1-mavzu: Birinchi jahon urushidan keying davrda Xitoy. Reja


Pahlaviylar sulolasining hokimiyatga kelishi



Download 152,09 Kb.
bet20/65
Sana20.06.2022
Hajmi152,09 Kb.
#683989
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65
Bog'liq
Jahon tarixi ma\'ruzalar

Pahlaviylar sulolasining hokimiyatga kelishi.

Rizoshohning burjua islohotlari.
Ziyoviddin Tabatabaining “Qora mahkama” deb atalgan hukumatida harbiy vazir bo‘lgan Rizoxon 1923 yili bosh vazir bo‘ladi, 1925 yil dekabrida esa Eronning merosiy shohi deb e’lon qilinadi. Majlis Xojarlar sulolasini taxtdan tushirilganligi haqida qaror qabul qiladi, yangi sulola esa Pahlaviylar sharifini oldi.
O‘z boshqaruvining boshlarida Rizoshoh o‘zini Xojarlar sulolasiga qarama-qarshi qo‘yish uchun parlamentga va burjua erkinliklariga o‘z hurmatini ta’kidlagan edi, biroq vaqt o‘tishi bilan majlisning ahamiyati pasayib aksincha shohning roli esa osha boradi.
Eski ma’muriyatning pozitsiyalari nafaqat harbiy kuch bilan, balki ma’muriy yo‘llar bilan ham izdan chiqarildi: Xonlar soliqlar yig‘ish va boshqa vositachilik davlat funksiyalarini bajarish huquqlaridan mahrum etildi; ba’zi xonlar yangi yashash joylariga o‘tkazildi, ularga u yerda ilgarigidek katta yerlar berilsa-da, ammo u yerda ular mahalliy aholi bilan an’anaviy aloqaga ega emasdilar.
Separatchi xonlar yerlarini musodara qilinishi va uning armiya yuqori qatlamiga taqsimlab berilishi hisobiga yirik yer egalarining yangi qatlami shakllana boshladi. Burjua-pomeshchiklar mulklarini mustahkamlash va himoya qilish maqsadida majlis bir qancha qonun va qarorlar qabul qildi. Chunonchi, Jinoyat kodeksi (1927 yil), Fuqarolik kodeksi (1929 yil), yer mulklarni ro‘yhatga olish to‘g‘risida (1928 yil), yerlarni kuch bilan egallab olinishiga qarshi va davlat yerlarini ijaraga berish haqidagi qonunlar (1930 yil), dehqonlar harakatiga qarshi qaratilgan agrar banditizmga qarshi qonun (1931 yil) va boshqa qonunlar qabul qilindi. 1939 yildagi “Yirik zamindorlar va dehqonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun bilan amalda dehqonlar tomonidan pomeshchiklar yer-suvlarini ijaraga olishiga asoslangan qishloqdagi feodal munosabatlar mustahkamlab qo‘yildi.
Qishloqda yarim feodal munosabatlar saqlab qolinib, dehqonlar uchun yangi mehnat majburiyatlari (yo‘l qurilishi va boshqa ishlarda qatnashish) joriy qilindi. Yerga ishlab berish yog‘och so‘qa kabi eng oddiy mehnat qurollari bilan amalga oshirilardi. Dehqonlar ilgarigidek haddan tashqari qashshoqlik, ochlikda kun kechirardilar. Dehqonlarning 1926 yilda G‘ilondagi, 1928 yilda Bulujistonda, 1929-1930 yillarda Xuroson va Eron janubidagi g‘alayonlari shafqatsiz ravishda bostiriladi.
Qishloqda feodal munosabatlar saqlanganiga qaramay, shaharlarda kapitalistik sanoat vujudga keldi. Milliy sanoat va savdoni rivojlantirish maqsadida Rizoshoh bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi, xususan, avtonom bojxona ta’rifi joriy qilindi, tashqi savdo, choy, shakar monopoliyasi o‘rnatildi. Bu barcha proteksionistik tadbirlar milliy ishlab chiqarish va sanoatni o‘sishiga olib keldi. 1938 yilga kelib, mamlakatda fabrika-zavod sanoat korxonalari soni 280 ga yetadi (1928 yilda esa, ular soni bor yo‘g‘i 3 ta edi). Ayni vaqtda bu chora-tadbirlar 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozini mamlakatga ta’sirini birmuncha yumshatish imkonini berdi. Shu bilan birga inqiroz Eronning iqtisodiy jihatdan qoloqligini ham ko‘rsatadi. Bu holat Eron hokimiyatini 1931 yilda boshlangan davlat kapitalizm siyosatini o‘tkazishga undagan edi.
XX asrning 20-30 yillarida Eronda madaniyat sohasida ham ma’lum darajada islohotlar o‘tkaziladi. Dunyoviy maktablar, kam bo‘lsa-da xotin-qizlar maktablari tashkil qilindi. 1934 yil Tehron universiteti, pedagogika instituti va qishloq xo‘jalik institutiga asos solindi. 1935 yili majburiy ravishda ayollarning chodir tashlashi to‘g‘risida dekret chiqdi. Hukumat islom ruhoniylarini mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta’sirini chekladi. 1935 yili til va adabiyot akademiyasiga asos solindi. Oy kalendari o‘rniga quyosh kalendari joriy qilindi.
Tashqi siyosat sohasida Rizoshoh hukumati o‘zining faoliyati birinchi bosqichida sobiq SSSR bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini qo‘llab-quvvatladi. Zotan, inqiroz vaqtida aynan SSSR bilan barter savdosi Eron iqtisodiyoti uchun juda katta foyda beradi. 1932 yilda siyosiy motivlar bilan boshlangan sovet-eron savdosining boyqot qilinishi Shimoliy Eron aholisida kuchli norozilik uyg‘otadi, natijada 1933 yil iyunida shohning boyqotni to‘xtatilishi haqida ko‘rsatma berishiga to‘g‘ri kelgan edi.
1930-yillar o‘rtalariga kelib Eron hukumat doiralarida Germaniya tomon asta-sekin burilish munosabati bilan Rizoshohning SSSRga nisbatan siyosati dushmanlik harakteriga ega bo‘lib bordi. Eron 1938 yil SSSR bilan yangi savdo shartnomasi tuzishdan bosh tortdiki, bu esa shu vaqtgacha Eronning tashqi savdo oborotining 40 foizini tashkil qilib kelayotgan sovet-eron savdosini deyarli butunlay to‘xtalishiga olib keldi.


  1. Download 152,09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish