16-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Kletchatka-sellyulozani bijg’ituvchi bakteriyalarni aniqlash.
Kerakli jihozlar: kolba, filьtr qog’oz, (NN
4
)
3
PO
4
, MgSO
4
, K
2
HPO
4
, NaCl,
CaCO
3
tuzlari va G’eSO
4
tuzining 1% li eritmasi, egri nay o’rnatilgan kauchuk tiqin,
suv solingan idish, mikroskop, buyum oynalari, fuksin bo’yog’i, spirt lampa.
Nazariy tushuncha: Sellyulozaning bijg’ishi. O’simliklar hujayrasining
po’sti, asosan, sellyuloza yoki kletchatka deb atalgan moddadan tuzilgan. Er betiga
va tuproq tagiga tushib qolgan o’simlik qoldiqlari turli bakteriya, zamburug’ va
boshqa tirik organizmlar ta’sirida parchalanadi. Sellyuloza-kletchatkani faqat o’z
organizmida sellyulaza va sellobiaza fermentlari ishlab chiqaradigan bakteriyalar
parchalaydi.
Tabiatda bu bakteriyalar borligini birinchi marta rus mikrobiologi V. A.
Omelyanskiy aniqlab, sellyuloza bijg’ishi jarayonining kimyoviy tomonini ko’rsatib
berdi. Uning aytishicha,
birinchi bosqichda bakteriyalar tomonidan ajratilgan
fermentlar ta’sirida sellyuloza oddiy shakarlarga parchalanadi. Bu jarayon
quyidagicha boradi:
(C
6
H
10
O
5
)n + nH
2
O nC
6
H
12
O
6
Ikkinchi bosqichda bakteriyalar glyukozani moy va sirka kislotalargacha,
vodorod va metan gazlarigacha parchalaydi. Hosil bo’lgan mahsulotlarning turiga
qarab, bu jarayonlar vodorodli yoki metanli bijg’ish deb ataladi. Sellyulozaning,
bijg’ishida bakteriyalarning quyidagi turlari ishtirok etadi:
1. Vodorodli bijg’ishda basillus sellyuloza xidrogenikum (Bacillus cellulosae
hydrogenicus) nomli bakteriya qatnashadi va reaksiya tubandagicha boradi:
S
6
N
12
O
6
SN
3
SN
2
SN
2
SOON + SN
3
SOON + SO
2
+ N
2
+ X kkal.
moy kislota sirka kislota vodorod
Bu bakteriyaning uzunligi 10-12 mkm keladi. Sporalari vegetativ hujayraning
bir qutbida joylashganligi sababli, baraban tayoqchasiga o’xshab ko’rinadi.
2. Metanli bijg’ishda basillus sellyuloza metanikus (Bacillus cellulosae
methanicus) nomli bakteriya qatnashadi. Reaksiya vaqtida vodorod o’rniga metan
31
gazi ajralib chiqadi. Bu reaksiya tubandagicha boradi:
S
6
N
12
O
6
SN
3
SN
2
SN
2
SOON + SN
3
SOON + SO
2
+ SN
4
+X kkal.
moy kislota sirka kislota metan
Metanli bijg’ishda qatnashadigan basillalar hujayrasining hajmi vodorodli
bijg’ishda qatnashadigan basillalarning hajmidan kichik bo’ladi. Hozir sellyuloza
bijg’ishini qo’zg’ovchi bakteriyalar V. A. Omelyanskiy nomi bilan Bac. Omelanskii
deb yuritiladi.
Vodorodli bijg’ishda bir molekula moy kislotaga 1,7 molekula sirka kislota
to’g’ri kelgani holda, metanli bijg’ishda bir molekula moy kislotaga 9 molekula sirka
kislota to’g’ri keladi. YUqorida aytib o’tilgan bakteriyalar hujayrasida ximiyaviy
tuzilishi jihatidan kraxmalga o’xshagan granulyoza moddasi uchraydi.
Fekaliyda uchraydigan basillus sellyuloza dizolvens (Bacillus cellulosae
dessolvens) nomli basilla ham kletchatkani parchalashda qatnashadi. Uning uzunligi
1mkm bo’lib, u oval shakldagi spora hosil qiladi. Sellyulozani 31-51° da parchalab,
moy va sirka kislotalar, etil spirt, karbonat angidrid va vodorod hosil qiladi.
Basillalarning sporasi 100° da 50 minut qaynatilganda ham hayot faoliyatini
saqlab qoladi.
YUqorida aytib o’tilgan bakteriyalar sellyulozani anaerob sharoitda bijg’itadi,
shuning uchun ular obligat anaerob bakteriyalar deb ataladi.
Aerob sharoitda yashovchi miksobakteriyalardan sellfalsikula sellvibrio va
aktinomisetlar sellyulozani parchalashda qatnashadi. Bu tirik organizmlar birinchi
galda sellyulozani shakarlarga parchalab, keyin shakarlarni karbonat angidrid va
suvgacha oksidlaydi. Bu reaksiya
tubandagicha boradi:
(C
6
H
10
O
5
)n + nH
2
O nC
6
H
12
O
6
S
6
N
12
O
6
+ 6O
2
6SO
2
+ 6N
2
O + X kkal.
Do'stlaringiz bilan baham: |