«Sab'ai sayyor» “Sabbai sayyor” «Xamsa»ning to'rtinchi dostoni bo'lib, ishqiy-sarguzasht xarakteridadir. Asarning bosh qahramoni — Bahrom. Bahrom Sharqda Mars yulduzining nomi. Arabchasi — Mirrix. Bahrom ko'pincha jangu jadallar, fitna-yag'molar timsoli sifatida keladi. Tarixchilar bu nomni Eronning sosoniy hukmdori Varaxran V (120—438-yillarda podsholik qilgan) bilan bog'laydilar. Xalq orasida Bahrom Go'r laqabi bilan shuhrat topgan. «Go'r» deb qulonni aytganlar. Bahrom ovga, maishatga o'ch, urushlarda hamisha g'olib keladigan shoh sifatida talqin qilingan.
Bahromni dastlab Firdavsiy o'z «Shohnoma»sida tasvirladi.
Bahrom Eron shohi Yazdijurdning o'g'li. Unga Ozoda nomli go'zal bir kanizakni in'om etgan edilar. Ozoda yaxshi soz chalar, qo'shiq aytar, umuman, har jihatdan mukammal edi. Bahrom ham uni sevar, yonidan qo'ymas edi.
Bir kuni ovga chiqdilar. Shahzoda Ozodaga mahoratini namoyish etib, maqtangisi keldi. Undan ohularni qanday otishni so'radi. Ozoda unga chopib borayotgan bir to'da ohuni ko'rsatib, nnovi erkagini urg'ochiga, urg'ochisini esa erkakka aylantir, uchinchisi bu holni ko'rib hayron bo'lsin, dedi. Bahrom ishorani lushundi. Ikki o'q bilan erkak ohuning ikki shoxini sindirdi. Ikki o'q qadab urg'ochisini shoxlik qildi. Uchinchisining qulog'iga yonlama otib yarador qildi. Oldingi oyog'i bilan qulog'ini qashlaganda navbatdagi o'q bilan mixlab qo'ydi. Va mamnun holda taqdirlanishni kutib Ozodaga qaradi. Ozoda esa bundan mamnun bo'lmadi. Aksincha, shahzodani yovuz Axramanga o'xshatdi. Bahrom g'azabga mindi va Ozodani otlar tuyog'i ostiga tashlab o'ldirdi. Otasidan so'ng Bahrom taxtga chiqdi. Ko'p voqea-sarguzashtlami boshidan kechirdi. 20 yil o'ynab-kuldi, 20 yil adolat bilan mamlakatni boshqardi, 20 yil Ollohga xizmat qildi. O'g'liga saltanatni topshirdi. Uxladi, shu bilan o'rnidan turmadi.
Nizomiy Bahromning kanizak bilan bog'liq hikoyasini qoliplovchi hikoya qilib oldi. Va doston voqealariga bog'lanmaydigan beshta hikoya kiritdi. Bu yerda kanizakning ismi — Fitna. Ovdagi hodisada u Bahromni «yovuz» demaydi, sovuqqina qilib «Mashqning natijasi-da» deb qo'ya qoladi Nizomiyning Bahromi uni o'z qo'li bilan o'ldirishgacha bormaydi, Bu ishni sipohlaridan biriga topshiradi. Qiz tasodif bilan onion qoladi va ular yana topishadilar. Bahrom yana aysh-ishratga beriladi. Yetti iqlimning malikasiga uylanadi. Ularning har biriga moslab bittadan qasr quriladi. Shoh Bahrom har kuni malikalarning biridan hikoya tinglaydi. Nizomiy uning bir haftalik hayotini tasvirlab beradi. Yettita bir-biridan go'zal hikoya keltiradl.
Shoh aysh-ishratga berilar ekan, mamlakatda tartib va adolat buziladi. Ichki va tashqi dushmanlar ko'payib, birlashib boradilar. Yurtda talon-toroj avj oladi. Bahrom buni payqav olmaydi. Lekin butun ko'ngli bilan tnamlakatdan fayz-baraka ketayotganini, nimadir bo'layotganini sezib turadi. Bir kuni shahardan tashqari chiqadi. Uzoqda bir chayla ko'rinadi, borsa, yonidagi daraxt shoxiga katta bir it osib qo'yilgan. Sababini so'raydi. Ma'lum bo'lishicha, it cho'ponga uzoq vaqt sodiq xizmat qilgan. Lekin vaqtlar o'tib cho'pon qo'ylarning kamayib borayotganini sezib qoladi. Tekshirib ko'rsa, it shu atrofdagi urg'ochi bo'ri bilan ilakishgan, evaziga esa u otardan hech bir qarshiliksiz xohlagan bir qo'yini olib chiqib ketar ekan. Xiyonatning jazosi esa o'limdir.
Bahrom o'ychan shaharga qaytadi. Vaziri Rost-Ravshanni lekshirib ko'radi. Xiyonatni aniqlaydi. Adolatni tiklaydi. Mamlakat yana obodlikka yuz tutadi. Bir kuni ov izidan quvib, g'orga borib qoladi va ichkari kirib ketadi. Kutadilar, shyh chiqmaydi. Ichkaridan «Kutmanglar, shohingiz ish bilan band», degan ovoz eshitiladi.
Xusrav Dehlaviy o'z asarida Bahrom voqeasini uning taxtga chiqishidan boshlab, asosan, «Haft paykar»dagi qurilishni saqlab qoldi. Yetti hikoyani hind eposidan oldi. Kanizakning nomini esa Dilorom qilib o'zgartirdi.
Navoiy o'zigacha yozilgan Bahrom haqidagi dostonlarni sinchiklab o'qib chiqdi. An'anaga ko'ra, «Sab'ai sayyor»ni oldingi dostonlardek hafif bahrida (foilotun mafoilun fa'uvlun – v -- v - v v - -) yozdi. Biroq o'igan ustozlarning hurmatini o'z o'rniga qo'ygan holda ularga keskin e'tirozlar ham bildirdi va afsonaviy syujetga jiddiy o'zgarishlar kiritdi.
Navoiyning bu borada oldingi xamsanavislarga uchta jiddiy e’tirozi bor:
1. Biri bukim yo'q anda moyai dard,
Qildilar ishq so'zidin ani fard.
Nega Bahrom o'zini o'tga-cho'qqa uradi? Nega u qasrlar qurdiradi? Malikalarni keltiradi, dunyoning ne'matlariga to'ymaydi? Uni boshqaradigan kuch nima? O'sha “moyai dard” qani? Shoir fikricha, u ishqdan xoli qilingan, ayb shunda!
2. Yana biri bukim anda ba'zi ish,
Zohiran nomunosabat tushmish.
Bahromning ayshi uchun yettita qasr qurilishi, yetti malikaning Bahromni uxlatish uchun afsona aytishlari asossiz, deydi shoir va mabodo afsona aytish zarur bo'lsa, boshqa qissaxon yo'qmidi? — degan savolni qo'yadi.
3. Bo'yla nodon uchun yozib avsof,
Anga qilgaylar o'zlarin vassof.
«Sab'ai sayyor» 38 bob, 5000 baytdan iborat bo'lib, asar voqcalari 12-bobdan boshlangan. Bahrom — yetti iqlim shohi. Ovda uni izlab kelayotgan Moniyni uchratadi. Moniy xitoylik bir savdogarning go'zal qizi Dilorom haqida xabar beradi. U qizning o'zi chizgan suratini ko'rsatadi. Shoh suratni ko'rishi bilan telbalarcha oshiq bo'lib qoladi. Xitoyning bir yillik xirojini to'lab, qizni saroyga keltiradi. Oshiqona hayot boshlanadi. Shoh butunlay mahliyo bo'lib, davlat, mamlakat ishlarini unutadi. Nihoyat, ovda kiyik hodisasi yuz beradi. Bu ham Fitna singari «mashqning natijasi» deb aytadi. Shoh mastlik bilan qizni sochlariga oyoq-qo'lini chirmab biyobonga tashlab kelishni buyuradi. Ertasi g'azab va mastlik tarqab, afsuslanganidan keyin, uni o'zi borib izlaydi, topa olmaydi. Shoh ayriliqdan butkul o'zini yo'qotib qo'yadi. Sahrodan uni bir amallab olib keladilar. Shoh uzlatga beriladi. Hakimlar tashvishga tushadilar. Maslahat bilan Bahromdagi savdoyilikni daf etmoq uchun yetti iqlim shohi yetti qasr quradilar. Bu yetti qasr yetti shohning mamlakatiga olib boradigan yo'l ustida quriladi. Moniy lining har birini o'zga bir rang bilan bezaydi. Bahrom ularni tomosha qilar ekan, kasali tuzala boshlaydi. Yetti rangdagi yetti qasrbitadi. Yetti iqlim shohi bittadan o'zqizlarini beradilar. Shohona to'ylar o'tkaziladi. Bahrom shanba kunini mushkfom qora liboslar kiyib, qora rang gumbazga kirib, hind malikasi huzurida o'tkazadi. Kunning, ayniqsa, tunning o'tishi qiyin bo'ladi. Shoh farmoniga ko'ra, xizmatchilar qasr yo'liga chiqib, shu tomon kelayotgan musofirni boshlab kiradilar. Shoh undan ko'rgan-kechirganlaridan hikoya qilib berishini so'raydi. Musofir saxiylikningbctimsol natnunasini ko'rsatgan Axiy haqidagi hikoyani aytib beradi va o'zining unga avlod ekanini, shahanshoh huzuriga xizmatga kelayotganini aytadi.
Yakshanba kuni shoh zarnigor qasrda zarbof kiyimlar kiyib, Rum malikasi huzurida rumlik musofir usta zargar Zayd Zahhob haqidagi hikoyani tinglaydi.
Dushanba kuni Yashil qasrda shahrisabzlik musofir shohga Sa'd haqidagi maroqli hikoyani aytib beradi.
Shu tariqa gumbaz ranglari hafta kunlariga mutanosib holda almashib boradi. Bahrom Jo'na va Mas'ud, Mehr va Suhayl, Muqbil va Mudbir haqida biri-biridan qiziq hikoyalar tinglaydi. Ranglar ham qoradan oqqa tomon boradi. Shohdagi noxushlik, Litnidsizlik o'rnini yorug' kayfiyatlar egallay boshlaydi.
Nihoyat, juma kuni — yettinchi kun. Bahrom oq qasrda. Chin go'zali qoshida xorazmlik musofiming hikoyasini tinglaydi.
— Ko'rganimni ayta qolay, — deb boshlaydi musofir o'z hikoyasini. — Xorazmdanman, soz chalaman. Iqlimdagi barcha ustozlar mening shogirdimdirlar. Nogahon bir xitoylik savdogarning go'zal kanizagi haqida ovoza tarqaldi. Oq niqobda, yuzini hech kim ko'rmagan, soz chaladi, ashula aytadi. Unday ashula va ohang hech kimga nasib etgan emas. Ovoza mamlakat shohigacha borib yetdi. Shoh darvesh qiyofasida keldi, tan berdi. Nikohiga so'ratdi. Kanizak ko'nmadi. Shoh uni zo'rlab olib keldi. Chang chaldi, hamma uyquga ketdi, u esa uyiga qaytdi. Bu hoi ko'p takrorlandi. Shoh kanizak bilan aka-singil, xoja bilan ota-o'g'il tutindi. Qasr qurib berdi.
Men bazmlar dostonnavozi edim, shu tufayli ishim kasodga uchradi. Kanizak huzuriga borib arz qildim, sozini tinglab lol qoldim, ta'lim so'radim. O'zimni mahram etdim. Ko'nglimdagi boshqa har qanday tuyg'uni qochirdim. Sezdimki, uning kuy- ohangidajuda katta dard, pinhoniy ishq bor edi. Kimningdir hajrida o’rtanardi. Bilmoqchi bo'ldim. «Taftishni bas qil», dedi u. Yana so'radim. «Mayli, aytaman, shartim shuki, bu yerda turmaysan, ketasan», dedi. Darhaqiqat, uning hikoyasi dardli edi:
- Chin mulkidanman. Ikki xon qirg'inida asir tushdim. Xoja meni kanizak qilib sotib oldi. U farzandsiz edi. Meni farzanddek tarbiya qildi. Shuhratim yoyildi. Bir naqqosh suratimni pinhona chizib, bir shahanshohga ko'rsatibdi. Sevildim, sevdim. Bir kuni ovda bir hol bo'ldi. U men aytganday otdi. U sharobdan mast edi Men o'zimdan mast edim. Qadriga yetmadim. U odamzod qilolmagan ishni qildi. Men unga jonimni fido etmog'im lozim edi Meni yuz pora qildirsa ham haqli edi. Sahroga tashlatdi. Meni ko'rgani kelayotgan xojam yo'lda topib oldi. Men shohimiz huzuriga bormoqchi, uzr so'ramoqchi edim, xojam ruxsat bermadi.
Shu tariqa men tirik hijronda qoldim... Endi, ket! — deb lukoyasini tugatdi kanizak, shunda shoh Bahrom o'zini tuta olmadi, shohligini ham unutib, musofirni qayta-qayta bag'riga hosdi.
Bahrom Diloromni topgaeh, yana ovga, aysh-ishratga beriladi.
Bir kuni katta ovda, ulkan o'tloqda sonsiz qo'shin va hayvonlar jam bo'ladi. O'tloqning tagi eski botqoq edi. Ovda qo'shin zich bo'lganida tepadan sharros yomg'ir boshlaydi. Eski b'otqoqning og'zi ochilib, Bahrom Diloromi va butun arkoni davlati bilan birgalikda balchiq tubiga kirib ketadi.
Sodda qilib aytsak, Bahromni yer yutadi.
Ko'rinyaptiki, Navoiy Bahrom obrazigajuda katta ma'no- niazmun yuklagan. Uning timsolida oshiqlik va shohlikning bir tanga sig'masligini ko'rsatgan. Bahrom oshiq bo'lgach, mamlakatni unutdi.
Binobarin:
Ishq ila shohlig' muvofiq emas,
Ishq lofida shoh sodiq emas.
Ikkinchidan, Navoiy oldingi xamsanavislarga bildirgan e'lirozlariga o'zi qat'iy amal qilib, qasrlarning qurilishi va hikoyalarning berilishini Bahrom hayoti va taqdiri bilan mantiqan bog'ladi.
Uchinchidan, buyuk shoir asar voqealarini, hatto hikoyalarni ham Xurosonu Movarounnahr hayoti bilan bog'lashga harakat qildi. Shahrisabz, Xorazm haqida maxsus hikoyalar kiritdi.
Navoiy bu mashhur qissaga turkona ruh berdi. Bahrom munosabati bilan juda ko'p zamonaviy masalalarni qo'zg'adi. Shulardan biri temuriylarning, xususan, Sulton Husaynning aysh-ishratga o'chligi edi.
Dostonning 37-bobida ulug' shoir bu masalaga alohida to'xtaydi.
Navoiy tush ko'rganmish. Sakkiz poyalik taxt. Mulozim shoirni shoh yo'qlayotganini aytadi. Shoir borsa, shahanshoh Bahrom, yetti malika va Dilorom. Shoh shoir bilan quchoqlashib ko'rishadi, qadrini quyoshga yetkazadi va deydi:
— Aslida sohibqiron — sen. Sen dunyoni qalaming bilan olding. Tariximiz, ahvolimizni bayon qilding, vasfiga til ojizlik qiladi. Sengacha ham yozishdi. Ko'plar eshitganlarini yozdilar. Sen esa jiddiy o'rganding, ildiziga yetmaguncha qo'ymading. Yana bukim, sen turkiylarni bahramand qilding. Ovozam o'chayotgan edi, yangilading. Bu ish mening zamonamda bo'lsa, yetarli taqdirlar edim. Minnatdorlik bildirishga imkonim yo'qligidan xijolatdaman. Lekin ikki jihatdan ko'nglini xotiijam bo'ldi:
1. Senda mol-dunyoga, mansabga havas yo'q ekan.
2. Ko'ngling buyurmaganini yozmas ekansan.
Senga iltimosim:
Sen Sulton Husayn mulozimisan. Men achchiq-chuchukni ko'rdim. Sipohim vafosizlik qilib, Chin xoqoni yurtga keldi. Baxt hidoyati bilan g'olib chiqdim. Sulton Husaynda ham shunday bo'ldi.
Hovarnaq qurdim. Yetti qasr bino qildim. Maishatga zo'r berdim. Sulton Husaynda ham shunday. Shularga ko'ra men uni farzand deya olaman. Undan tashvishlanaman. Salom ayt va shuni yetkazginki:
Ki jahon kimsaga vafo qilmas,
Shohlig' tarkiga kiro qilmas.
Shahki, ming yil oning hayotidur,
G'araz — o'lganda yaxshi otidur.
Navoiy juda katta gapni favqulodda jasorat bilan aytgan edi. Birinehidan, u o'z ijodiy niyatini Bahrom tilidan ma'qullatib oldi. Bulardan eng muhimi, shoirning o'z vijdoniga xilof narsani yozmaganidir. Ikkinchidan, Husayn Boyqaroni Bahromga o'xshatdi, uning taqdiridan ogoh qildi. Agar Sulton Husayn maishatni tark etmasa, uni ham Bahrom singari yer yutadi, degan fikrni tasdiqlatib oldi.
Bular juda muhim edi.
Bahrom qissasi Navoiydan keyin o'zbek adabiyotida keng yoyildi. XVIII asrdan yozma va og'zaki adabiyotimizda Bahrom va Gulandom turkumi paydo bo'ldi. Koshg'arlik G'aribiy XIX asrda “Shoh Bahrom va Dilorom” asarini yozdi. Umar Boqiyning “Qissai haft manzari Bahrom» asarlari maydonga keldi. Fozil Yo'ldosh o'g'li esa «Bahrom va Gulandom» dostonini yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |