Davriy yo'riqnoma. Ishchining malakasi va ish stajidan qat'iy nazar har 6 oydan ko'p bo 'lmagan muddatda xavfsiz ishlash usullari bo 'yicha davriy yo 'riqnoma o 'tkazib turiladi. Bundan asosiy maqsad-ishchining asosiy va doimiy bajarib turadigan ishida xavfsizlik qoidalari bo'yicha bilimlarini yangilab va to'ldirib turishdir.
Davriy yo'riqnoma yakka tartibda va guruh (bir xil kasbdagi ishchilar) bilan o 'tkazilishi mumkin, bunda tsex yoki korxonada bo'lib o'tgan noxush hodisalarni talqin qilgan holda suhbat o'tkaziladi.
Turli sabablar bilan (ta'til, kasallik, mehnat safari va x.k) o'z muddatida ishchilarga o'tkazilmagan yo'riqnoma keyinchalik o'tkaziladi. Davriy yo'riqnoma o'tkazilganligi haqida jurnalga yozib rasmiylashtirilib qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |