Respublikamizda avtomobilsozlikning rivojlanish bosqichlari
Respublikamiz mustaqillikka erishgan kundan boshlab Prezidentimiz
tashabbuslari bilan avtomobil sanoati rivojiga katta e‘tibor qaratildi. Jumladan,
1992-yil iyun oyida Janubiy Koreya tashrifi chog‗ida «Daewoo» zavodi bilan
tanishib, hamkorlikda Andijon viloyati Asaka shahrida avtomobil zavodini qurish
to‗g‗risida Memorandum imzolandi va shu tariqa «UzDaewoo» zavodiga asos
solindi. 1996-yil 19-iyulda zavod ishga tushishi bilan O‗zbekiston dunyodagi o‗z
avtomobiliga ega bo‗lgan 28-davlatga aylandi.
«UzDaewoo» bu Markaziy Osiyodagi birinchi avtomobil ishlab chiqaruvchi
zavod hisoblanadi. Zavod jahon standartlari talablariga javob beruvchi o‗ta
zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan bo‗lib, o‗sha vaqtda umumiy hisobda
yiliga 200 000 dona avtomobil (o‗rta sinfli «Nexia» avtomobillari-100000 dona,
«Tico» avtomobillari-50000 dona, «Damas» avtomobillari-50000 dona) ishlab
chiqarish quvvatiga ega edi. Bu avtomobillarga ehtiyot qism va materiallarning
o‗zimizda mahalliylashtirish dasturiga asosan ishlab chiqarish joriy qilinmoqda.
Tinimsiz izlanishlar natijasida «Tico» avtomobili o‗rniga «Matiz», «Spark»,
«Damas» avtomobilining kuchaytirilgan varianti, «Nexia» avtomobili o‗rniga
«Nexia-2», «Lacetti» avtomobillari ishlab chiqarilib, Respublikamiz va chet
mamalakatlarda avtoishqibozlar e‘tiborini tortmoqda.
O‗zbekiston avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida GM
korparatsiyasi bilan shartnoma tuzilib, zavod «GM-Uzbekiston» qo‗shma
korxonasiga aylantirildi va quvvati yiliga 250000 donaga oshirildi.
Shu bilan bir qatorda 1999-yil Samarqand shahrida O‗zbekiston-Turkiya qo‗shma
korxonasi «Sam-Koch-avto» zavodidan «Otoyo‗l» markali kichik rusumdagi
avtobuslar va ixtisoslashtirilgan yuk avtomobillari ishlab chiqarilib, ekspluatatsiya
qilindi. Keyinchalik bu zavod negizida O‗zbekiston-Yaponiya qo‗shma korxonasi
«SamAvto» zavodi tashkil etilib, bu zavoddan ham «Isuzu» markali kichik
rusumdagi avtobuslar va ixtisoslashgan yuk avtomobillari ishlab chiqarilib,
ekspluatatsiya qilinmoqda. Shuningdek, Samarqandda yana bir O‗zbekiston-
Germaniya qo‗shma korxonasi «MAN» yuk avtomobillari ishlab chiqarishga
mo‗ljallangan zavod o‗z ishini boshlab yubordi.
Avtomobilning yuragi hisoblangan motor dunyoda sanoqli davlatlarda ishlab
chiqariladi. Shu bois, «GM-Powertrain» zavodi qurilishi bilan O‗zbekiston ham shu
davlatlar qatoriga qo‗shildi. Zavodning hozirgi kundagi quvvati yiliga 225000
dona motor ishlab chiqarishga mo‗ljallangan.
Mamalakatimizda avtomobil sanoatining rivojlanishiga juda katta e‘tibor
qaratilmoqda, jumladan, Davlatimizning birinchi rahbari Islom Karimov Vazirlar
Mahkamasining 2011-yil 21-yanvarda bo‗lib o‗tgan majlisida olib borilayotgan
islohotlar ko‗lamiga baho berib:
«O‘zbekistonda avtomobilsozlik Asakadan
boshlandi. Shu zavodni ochgan kunim - 1996-yil 19-iyulni O‘zbekiston hayoti
uchun, tarixi uchun baxtli kun deb hisoblayman»
degan edilar. Zero, ana shu
zavodda ishlab chiqarilayotgan sifatli va biri-biridan zamonaviy avtomobillar
xalqimizni bu sohada ham hech kimdan kam emasligini, aksincha, raqobat
borasida ko‗plarni lol qoldirayotganligini ko‗rsatadi.
Istiqlol farzandi sanalmish ushbu qo‗shma korxonada 2000-yilda 30700 ta
avtomobil ishlab chiqarilgan bo‗lsa, 2010-yil yakunida bu ko‗rsatkich 217733 tani
tashkil etdi. Ko‗rinib turibdiki, avtomobil ishlab chiqarish keyingi o‗n yil
oralig‗ida 181033 donaga yoki 7,1 martaga oshgan.
Ishlab chiqarilayotgan avtomobillar hozirgi kunda jahon bozorida yurtimiz nomini
dunyoga taratmoqda. Masalan: O‗zbekiston Rossiya Federatsiyasiga 2005-yilda
eng ko‗p avtomobil eksport qilgan davlat hisoblandi. 2011-yilda esa Yaponiya va
Germaniyadan so‗ng uchinchi davlat deb topildi. 2011-yil Rossiyada
Do'stlaringiz bilan baham: |