1-лаборатория иши



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/608
Sana25.06.2021
Hajmi3,14 Mb.
#101164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   608
Bog'liq
umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti

 
 


 

 
Inson  qalbiga  yo‟l  avvalo  ta‟lim-tarbiyadan 
boshlanadi.  Dunyo  imoratlari  ichida  eng  ulug‟i 
maktab  bo‟lsa,  kasblarning  ichida  eng  sharaflisi 
o‟qituvchilik va murabbiylikdir. 
I.Karimov
 
 
 
SO‘ZBOSHI 
  Zamonaviy  sharoitda  mаzkur  fanni  o‗qitish  o‗qituvchi  kadrlarni  ilm-fan,  texnika  va 
texnologiya 
sohalarida 
erishilayotgan 
ilg‗or 
yutuqlar, 
umuminsoniy 
g‗oyalar, 
milliy 
qadriyatlarga  tayangan  holda  tayyorlash,  ularda  pedagogik  madaniyatni  rivojlantirish,  ijodiy 
tafakkurni  tarkib  toptirish,  tarbiyachi,  o‗qituvchi  hamda  yoshlar  murabbiysi  sifatida  pedagogik 
jarayonlarni  to‗g‗ri  tashkil  etish  malakalarini  hosil  qilishga  yo‗naltirilgan. 
Andijon  davlat  universiteti  o‗quv  rejasiga  ko‗ra,  pedagogika  nazariyasi  fanidan  nazariy 
mashg‗ulotlar  (ma‘ruza)  bilan  birga  laboratoriya  mashg‗ulotlari,  pedagogika  tarixi  va  pedagogik 
mahorat  fanlaridan  esa  nazariy  mashg‗ulotlar  (ma‘ruza)  bilan  birga  seminar  mashg‘ulotlarini 
o‗tkazishni  ham  ko‗zda tutilgan.   
Har  bir  laboratoriya  mashg‗ulotlari  o‗quv  jarayonining  tuzilishiga  mos  holda  talabadan  bir 
nechta  amaliy  topshiriqlarni  bajarishni  talab  etadi.  Laboratoriya  ishlanmalarida  aks  etgan 
topshiriqlarning  ayrimlarini  talaba  uy  vazifasi  sifatida,  qolganlarini      individual      va      kichik   
guruhlarda      ishlash      orqali  bajarishlari  mumkin.  Seminar  ishlanmalarida  esa  aks  etgan 
masalalarning  ayrimlari  guruhda  muhokama  etilsa,  qolganlari  mustaqil  ishlash  uchun  uyga  vazifa 
sifatida  beriladi.  Qo‗llanmaning  eng  muhim  jihati  mashg‗ulotlarning  pedagogikaning  so‗nggi 
yutuqlarini  hisobga  olgan  holda  tashkil  etishga  mo‗ljallanganligidir. 
Laboratoriya  mashg‗ulotlari  talabalar  tomonidan  o‗zlashtirilgan  nazariy  bilimlarni  amaliyotda 
samarali  qo‗llay  olish  ko‗nikmalarini  shakllantirish  bilan  birga  ularda  dastlabki  kasbiy  malakalarni 
hosil 
qilish 
uchun 
imkoniyat 
yaratadi. 
Seminar  mashg‘ulotlari  esa  ma‘ruzada  berilgan 
ma‘lumotlarni  t‘oldirish,  talabalar  tomonidan  o‗zlashtirilgan  nazariy  bilimlarni  mustahkamlash, 
chuqurlashtirish  uchun  imkon  beradi.  Shu  bilan  bir  qatorda  muammoli  vaziyatlarni  tahlil  qilish 
talabalarning  kelgusidagi  pedagogik   faoliyatlarini  to‘gri  tashkil  etish  imkonini  beradi.   
―Pedagogika  tarixi‖  talabalarni  milliy  pedagogik  meros,  turli  tarixiy  davrlarda  shakllangan 
yosh  avlod  ta‘limi  va  tarbiyasiga  bo‗lgan  yondashuvlar  mazmuni,  jahon  ta‘limi  tajribasi  bilan 
tanishtirish  asosida  ularning  umumpedagogik  bilimlarini  boyitadi.  Talabalar  milliy  pedagogik 
meros  namunalari  bilan  tanishish  jarayonida  ta‘lim  va  tarbiya  g‗oyalarining  shakllanishi  muayyan 
davrda  yuzaga  kelgan  ijtimoiy  zaruriyat,  jamiyatning  ijtimoiy,  iqtisodiy,  madaniy  taraqqiyotiga 
bevosita  bog‗liq  ekanligini  anglab  etadilar.  Shu  bilan  birga  ushbu  fan  talabalarda  asrlar  davomida 
shakllangan  ta‘limiy  va  tarbiyaviy  qadriyatlarga  nisbatan  chuqur  hurmatni  qaror  toptirish, 
an‘anaviy  va  zamonaviy  pedagogik  ta‘limotlarni  qiyosiy  o‗rganish,  yosh  avlod  tarbiyasida  barcha 
davrlar  uchun  birdek  amaliy  qiymatga  ega  pedagogik  g‗oyalardan  foydalanish  ko‗nikma-
malakalarini  shakllantirishga  xizmat  qiladi.   
 ―Pedagogik  mahorat‖  fanidan  talabalar  ta‘lim  jarayonida  ijodiy  psixologik  muhitni  hosil 
qilish,  o‗quvchilar  bilan  o‗zaro  hamkorlikni  qaror  toptirish,  muvaffaqiyatli  vaziyatlarni  yaratish 
orqali  yosh  avlodda  yuksak  ma‘naviy-axloqiy  sifatlarni  tarbiyalashga  doir  zamonaviy  pedagogik 
bilimlar,  amaliy  ko‗nikma  va  malakalarning  zarur  hajmini,  o‗qituvchi  shaxsda  namoyon  bo‗lishi 
zarur  bo‗lgan  umumiy  kasbiy  va  shaxsiy  fazilatlarni  muvaffaqiyatli  egallashlari  lozim. 
Shuningdek,  talabalar  oliy  ta‘lim  tizimida  bo‗lajak  o‗qituvchilar  sifatida  ta‘lim  oluvchilarning 
yosh,  psixologik  va  shaxsiy  xususiyatlarini,  uzluksiz  ta‘lim  tizimi  bosqichlarining  o‗ziga  xos 
jihatlarini  anglay  olishlari,  shunga  muvofiq  kasbiy  faoliyat  yuksak  mahorat  bilan  tashkil  etish 
qobiliyati,  madaniyatini  o‗zlashtirishlari  lozim.  Bakalavrlarning  kasbiy  tayyorgarligi,  ularning 


 

malakali,  mahoratli  o‗qituvchilar  sifatida  shakllanishlari  nazariya  va  amaliyot  birligi,  umumiy  va 
mutaxassislik  fanlari  o‗rtasidagi  o‗zaro  aloqadorlik,  milliy  va  jahon  pedagogikasining  eng  ilg‗or 
g‗oyalari  uyg‗unligi,  zamonaviy  ilm-fan,  texnika,  texnologiyalarning  so‗nggi  yangiliklariga 
tayangan  holda  ta‘minlanadi. 
Yuqoridagilarni  inobatga  olgan  holda,  ushbu  metodik  qo‘llanmani  bugungi  kun  talabiga  mos 
ravishda  dars mashg‘ulotlarini  tashkil  etish  maqsadida  yaratdik. 
Mazkur 
qo‘llanmada  pedagogika  nazariyasi  kursi  bo‗yicha  40  soat  laboratoriya 
mashg‗ulotlari  hamda  pedagogika  tarixi  va  pedagogik  mahorat  kurslari  bo‘yicha    42  soat  seminar 
mashg‘ulotlari  ishlanmasi  va uni  o‗tkazishga  doir  metodik  ko‗rsatmalarni  o‗z ichiga  qamrab  olgan. 
Talabalar  bilimini  nazorat  qilish  va  baholash  reyting  (100  ballik)  tizimi    asosida  amalga 
oshiriladi.
 
    Ushbu 
metodik  qo‘llanmada  fan  o‘qituvchilari  mashg‘ulotlarni  olib  borishlarida 
berilayotgan  ma‘lumotlardan  ko‘rgazmali  qurol  sifatida  yoki  taqdimot  ko‘rinishida  foydalanishlari 
mumkin.  Mavzular  rejalarini  yoritishda  berilgan  ma‘lumotlar  talabalar  tomonidan  uy  vazifasini 
topshirishlari  jarayonida  aytib  o‘tilsa,  bunday  holatda  o‘qituvchi    vaqtni  tejash  maqsadida  ushbu 
rejaga  to‘xtalmay  o‘tkazib  yuborishi  mumkin.  Biz  mavzulardagi  har  bir  rejani  imkon  qadar 
yoritishga  harakat  qildik.  Albatta,  ishimiz  kamchiliklardan  holi  emasligi  tabiiy,  shu  ma‘noda  bu 
boradagi  taklif-  mulohazalarni  mamnuniyat  bilan  qabul  qilamiz.     

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   608




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish