1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


-rasm. Elektr o’tqazish usuli bilan suvli lakbo’yoq materiallarini qoplash qurilmasining sxemasi



Download 5,29 Mb.
bet41/65
Sana25.03.2022
Hajmi5,29 Mb.
#508875
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65
Bog'liq
2 5188653417957954614

1-rasm. Elektr o’tqazish usuli bilan suvli lakbo’yoq materiallarini qoplash qurilmasining sxemasi: 1 – tambur; 2 – konveyer; 3 – mahsulot; 4 – vanna; 5 – to’kish
cho’ntagi; 6 – ultrafiltrat bilan yuvish konturi; 7 – tuzsiz suv bilan yuvish konturi; 8 – issiq havo bilan puflash konturi; 9 – suvli bak; 10 – ultrafiltrat uchun bak; 11 –
ultrafiltrlash qurilmasi; 12 – nasosli-filtrlash qurilmasi; 13 – issiqlik almashgich
Bo’yoq zarrachalarini kuzovga o’tqazish jarayonida eritmaning konsentratsiyasi pasayadi va nordonlik ortadi. Konsentratsiyaning pastki chegarasiga erishilganida vanna qaytadan suvda eruvchan bo’yoq bilan to’ldiriladi. Eritmaning zarur konsentratsiyasini ultratozalash qurilmasi yordamida ushlab turish mumkin, buning natijasida tokda o’tqazish
jarayonida bo’yoq isrofi deyarli bartaraf qilinadi.
Ultratozalash – qurilmaning tozalash elementlari bo’lgan, yarimyutuvchi membranalar orqali o’tishida eritmaning molekulyar darajada tashkiliy qismlarga bo’linishidir. Tozalash elementlarining sirti ultratozalash plyonkasi bilan qoplangan, quvurlar ko’rinishidagi g’ovak polimerlardan tayyorlanadi. Bo’yoq elektr o’tqazish vannasidan nasoslar orqali tozalash elementlariga uzatiladi. Organik eritkichlar va neytrallagichlar suvining bir qismi membrana orqali o’tib, pigmentsiz ultrafiltratni hosil qiladi va u yuvish uchun ishlatiladi. Boyitilgan gruntovka vannaga qaytariladi. Shunday qilib, elektr o’tqazish jarayonini nazorat qilish va oqova suvlarini tozalash muammosi birdaniga hal bo’ladi.
Elektr o’tqazish jarayonida 1 m2 bo’yalgan sirtdan 838 kJ issiqlik ajraladi. Shuning uchun, qurilmada vannadagi eritmani sovituvchi issiqlik almashgichlar 13 ko’zda tutilgan. Eritma tashqi sirkulyatsion tizim yordamida issiqlik almashgichlar orqali o’tkaziladi, bunda quvurlararo bo’shliqda 8-15
haroratli suv aylanib turadi.
Qurilmada quyidagi texnologik parametrlarni nazorat qilish va rostlash
tizimi ko’zda tutilgan: ishchi eritmaning harorati, nordonlik , tok o’tkazuvchanlik, quruq qoldiqning tarkibi, organik eritkichlar miqdori, shuningdek, tokning kuchi va kuchlanishi, tozalagichlarning ifloslanish darajasi va b.
Qoplama qoplanganidan so’ng mahsulot ultrafiltrat bilan yuvish konturi 6 orqali o’tkaziladi. Yuvish elektr o’tqazish vannasiga tirkalgan, maxsus to’kish cho’ntagi 5 ustida bajariladi. To’kish cho’ntagi vannadagi ishchi eritma sarfini nazorat qilish maqsadida eritmani olishga va vannada eritmani aralashtirish vaqtida hosil bo’lgan ko’pikni to’plashga mo’ljallanadi. So’ngra mahsulot kontur 7 da tuzsiz suv bilan yuviladi. Bunda mahsulotni vannaga botirish va undan ko’tarishda qoplamaga yuqqan lakbo’yoq materiali yuviladi, tokda o’tqazilgan qoplama shikastlanmaydi. Bundan keyin mahsulot kontur 8 da issiq havo bilan puflanadi va quritish kameralariga tashiladi.
Bugungi kunda ultratozalashli elektr o’tqazish (kataforez) avtomobillar kuzovlari va kabinalarini gruntovka qilishning asosiy usuli hisoblanadi. Bu usulning keng qo’llanilishi uning quyidagi afzalliklari bilan izohlanadi:

  • o’tkir burchaklar va qirralarni ham inobatga olganda bo’yalmagan joylar, g’uddalar va oqib tushishlarning yo’qligi, qoplama qalinligining bir tekisligi bilan xarakterlanuvchi qoplamaning yuqori sifati;

  • texnologik siklning to’liq avtomatlashishi;

  • suyiltiriladigan lakbo’yoq materiallarini qo’llash hisobiga ish sanitargigiyenik sharoitlarining yaxshilanishi va yong’in xavfsizligining ortishi;

  • yuqori samaradorlik;

  • lakbo’yoq materiallaridan tejamkor foydalanish;

  • oqova suvlarining avtomatik tozalanishi.

Ushbu usulning kamchiliklariga quyidagilar kiradi:

  • faqat bir qatlamli qoplamalarni olish mumkinligi;

  • katta ishlab chiqarish maydonlarining zarurligi, chunki tokda o’tqazish qurilmasining uzunligi 100 m gacha yetishi mumkin.

Kuzovlar va kabinalar ishlab chiqarishda tokda o’tqazish uchun asosiy material sifatida qo’llaniladigan suyiltirilgan gruntovkalar quyidagi qiymatlardagi parametrlarga ega bo’ladi: eritmaning ishchi konsentratsiyasi 8-15 %, harorat 18-25 , eritmaning nordonligi 3,5-7, o’tqazishdagi tok kuchlanishi 100-250 V, tokning zichligi 10-50 , o’tqazish jarayonining davomiyligi 0,5-2 daqiqa.
Pnevmatik purkash – sanoatda lakbo’yoq qoplamalarini qoplashda keng tarqalgan usul bo’lib, bunda maxsus apparatura siqilgan havo yordamida bo’yoqni mayda zarrachalar ko’rinishida jadal purkab berishni ta’minlaydi. Bo’yashning ushbu usuli siqilgan havo tarmog’i va so’ruvchi ventilyatsiyaga ega bo’lgan, istalgan ishlab chiqarish sharoitlarida qo’llanilishi mumkin. Bunda konstruksiyasi nomurakkab va ishonchli ishlaydigan jihoz qo’llaniladi, bu esa yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Turlicha davomiylikda quriydigan lakbo’yoq materiallarini qo’llash mumkin bo’ladi va shuningdek, birdaniga ko’prangli bo’yashni amalga oshirish mumkin.
Pnevmatik purkash bilan bo’yashning kamchiliklariga quyidagilar
kiradi:

  1. tuman hosil bo’lishi sababli bo’yoq isrofi natijasida lakbo’yoq materiallarining yuqori solishtirma sarfi (50 % gacha);

  2. qo’llaniladigan lakbo’yoq materialining zaruriy qovushqoqligini ta’minlash uchun eritkichlar sarfining kattaligi;

  3. purkalgan bo’yoq bilan ifloslangan havoni tozalash uchun so’ruvchi ventilyatsiya bilan ta’minlangan, maxsus bo’yash kameralarining zarurligi; 4. yuqori malakali xodimlarning kerakligi.

Pnevmatik purkash usuli bilan bo’yoqlarni qoplash uchun qo’llaniladigan apparatura komplektiga quyidagilar kiradi (2-rasm):

  • bo’yoq purkagich;

  • bo’yoqni aralashtirgich va bo’yoq purkagichda 300-600 kPa, hamda bo’yoqni uzatish tizimida 80-100 kPa havo bosimini rostlash reduktori o’rnatilgan, qopqoqli germetik idish shaklida tayyorlangan bo’yoq haydash idishi;

  • bo’yoq haydash idishiga va bo’yoq purkagichga berilgan havoni suv va moydan tozalashga mo’ljallangan suv-moy-ajratkich.

Bo’yoq purkagichlar, odatda, umumkorxona siqilgan havo tarmog’idan, kamdan-kam hollarda alohida kompressordan ta’minlanadi.
Bo’yoqni berish usuliga ko’ra bo’yoq purkagichlar ikki guruhga bo’linadi: katta samaradorlikka ega va katta hajmdagi bo’yash ishlarida qo’llaniluvchi, bo’yoqni haydash idishidan ta’minlanadigan purkagichlar va bo’yalgan sirtlarning kamchiliklarini bartaraf qilish uchun qo’llanilib, katta bo’lmagan bo’yoq sarfini talab qiluvchi, bo’yoq ustida mahkamlangan stakanidan erkin uzatiladigan purkagichlar.


Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish