlashtirilgan ijtimoiy muhit «hududi» tobora kengayib boradi.
Bolaning jamiyatga chiqish chizmasi – sotsializatsiya (ijtimoiylashuvi)





Bola rivojlanishida muhitning ta’siri. Ijtimoiy pedagogikada sotsium, ijtimoiy muhit yaqin ijtimoiy muhit orqali bolaning umuman jamiyatga kirib borishi jarayoni nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi. Sotsiumda inson munosabatlari va hayoti ijtimoiy shart-sharoitlari o’zaro ta’sir xususiyatiga ega. Muhit – bu nafaqat ko’cha, uy va buyumlar. Muhit – bu o’ziga xos munosabat va qoidalar tizimiga ega bo’lgan turli xil insonlar birligi. SHuning uchun, bir tomondan inson unga (muhitga) nimadir o’ziniki olib kiradi, ma’lum bir darajada unga ta’sir qiladi, uni o’zgartiradi, lekin shu bilan birga muhit ham insonga ta’sir ko’rsatadi, unga o’z talablarini qo’yadi.
Muhitning insonga bo’lgan munosabati shu bilan aniqlanadiki, uning o’zini tutishi qanchalik muhit ishonchiga to’g’ri keladi. Insonning o’zini tutishi ko’p holda jamiyatda u qanday o’rinni egallashi bilan aniqlanadi.
Inson jamiyatda bir vaqtda bir qancha o’rinlarni egallashi mumkin. Masalan, ayol kishi o’qituvchi, rafiqa, ona, qiz bo’lishi mumkin. Har bir tutgan o’rin insonga muayyan bir talablarni qo’yadi va shu bilan birga unga qandaydir huquqlarni beradi. Jamiyatda insonning o’zini tutishi muayyan bir huquq va majburiyatlar bilan tavsiflanadi, sotsiologiyada bu ijtimoiy maqom deb ataladi.
Ba’zi bir maqomlar bizga tug’ilishimizdan beriladi. Inson maqomi jinsi, millati, tug’ilgan joyi, ism-sharifi va boshqa omillardan kelib chiqadi. Bunday maqomlar tug’ma yoki berilgan deb ataladi. Boshqalari esa insonning o’zi mustaqil ravishda jamiyatda shaxsiy harakatlariga ko’ra erishgani bilan aniqlanadi. Masalan, pedagog, vrach, muhandis maqomini inson kerakli kasbiy ta’lim yurtida o’qigani va diplom olgani uchun oladi. Bu holda erishilgan yoki olingan maqom haqida gap yuritiladi.
Maqom insonning jamiyatda o’zini tutishini aniqlaydi. Ma’lum bir vaziyatlarda shaxs o’zini istaganicha emas, balki o’z maqomiga ko’ra tutadi. Atrofidagi insonlar undan bu vaziyatlarda muayyan intizomni kutadi, ya’ni inson muayyan bir rolni o’ynashga majbur. SHuning uchun, inson maqomidan kelib chiqqan kutilayotgan intizom ijtimoiy rol deb ataladi.
Jamiyatda nafaqat u (jamiyat) bilan kutilayotgan maqomlar, balki ijtimoiy me’yor va qadriyatlarga to’g’ri kelmaydigan maqomlar ham mavjud. SHuning uchun rivojlanish jarayonida bola pozitiv ijtimoiy rolni va shu bilan birga negativ rolni ham o’zlashtirishi mumkin.



Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish