1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


-rasm. “Bosch” firmasi nosinxron yig’ish qatorlarining turlicha komponovkalari



Download 5,29 Mb.
bet60/65
Sana25.03.2022
Hajmi5,29 Mb.
#508875
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
2 5188653417957954614

4-rasm. “Bosch” firmasi nosinxron yig’ish qatorlarining turlicha komponovkalari: a – vertikal tekislikda yopiq kontur hosil qiluvchi konveyer bilan; b - vertikal tekislikda
yopiq kontur hosil qiluvchi konveyer va chiqarilgan qo’lda yig’ish pozitsiyalari bilan; v - gorizontal tekislikda yopiq kontur hosil qiluvchi konveyer bilan; g - gorizontal tekislikda yopiq kontur hosil qiluvchi konveyer va chiqarilgan qo’lda yig’ish pozitsiyalari bilan
NYQ ning samaradorligi yetarlicha keng chegaralarda o’zgarishi mumkin va uni komponovka qilish xarakteristikalarini aniqlovchi, quyida keltirilgan parametrlarning miqdorlari va nisbatiga bog’liq bo’ladi: ishchi pozitsiyalar soni, ularning ishonchliligi, alohida bajariluvchi qo’l operatsiyalarini bajarish vaqtlarining har-xilligi, operatsiyalararo to’plagichlar hajmlari va sh.k. Shunday qilib, NYQ ning ishlab chiqarish imkoniyatlarini loyihalash bosqichidayoq baholay olish juda muhimdir, chunki kutilayotgan samaradorlikni aniqlashdagi xatoliklar sanoat sinovlari natijalari bo’yicha qo’shimcha vositalar va vaqt sarflarini, yoki qator strukturasining juda murakkablashganligi bilan bog’liq holda uning bahosining o’zini oqlamaydigan darajada ortib ketishini, jihozlarning noto’liq band qilinishini, tashqi o’lchamlar, ishlab chiqarish maydonlari va konstruksiyaning metall sarfi ortib ketishini keltirib chiqarishi mumkin.
NYQ ning ishlash ishonchliligiga shuningdek, qatorda qo’llaniluvchi yo’ldoshlar soni ham ta’sir qiladi.
  1. Yig’ish qatorlari tashish tizimlarining rivoji. NYQ strukturalari va komponovkalarining murakkablashuvi


Pozitsiyalararo zahiralarni hosil qilish zarurati yig’iluvchi mahsulotlarni siljitish uchun qo’llaniluvchi tashish qurilmalarini o’zgartirishni talab qildi. Davriy ishga tushuvchi qadamli siljish mexanizmlari o’rnini transportyor va yig’iluvchi mahsulot yoki ular yig’iladigan yo’ldosh bilan bikr kinematik bog’lanmagan, uzluksiz siljish mexanizmlari egalladi. Bunday konstruksiya NYQ ning pozitsiyalari oldida tashish qurilmasini to’xtatmasdan mahsulot yoki yo’ldoshlarni to’xtatishga imkon berdi.
NYQ da quyidagi tashish qurilmalari eng keng tarqalgan: friksion rolikli yuritmali rolganglarga ega tashish qurilmalari; yo’ldoshlar to’xtaganida ularning ostidan sirpanib o’tuvchi, poliamid lentali qurilmalar; chekka qatorlari yo’naltiruvchilar bo’ylab, o’rtadagisi pastki yo’naltiruvchi bo’ylab yo’ldosh to’xtatilganida buriluvchi va dumalovchi, uch qatorli, roliklarga ega zanjirli qurilmalar.
NYQ sezilarli afzalliklardan tashqari, bir qator kamchiliklarga ham ega:

  • mikrozahiralar to’xtashlarni bartaraf qilishdan ko’ra tezroq tugaydi va bunda qator to’xtaydi;

  • differensiatsiya qilib bo’lmaydigan, biror-bir operatsiyaning davomiyligi samaradorlikning zaruriy shartlari bo’yicha hisoblangan taktdan ortib ketadi;

  • pozitsiyalarni ikkitadan kiritish odatda, konstruktiv jihatdan murakkab hisoblanadi;

  • qo’l operatsiyasining davomiyligi ba’zida taktdan sezilarli kichik bo’ladi (ishchi-yig’uvchining yetarli bo’lmagan yuklanishi).

NYQ ning kamchiliklarini bartaraf qilish uhcun avtomatlashtirilgan yig’ish qatorlarining samarasi yuqoriroq bo’lgan komponovkalari qo’llanildi.
Bunday qatorga AMO ZIL zavodida tuzilgan, karbyuratorning yuqorigi tanasini yig’ish qatori misol bo’lishi mumkin. Bu qatorda an’anaviy yig’ish operatsiyalaridan tashqari havo to’sqichi (zaslonka) trosining kronshteynini uzatish va parchinlash, fibra shaybalarni o’rnatish, yoqilg’i uzatish klapanini pnevmouyurmali usulda olish va uni belgilangan kuch va tores holatini nazorat qilish bilan burash, konussimon rezbali shtutserni olish va burash, havo to’sqichini lazerli payvandlash, yig’ilgan mahsulotning germetikligini nazorat qilish avtomatik tarzda bajariladi. Bu qatorning o’ziga xosligi shundaki, unda yig’ilayotgan mahsulotlar o’rnatilgan yo’ldoshlar ixtiyoriy ketma-ketlikda harakatlanishi mumkin bo’lgan asosiy shoxa va unga parallel bo’lgan, texnologik operatsiyalarni bajarish uchun mo’ljallangan pozitsiyalar joylashgan qo’shimcha shoxalar mavjud.
Qatorning transport tizimi yuritmali rolganglar va friksion roliklar bilan gorizontal holatdagi yopiq konturni hosil qiladi.
Transport tizimining asosiy shoxasida bo’lgan yo’ldoshlar navbatdagi operatsiyaning kodiga muvofiq kodlangan va ular yig’ilayotgan mahsulotlarni texnologik operatsiyalar orasida berilgan ketma-ketlikda uzatishni ta’minlaydi, shuningdek, operatsiyalararo zahiralarning axborot tashuvchilari bo’lib hisoblanadi.
Transport tizimining seksiyalarida yo’ldoshlar to’xtaganida roliklar radial tirqish hisobiga aylanmaydi, balki doimo aylanuvchi yuritma o’qlarida salt aylanadi (sirpanadi). Roliklarning tortish kuchi ularning orasida joylashgan prujinaning cho’zilish kuchi bilan aniqlanadi.
Yo’ldoshlarni transport tizimining asosiy shoxasidan qo’shimcha shoxasiga va aksincha uzatish uchun siljuvchi karetkalarga ega uzatish seksiyalari nazarda tutilgan.
Transport tizimi bo’ylab yo’ldoshning harakat yo’nalishini o’zgartirish uchun seksiyalar nazarda tutilgan, ular yo’ldosh harakati doimo bitta va o’sha tomondan oldinga bo’lishini ta’minlaydi, bu esa ishchi pozitsiyalar va yo’ldoshlarni kodlash tizimlari qurilmalarining konstruksiyalarini soddalashtiradi. Siljish va burish karetkalari, transport tizimi seksiyalari va texnologik pozitsiyalarda yo’ldoshlar uchun to’xtatgichlar (ostanov) joylashgan.
Har bir yo’ldosh qo’shiluvchan mushtchalar bloki ko’rinishida tayyorlangan dastur tashuvchiga ega. Shuningdek, transport tizimida sanash qurilmalari va texnologik pozitsiyalarda qayta kodlash uchun qurilmalar mavjud.
Bunda yo’ldosh yo’nalishi kerak bo’lgan navbatdagi texnologik pozitsiya manziliga mos kodni qabul qiladi. Texnologik operatsiya bajarilganidan keyin yo’ldosh qayd qilingan holidan bo’shatiladi va texnologik pozitsiyalar ortida joylashgan, yo’ldoshlarni uzatish seksiyalari yordamida transport tizimining asosiy shoxasiga o’tkaziladi.
Qatorda texnologik pozitsiyalar ixtiyoriy ketma-ketlikda joylashishi mumkin. U yoki bu pozitsiyadagi operatsiyalarni bajarish davomiyligi istalgancha bo’lishi mumkin, va agar u qator taktidan katta bo’lsa, unda qatorda joylashishi texnologik operatsiyalarni bajarish ketma-ketligi bo’yicha tartiblanmagan, ikkitadan (qo’sh) pozitsiyalar kiritiladi. Bunda yo’ldosh bitta va ayni shu pozitsiyaga bir necha marta kirishi mumkin. Shularning barchasi yig’ish texnologik jarayonining yuqori moslashuvchanligini ta’minlaydi. Transport tizimining konstruksiyasi va yo’ldosh dastur tashuvchisining sezilarli xotira hajmi birdaniga, bir nechta, turlicha mahsulotlarni yig’ishga, qatorlarni boshqa o’xshash qatorlar bilan biriktirishga, yo’ldoshlarni bir qatordan boshqasiga uzatishga imkon berishi bilan moslashuvchan
avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishlarni hosil qiladi.

  1. Download 5,29 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish