1 Ma'ruza Mavzu: Kirish. Ilm-fan, texnika va texnologiyalar taraqqiyotining umumiy tavsifi. Reja



Download 430,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana14.09.2021
Hajmi430,74 Kb.
#174301
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 Ma'ruza Mavzu Kirish. Ilm-fan, texnika va texnologiyalar tara

Ta’lim mazmunida “Fan  ta’lim  amaliyot” integrasiyasining zarurligi. 

Fan  va  texnikaning  ishlab  chiqarish  bilan  yaqindan  integrasiyalashib  borish  bu  davr 

taqozosidir. Shuning uchun ham bugungi yoshlar maktablarni bitirib hozirgi zamon texnikasining 

asoslari haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo’lishlari lozim. 

Bugungi  yuksalayotgan fan va texnikamiz bizga jamiyat qonunlari va tabiatdagi hodisalar 

mohiyatini, bizni o’rab turgan muhitni rivojlantirishni tushunib yetishga yordam beradi. Ilg’or fan 

va  texnika  –  texnologiyalar  tufayli  inson  atrof  –  muhit  bilan  faol  hamkorlikda  bo’ladi,  uning 

yashash sharoitlari yaxshilanadi. XIX asrning oxiri XXI asrning boshlarida fan va texnika misli 

ko’rilmagan  darajada  rivojlandi.  Bu  davrda  sanoat,  transport  va  boshqa  sohalarni 

avtomatlashtirishga kirishildi. Avtomatik boshqarish nazariyasiga asoslangan “Kibernetika” nomli 

yangi fan vujudga kelishiga asos bo’ldi. 

O’tgan  yillar  mobaynida  yetuk  olimlar  yordamida  kibernetika  fanining  texnik  asoslari 

bo’lmish  kompyuterlarning  o’nlab,  yuzlab  turlari  yaratilgan  bo’lib,  ular  hisoblash  jarayonini 

yengillashtiradi.  Shunga  qaramay,  bugungi  kunda  yaratilgan  kompyuterlarning  turli 

ko’rinishlarini, ya’ni kompyuterlarni va mini – kompyuterlarni takomillashtirishga olimlar tezlik 

bilan  kirishdilar.  Kelgusi  davr  kompyuterlari  sekundiga  ulardan  bir  necha  ming  barobar  tez 

ishlaydigan  bo’lishi  kutilmoqda.  Ko’rinib  turibdiki,  bugungi  dunda  hisoblash  ishlarini  tezkor 

bajarish uchun ko’plab kompyuterlar zarur. 

Kompyuterlardan fizika, matematika, astronomiya, kimyo, geofizika, texnika va boshqa bir 

talay  fan  sohalariga  oid  turli  xil  murakkab  matematik  masalalarni  yechishda  muvaffaqiyatli 

foydalanilmoqda. Ayniqsa, atom energiyasi, qurilish, kosmik fazoni zabt etish va boshqa ko’pgina 

sohalarning 

beqiyos 

rivojlanishini 

ularga 

hisoblash 

texnikasini 

keng 


ko’lamda 

qo’llanilayotganligining  natijasi  deb  qarash  mumkin.  Keltirilgan  ma’lumotlardan  ko’rinib 

turibdiki, 

fizika, 


matematika, 

elektronika 

kabi 

fanlarning 



eng 

ulkan 


yutuqlarini 

mujassamlashtirilgan kompyuterlar shu paytgacha yaratilgan har qanday hisoblash mashinalaridan 

ham  ustunlik  qiladi.  Hozirgi  kunda  kompyuterlar  qo’llanilmayotgan  biron  sohani  topish  qiyin. 

Ular  dastgoh,  sex,  zavodlarni  boshqarishda  ham  insonga  yaqindan  ko’maklashmoqda. 

Kompyuterlarning ikki muhim xususiyati: hisoblashni tez bajarishi va xotirasida katta hajmdagi 

axborotni ishlab chiqish uchun juda ko’p imkoniyatlar yaratib bermoqda. 

Turli xil jarayonlarni har tomonlama o’rganishga bo’lgan ehtiyoj ma’lum tarzdagi hisoblash 

operasiyalarini tezlashtirish, aqliy faoliyatining ayrim tomonlarining modellashtirish va shu kabi 

ishlarni  avtomatlashtirishni  talab  qiladi.  Bu  esa  faqat  hozirgi  kunimiz  kashfiyotlari  emas,  balki 

kelajagi porloq davlat barpo etish uchun jiddiy harakatlarning biridir. 




Tadqiqotlar insonning uzoq yashashi, farovon turmushi uchun yaratilishini e’tiborga olib  bu 

sohadagi olimlarning keyingi maqsadi odam turli organizmlarga mos ishlab chiqilgan tizimlarni 

birlashtirish  “Sun’iy  odam”  yasashdek  buyuk  maqsadga  qaratilgan.  Umuman  olganda  hozirgi 

zamon fan – texnika inqilobi avtomatika, uning elementlari va vositalari  yadrosini tashkil qiladi 

va bunday bo’lishi hozirgi davr taqozosi. 

Demak, uchinchi ming yillik birinchi asrida yashovchi barkamol avlod muntazam ravishda 

ilmiy  - texnik taraqqiyot bilan tanishtirilib borilmog’i lozim ekan. Bu taraqqiyotdan tanish bo’lish 

uchun  bugungi  kunda  Respublikamizda  keng  imkoniyatlar  mavjud.  Ular:  masofaviy  ta’lim, 

“Internet” tarmog’iga ulanish, elektron darsliklar, elektron o’quv qo’llanmalar va hokazolardir. 

Demak, har bir yosh uchinchi ming yillikning birinchi asri bo’lmish “XXI asr – intellektual 

asr” ning faol ishtirokchisi bo’lish uchun ular mazkur davrning ta’lim – tarbiya sivilizasiyasining 

faol ishtirokchisi bo’lmog’i lozim va buning uchun zamonaviy ta’lim mazmunini yuqoridagi kabi 

fan  va  texnika  yutuqlari  bilan  boyitib  borish  kerak.  Buning  uchun  barkamol  avlodni 

shakllantirishni quyidagicha amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi: 

 xalqimizning boy ma’naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlariga 

suyangan  holda  ta’lim  –  tarbiyani  rivojlantirishning  jahon  talablarini  hisobga  olib  DTSni 

takomillashtirish; 

 shakllanishi lozim bo’lgan barkamol avlodning ma’naviy – ma’rifiy tarbiyasida boy milliy, 

madaniy  –  tarixiy  an’analari,  xalq  urf  –  odatlari  va  umumbashariy  qadriyatlariga  asoslangan 

samarali tashkiliy va pedagogik shakllar hamda manbalarni ishlab chiqish va joriy qilish; 

 uzluksiz ta’lim tizimida o’quv – axborot muhitini yaratish; 

 uzluksiz  ta’lim  tizimida  zamonaviy  axborot  texnologiyalari  va  kompyuter  tarmoqlari 

bazasida ta’lim jarayonining axborotli ta’minotini rivojlantirish; 

 uzluksiz  ta’lim  tizimida  kompyuter  –  kommunikasiyasi  tarmoqlari  (kompyuterlar, 

kompyuterli tizimlar, kasbiy kompyuterli o’yinlar, elektron telekonferensiyalar va h.k.) dan keng 

foydalanishga erishish; 

 uzluksiz ta’lim tizimi – dagi yutuqlarni keng joriy etishda ommaviy axborot vositalaridan 

muntazam foydalanib borish mexanizmlarini asoslash; 

 yuqori  malakali  mutaxassislarni  tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirishning  aniq 

mexanizmlarini ishlab chiqish; 

 uzluksiz  ta’lim  tizimida  yangi  axborot  va  pedagogik  texnologiyalarni  ishlab  chiqishga 

yo’naltirilgan  ilmiy  tadqiqot  ishlarini  salmog’ini  kengaytirish,  “Fan

ta’lim


amaliyot” 

integrasiyasining uzluksiz ta’lim tizimiga samarasini aniqlab borish; 

 uzluksiz  ta’lim  tizimiga  ilg’or  rivojlangan  davlatlar  bilan  hamkorlikda  mutaxassislar 

tayyorlashga erishish, hamkorliklarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va h.k. 

Insoniyat  madaniyatining  butun  rivojlanishi  fan-texnika  taraqqiyoti  (F.T.T.)  bilan  qattiq 

bog’langan    Lekin  bu  taraqqiyot  jarayonida  ishlab  chiqarish  kuchlari  tez  va  chuqur  o’zgargan 

ayrim davrlar ham bo’lgan. XVIII-XXasrlarda bir qancha mamlakatlarda sanoatda keskin burilish 

bo’lgan  davr    ana  shunday  davrlardir.  Bu  davrlarda  qo’l  mehnati  yirik  mashinalashgan  ishlab 

chiqarishga o’tildi. XX asrning o’rtalaridan boshlangan hozirgi FTI ham shunday keskin burilish 

davridir. 

FTI  insoniyat  ishlab  chiqarish  kuchlarida  tub  sifatiy  burilish  bo’lib,  u  fanni  jamiyatning 

bevosita  ishlab chiqarish kuchiga aylanishiga asoslangan. 

FTI  asta-sekin  rivojlana  borib,  keyin  insonning  moddiy  va  ma’naviy  imkoniyatlarining 

benihoya o’sishiga turtki bo’ladi. Biz FTI yanada chuqurlashib borayotgan davrda yashayapmiz. 

Hozirgi zamon FTI   4 ta asosiy hususiyatga ega: 

Birinchidan,  ko’p  qirrali  bo’lib,  hamma  tarmoqlar,  hamma  sohalarni  mehnat  jarayonini, 

turmush sharoitini, madaniyatini, kishilar ruhiyatini o’zgartiradi. Agar ilgari sanoatda burilishning 

ramzi  deb  bug’  mashinasi  hisoblangan  bo’lsa,  hozirgi  FTI  ning  ramzi  EHM,  kosmik  kema, 

samolyot, AES, televizor, telefon, mini kompyuterlar bo’lishi mumkin. 




Hozirgi FTI ning ko’p qirrali ekanini geografik jihatdan ko’p sharxlash mumkin. Chunki 

FTI dunyoning barcha mamlakatlariga, Yerning butun geografik qobig’iga, shuningdek koinotga 

ham ozmi-ko’pmi ta’sir ko’rsatadi. 

Ikkinchidan  fan-texnika  qayta  qurishni  nihoyatda  tezlashtirib  yubordi.  Bu  tezlanish  ilmiy 

kashfiyot  bilan  uni  ishlab  chiqarishga  tadbiq  qilish  o’rtasidagi  vaqtning  keskin  qisqarganida 

mahsulotlarning juda tez ma’naviy eskirib qolishida va binobarin, muntazam yangilanib turishida 

o’z ifodasini topdi. 

Uchinchidan, insonning ishlab chiqarishdagi o’rnining tubdan o’zgarishiga olib keldi. FTI 

mehnat resurslari malakasi darajasiga talabni keskin oshirdi. Bu talab sizlarning har biringiz uchun  

ham  zarurdir.  Bu  hol  ingson  faoliyati  barcha  sohalarida  aqliy  mehnat  salmog’ini  oshirdi,  ya’ni 

mehnatni aqliylashtirish ro’y berdi. 

To’rtinchidan, FTI ning muhim hususiyati shuki, FTI II-jahon urushi vaqtida harbiy texnika 

inqilobi  sifatida  paydo  bo’ldi.  1945  yil  Xirosimada  portlagan  atom  bombasi  harbiy-texnika 

inqilobi  boshlanganligi  haqida  jar  soldi.    Butun  “sovuq  urush”  davomida  fan-texnika 

taraqqiyotining eng yangi  yutuqlari harbiy maqsadlarda foydalanishga qaratildi. 

Iqtisodchilar,  faylasuflar  va  sosiologlar  hozirgi  zamon  FTI  ko’p  qirrali  bo’lib,  yagona 

murakkab tizimdan iborat. Bu tizimda uning 4 ta tarkibiy qismi bir-biri bilan o’zaro juda bog’lanib 

ketgan, deb hisoblaydilar. Bu 4 ta tarkibiy qism: 

 

 

1.Fan 



 

 

2.Texnika va texnologiya. 



 

 

3. Boshqaruv. 



 

 

4. Ishlab chiqarish. 



Fan va talab tarmoqlarning rivojlanishi. 

FTI  davrida  fan  bilimlarning  juda  murakkab  majmuaga  aylandi.  Shu  bilan  birga  ilm-fan 

inson faliyatining juda keng sohasiga aylandi.; jahondagi ilmiy hodimlar soni 5,5 mln. ga yaqin, 

ya’ni  yer  yuzida  yashagan  barcha  ilmiy  hodimlarning  9G’10  qismi  bizning  davrimizda 

yashamoqda. Fanning ishlab chiqarish bilan aloqalari juda o’sdi, ishlab chiqarish tobora ko’proq 

fantalab  bo’lib  bormoqda.  Lekin  bunda  rivojlangan  mamlakatlar  bilan  rivojlanayotgan 

mamlakatlar orasidagi farqlar juda katta. 

Butun  jahonda  bajariladigan  ilmiy  ishlarning  4G’5  qismi  10  ta  rivojlangan  mamlakatga 

to’g’ri  keladi.  Bu  mamlakatlarda  IYAMning  2-3  %i  fanga  sarflanadi.  Hamma  rivojlanayotgan 

mamlakatlarga esa jahondagi fanga qilinadigan harajatning 4-5%i to’g’ri keladi. 

Texnika va texnologiya: taraqqiyotning 2 yo’li. Texnika va texnologiya ilm va kashfiyotni 

o’zida  mujassamlashtiradi.  Yangi  texnika  va  texnologiyadan  foydalanishdan  maqsad  ishlab 

chiqarish samarasini, mehnat unumdorligini oshirishdir.  

Jami eksport mahsulotining Malayziyada 50 % ini, Yaponiya va Koreya Respublikasida 38 

% ini, AQSH da 31 % ini yuksak texnologiya buyumlari tashkil etadi (2005 y.). 

Keyingi yillarda texnika va texnologiyaning asosiy vazifasi bo’lgan mehnatini iqtisod qilish bilan 

birga resurslarni iqtisod qilish va tabiatni muhofaza etish vazifalari tobora kuchayib bormoqda. 

Masalan:  Buyuk  Britaniya  va  Italiyada  po’latni  2G’3  qismi  temir-tersakdan  olinadi.  Buyuk 

Britaniya bilan Yaponiyada qog’ozning 1G’2 qismi makulaturadan iborat, AQSH va Yaponiyada 

alyuminiyning  katta  qismi  ikkilamchi  alyuminiydan  olinadi.  FTI  sharoitida  texnika  va 

texnologiyaning rivojlanishi 2 yo’ldan iborat: 

1.Evolyutsion  (mukammallashish)  tarqqiyot  yo’li.  Bunda  mavjud  texnika  va  texnologiya 

tobora mukammallashib, mashina va jihozlar quvvati oshib, transport vositalarining yuk ko’tarish 

qobiliyati ko’payib  boradi.  Masalan: Dunyodagi  eng  yirik energiya bloklari va domna pechlari 

Rossiya bilan Yaponiyada, Kostroma GRESida quvvati 1,2mln. kVtli energiya bloki ishlab turibdi. 

50 yillar boshida eng katta dengiz tankeri 50ming t. Neftni tashiy olardi. 60- yillarga kelib 

yuk  ko’tarish  qobiliyati  100,200,300  ming  t.  70  yillarga  kelib  500,550  ming  t.  Bo’lgan  ulkan 

tankerlar vujudga keldi. Bulardan eng yirigi Yaponiya va Fransiyada qurildi. 

Hozirgi  zamondagi  jamiyat  hayotini  uy-ro’zg’orda  ishlatiladigan  elektron  asboblarsiz 

tasavvur  qilish  mumkin  emas.  Tranzistor,  radiopriyomniklar,  televizor,  magnitafon,  personal 




EHM,  elektron  soatlar,  elektron  o’yinlar  tobora  keng  tarqalmoqda.  FTI  davridagi  texnika  va 

texnologiya taraqqiyotining asosiy inqilobiy yo’l. 

Ishlab chiqarish taraqqiyotning 6 asosiy yo’nalish. FTI davrida ishlab chiqarish 6 ta asosiy 

yo’nalishda rivojlandi. 

1.Elektronlashtirish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarini elektron hisoblash texnikasi 

bilan  to’ldirish.  Elektronlashtirish  tufayli  ko’p  ishlab  chiqarish  jarayonlari  butunlay  o’zgaradi. 

Elektronlashtirish  ta’lim  sog’liqni  saqlash  maishiy,  uy-ro’zg’or  ishlariga  tobora  ko’proq  singib 

bormoqda.  Hozirgi  vaqtda  elektron  jihozlar  ishlab  chiqarish  sanoatning  ilm-fanga  talabi  kuchli 

bo’lgan asosiy tarmoqlaridan biri bo’lib qoldi. 

2.Kompleks  avtomatlashtirish.  50  yillarda  EHM  paydo  bo’lishi  bilan  kompleks 

avtomatlashtirish  boshlandi.  70  yillarda  mikro  EHM  va  mikropressiya  paydo  bo’lishi  bilan 

kompleks  avtomatlashtirishni  yangi  bosqichi  boshlandi.  Chex  yozuvchisi  K.Chapek  20 

yillardayoq mikroprosessorlarni robotlar deb atagan. 

Hlzirgi  vaqtda  robot  yasash  ishlab  chiqarishning  ilm-fanni  talab  qiladigan  eng  yangi 

tarmoqlardan  biri  bo’lib  qolmoqda.  Horijiy  dunyoda  sanoat  robotlari  eng  ko’p  bo’lgan 

mamlakatlar Yaponiya va Germaniya, Italiya va Fransiyadir. 

3.Energetika xo’jaligini qayta qurish. Energiya xo’jaligi energiyani iqtisod qilishga yoqilg’i 

energetika  balansi  tarkibini  mukammallashtirishga  energiyaning  yangi  manbaalaridan  tobora 

ko’proq foydalanishga asoslanadigan bo’ldi. 

4.Yangi  materiallar  ishlab  chiqarish.  Hozirgi  kunda  ishlab  chiqarish  eski  konstruktiv 

materiallar bo’lgan qora va rangli metallarga, sintetik polimerlarga yuqori talab qo’yadi. Bunday 

materiallar  salmog’i  oshdi.  Lekin  hozirgi  ishlab  chiqarish  tamoili  yangi  kompozision  yarim 

o’tkazgich, sopol materiallar, shaffof tolalar, shuningdek, “XX asr metallari” hisoblanadi. Berilliy, 

litiy, titan va boshqa ko’pgina metallar ishlatiladigan bo’ldi. 

5.Biotexnologiyaning jadal rivojlanishi. Bu  yo’nalish 70  yilda paydo bo’ldi. Hozirda eng 

istiqbolli sohaga aylanib qoldi. FTIning ilm-fanni eng ko’p talab qiladigan yangi tarmoqlaridan 

bo’lgan biotexnologiya va biosanoat ham Yaponiya, va Fransiyada rivojlanmoqda.  

6.Kosmosning o’zlashtirilishi. 

Boshqarish yuqori axborot madaniyat yo’lida. FTIning hozirgi bosqichi boshqarishga yangi 

talablar  qo’yadi.  Eskichasiga  nazar  solib  boshqarish  endi  mumkin  emas.  Informatika  kursidan 

sizga  ma’lumki,  amaliyot  talabiga  javob  tariqasida  boshqarish  haqidagi  yangi  fan-kibernetika 

vujudga keldi. Kibernetika shu bilan birga axborot haqidagi fan ham hisoblanadi. 

Biz  hozir  axborot  davrida  yashayapmiz.  Akademik  A.P.Ershov  ta’biri  bilan  aytganda 

axborotlarni  qayta  ishlash  va  uzatishning  hozirgi  sistemalari  insoniyat  jamiyatining  o’ziga  xos 

asab sistemasini shakllantiradi. Chunonchi, ilm-fan talab ko’p tarmoqlar yaxshi tashkil etilgan va 

turli  xil  axborotlar  manbaiga  yaqin  erga,  ya’ni  yirik  shaharlar  hamda  shahar  aglomerasiyalarda 

joylashtirishni taqozo qiladi. 

Hozirgi vaqtda ilmiy axborotlar hajmi va axborot manbalari juda tez ko’payib bormoqda. 

Shuning uchun ham oddiy qog’ozli axborotdan mashina axborotiga o’tib borish juda muhimdir. 

Masalan:  yozuv  mashinkasi  va  kompyuter  diski.  Bu  texnikani  ishlatish  uchun  dasturchi 

(programmist), boshqaruvchi (operator) va boshqa mutaxassislar vujudga keladi. 

Konchilik sanoati xalq xo‘jaligining barcha sohalarini xom ashyo va yoqilg‘i bilan taminlaydi. 

Konchilik  sanoati  xom  ashyo,  yoqilg‘i,  qurulish  materiallarini  etkazib  berishi  bilan 

davlatning  xalq  xo‘jaligini  rivojlanishini,  texnikaviy  yuksalishini  va  iqtsodiy  mustaqilligini 

taminlashda  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Xalq  xo‘jaligi  moddiy  ishlab  chiqarilgan  va  ishlab 

chiqarmaydigan sohalarni o‘z ichiga oladi. 

Xalq xo‘jaligining etakchi va yirik sohasi foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash 

sanoati  hisoblanadi.  Ushbu  sanoatning  etakchiligi  barcha  moddiy  ishlab  chiqarish  sohalari 

iqtisodiyotini  rivojlantirishdagi  tutgan  o‘rni  bilan  belgilanadi.  Shu  bilan  birga  texnikaviy 

yuksalishning asosi hisoblanadi va barcha sohalar uchun xom ashyo bazasi hisoblanadi.  

Shu  sababli  Respublikamizda  konchilik  sanoatini  har  tomonlama  rivojlantirishga  katta 

ahamiyat beriladi. 




Malumki Respublikamizning barcha viloyatlarida foydali qazilmalarning u yoki bu turlari 

yani qattiq, suyuq, gazlar mavjuddir. 

Respublikamiz  hududida  foydali  qazilmalarni  qazib  olish,  qayta  ishlash  va  ulardan 

foydalanish  juda  qadim  zamonlarda  boshlangan.  Bunga  misol  qilib  Toshkent  viloyatining 

Ohangaron  vohasidagi,Surxondaryo  viloyatidagi  konlarning  lahmlarini  olsa  bo‘ladi.  Angren 

darasining chap qirg‘og‘ida olimlar tomonidan qadimgi kon lahimlari topilgan. Oqtuproqda oltin 

qazib olish VII - XII asrlarda amalga oshirilganligini isbotlashgan. 

Yana Qulota deb nomlangan shaharning qoldiqlarini tekshirilganda, bu erda ming yil oldin 

odamlarning  metall  eritish  bilan  shug‘ullanganliklari  malum  bo‘lgan.  Qidirish  ishlari  shuni 

ko‘rsatadiki bu erda tarkibida mis, qo‘rg‘oshin, ruh, oltin, kumush bo‘lgan rudalar qayta ishlangan 

ekan. 

Shu bilan birga ko‘mirdan  yoqilg‘i sifatida foydalanish va uni qazib olish ham bir necha 



asrlarga borib taqaladi. 

Yuqorida  aytilganlardan  xulosa  qilinsa  konchilik  sanoati  Respublikamizda  qadimdan 

bo‘lgan  va  tobora  rivojlanib  borgan.  Ayniqsa  mustaqillik  davrida  konchilik  sanoatini 

rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bir necha yangi konlar ochildi. Mavjud konlar yangi 

elektromexanik  vositalar  bilan  jihozlanmoqda.  Malakali  ishchi  va  oliy  malumotli  mutaxassislar 

bilan  taminlash  uchun  bir  qancha  kollejlar,  litseylar  va  OTM  faoliyat  ko‘rsatayapti.  OTMning 

faoliyatlari qayta ko‘rib chiqilib, takomillashtirilyapti, chet elning ilg‘or OTMlari bilan bir qatorda 

faoliyat ko‘rsatish uchun harakatlar amalga oshirilmoqda. 




Download 430,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish