1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligi



Download 1,53 Mb.
bet23/80
Sana22.03.2023
Hajmi1,53 Mb.
#920608
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80
Bog'liq
1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi(1)

22-mavzu. Xunnlar imperiyasi
Reja:

  1. Xunnlar davlatining geografik o‘rni, tabiati va aholisi.

  2. Xunnlar davlatining tashkil topishi.

  3. Xunnlar davlatining kuchayishi.

Qadim zamonlarda Markaziy Osiyoning katta qismi va unga tutash bo’lgan joylarda ko'chmanchi xunn qabilalari yashagan. Xunnlar mamlakati tog’lar. yassi togiar, tekisliklar va bepoyon choilardan iboratedi. Bujoylarning iqlimi xilma-xil b o iib yozi jazirama issiq. qishi esa qahraton sovuq boigan. Markaziy Osiyoning bu qismida qishda tez-tez qor bo'ronlari, yozda esa qum bo'ronlari b o iib turardi. Xunnlar mamlakatidagi tog' oralaridan kam suvli soylar oqib chiqib, choilar ichidayo'qolib ketadi. Bu oikaning shimoliy qismi tayga o'rmonlariga yaqin boigani uchun o'simliklar va hayvonot dunyosi boy edi.


Janubiy va janubi-g’arbiy qismi sahro, choi va dashtlardan iborat boiganligi uchun hayvonot va o'simlik dunyosi kambag'alroq boigan. Xunnlar mamlakati temir, mis, kurnush. qo‘rg‘oshin va oltin konlariga boy boigan. Ammo bu oikada bepoyon yaylovlar mo’l edi. Xunnlar yashagan Markaziy Osiyo Xitoyga chegaradosh boiib, qadimdan boshlab bu yerda juda ko'p ko'chmanchi qabilalar yashagan. Bu ko'chmanchi qabilalarning katta qismini xunn qabilalari tashkil etgan.
Xunnlar Markaziy Osiyoning tubjoy aholisi boiib, ularning ajdodlari tosh asridan beri shu verlarda istiqomat qilganlar. Mil. av. III-II mingyilliklarda xunnlarning ajdodlari ovchilik, ilk dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanib tirikchilik o‘tkazgan. Mil.av. I mingyillikning birinchi yarmidan boshlab aholining asosiy qismi ko‘chmanchi chorvador bo’lgan. Mashhur xitoy tarixchisi Sim Syanning ma’lumotlariga qaraganda xunnlar Markaziy Osiyoning katta qismini egallagan. Ular yerga va aravalarga o'rnatilgan о‘tovlarda yashaga lar. Har yer-har yerda qishlov uchun qishloqlari bo’lgan. Xunnlar yilqichilikka alohida e'tibor berganlar. Qayerda o’t, suv va yaylov ko'p bo’lsa, o'sha joylarda qoramol podalari, qo'y-echki suruvlari va ot-tuya uyurlari bilan yaylovdan-yaylovga ko'chib yurganlar. Tinchlik va osoyishtalik paytlari esa ular yuyechji, dunxi, usun, ayniqsa xitoyliklar bilan qizg'in savdo-sotiq ishlarini olib borganlar. Ular Xitoy madaniyatidan bahramand bo’lgan. Xunnlar janjun. dunxi, yuechji kabi qabilalar bilan muttasil urusli olib borib, ularni o‘zlariga itoat ettirganlar. Xitoyliklar bilan ham tez-tez urush qilib, ularning shahar va qishloqlarini talab, yondirib, ko‘p o ija va asirlar olib vatanlariga qaytganlar.
Mil.av. IV asrda Markaziy Osivoning shimolida xunn qabilalarining harbiy ittifoqi tashkil topadi. Xunn qabilalarining bu harbiy ittifoqi asta-sekin kuehayadi. Mil.av. III asr oxirlariga kelib xunn qabilalarining harbiy birlashmasi asosida Xunn ko‘chmanchilari davlati tashkil topadi. Xitoy tarixchisi Sim Syanning yozishicha, xunnlarning harbiy sardori Shanyu deb atalar edi.
Xunn sardorlari - shanyulari qattiq intizomli, qilich, kamon, nayza, dubulg'a bilan qurollangan. tez harakat qiluvchi otliq qo'shinga ega bo’lgan. Ular quyun kabi o'z dushmanlari ustiga bostirib borib. ularni vahimaga solib qo'yganlar. Xunn sardorlaridan biri Maodun ichki dushmanlarini yenggach, dunxu qabilalari ustiga katta qo'shin bilan bostirib boradi. Shiddatli va ayovsiz jang oqibatida dunxular tor-mor etiladi. Maodun dunxular hukmdorini oidirib. ko’p odamlarni asir olib, podalarini haydattirib ketadi. M. av. 203-202-yillarda Maodun qo‘shinlari Sayan, Oltoy va Enisey (Enasoy) daryosining yuqori oqimidagi joylarni bosib oladi.
Mil.av. 200-yilda Xan podshosi Lyu Ban xunnlarning ustiga qo’shin tortadi. Maodun harbiy hiyla ishlatib. qo’shinlari bilan Baydan tog’lariga chekinadi. Lyu Ban esa bir guruh tezkor jangchilari bilan xunnlarni ta'qib qilib borib. asosiy qo’shinlaridan uzoqlashib ketadi. Xunnlar Lyu Ban qo’shinlarini qurshab olib. qirib tashlaydi. Lyu Ban asir tushadi. U juda ko’p mol-mulk va qizini Maodunga nikohlab berish sharti bilan asirlikdan ozod bo’ladi. Lyu Ban va'dasini bajarmay, qizini Maodunga vuborishni pavsalga soladi. Maodun katta qo'shin bilan Xan chegaralaridan o’ta boshlaydi. Bu xabarni eshitgan Lyu Ban katta mol-mulk bilan qizini xunnlar hukmdoriga uzatishga majbur bo'ladi. Shundan keyin ikki o'rtada tinchlik sulhi tuziladi. Sulhdan so‘ng ikki davlat o'rtasidagi do'stlik 40 yil davom etadi.
Xunnlar Maodun va uning vorisi Laoshin (m. av. 174-161-yillar) davrida yuyechjilar bilan 25 yil davomida urush olib boradilar. Urushda yuechjilar yengilib. ularning sardori halok bo'ladi. Xunnlarning shanyusi Laoshin 327 yuechji sardorining bosh chanog'ini kestirib olib, undan sharob kosa-qadah yasattirgan ekan. Urush xunnlarning g'alabasi bilan yakunlanadi. Yuyechjilar Pomir va Farg'ona orqali dastlab So'g'd, so'ng Baqtriyaga ko'chib ketishga majbur bo’ladilar. Shundan keyin xunnlar Markaziy va Sharqiy Osiyodagi eng kuchli davlatga aylanadi. Xan podsholari xunnlardan qo’rqib, ularga ko'p miqdorda o'lpon va sovg'alar yuborib turgan. Xitoy bozorlari xunn savdogarlari uchun ochiq deb e’lon qilingan.
Mil.av. II asrning birinchi yarmi xunnlar davlatining eng kuchaygan davri bo'lgan. Xitoy-Xunn urushlari va xunnlar davlatining zaiflashuvi. Mil. av. IV asrdan boshlab awal Sin podsholigi, keyin Xan podsholiklari kuchayib, U Di davrida Xan podsholigi nihoyatda kuchayadi. Mil. av. 123-yili xitoy qo'shinlari xunnlami Xan saltanatining shimoliy chegaralaridan surib chiqaradi. Mil.av. 121-119-yillarda Xan qo'shinlari Dunxuangacha bo'lgan yerlami bosib oladi. Xunnlar esa xitoylarning g'arb tomon yurishlariga qarshilik ko'rsatadi.
Mil.av. 119-yildagi bo'lgan jangdan keyin xitoy qo'shinlari xunn sardorining qarorgohini bosib oladi. Jangda 90 ming xunn askari va ko'p xitoy askari halok bo'ladi. Mil.av. 99—90-yillar orasida xunnlar bilan xitoylar o'rtasida yana qattiq urushlar boiib o'tib, ko'pincha bu urushlarda xunnlar g'olib chiqadilar. Xitoylar esa g'arbda usunlar, sharqda uxuanlar va Shimolda Enisey bo'yi qabilalari bilan harbiy ittifoq tuzib, Mil. av. 71-yili xunnlarga uch tomondan hujum boshlaydi. Bu jang ittifoqchilarning g'alabasi va xunnlarning avanchli m ag'lubiyati bilan tugagan. Mil. av. 71-yilgi mag'lubiyatdan so'ng Xunn davlati kuchsizlanib, m. av. 56-yili Shimoliy va Janubiy qismlarga bo'linib ketadi. Xunnlarning g‘arbga ko‘chishlari. Shanyu Xuxane boshliq janubiy xunnlar Xitoyga tobe bo'lib, ular bilan ellik yilcha tinch-totuv yashaganlar. Chji-chji boshliq shimoliy xunnlar esa xitoylar bilan chiqisha olmay g'arb tomon siljiganlar. Lekin xitoy qo'shinlari ularni ta’qib qilib borib tor-mor etgan.
Milodning 1 asrida xunnlar o'zlarini biroz tiklab olganlar. Ammo milodiy 87-93-yillarda xitoyliklar syanbi va dinlinlar bilan ittifoq bo'lib xunnlarni yana tor-mor keltirgan. Xunnlar esa Sirdaryoning quyi qismi va Orol dengizining shimoliga borib joylashgan.
Keyingi asrlar davomida xunnlar Shimoliy Qozog'iston orqali yurib, Itil va Don daryolaridan o'tib Shimoliy Kavkazdagi alanlarni o'zlariga itoat ettirganlar. Xunnlar sardori Balamber 375-yili o‘z qo'shinlari bilan Shimoliy Qora dengiz bo'ylarini egallagan. Shu yerda yashovchi gotlarning bir qismi xunnlarga tobe bo'lgan va o‘zlarini osgotlar, ya’ni sharqiy gotlar deb atagan. Xunnlarga tobe bo'lmagan gotlar Frakivaga borib joylashib, o'zlarini vesgottlar-g'arbiy gotlar deb atagan.
394-395-yillarda xunnlarning bir qismi Kichik Osiyo, Suriya va Kapadokiyaga bostirib kirgan. Xunnlar g'arbga yurishni davom ettirib, Dunay daryosining yuqori qismidagi yerlarni bosib olganlar. Shu yerdan turib ular Sharqiy va G'arbiy Rim saltanatiga ham tahdid solib turgan. Xunnlarning sardori Attila davrida (434-453) Markaziy Yevropaning juda ko'p qabilalari xunnlarga tobe bo'lgan. 451-yilda xunnlar Galliyaga bostirib kirganlar. Ammo rimliklar, vesgottlar va franklarning birlashgan qo‘shinlari Katalaun yonidagi mashhur jangda xunnlarni yengib, ularni orqaga chekintirganlar.
453-yilda Attila vafot etgach, xunnlar davlati kuchsizlangan. Ularning 455- yili Pannoniyaga, 469-yili Bolqonga qilgan yurishlari ham mag'lubiyat bilan tugagan. Shundan keyin xunnlar ittifoqi tarqalib, davlat mutlaqo kuchsizlangan. Xunnlar mahalliy aholiga qo‘shilib ketgan. Shu tariqa 7-8 asr hukm surgan Xunnlar davlati V asr oxirlariga kelib barham topgan. Xunnlar ham o'zlariga xos oddiy, ko'chmanchilarga xos soddagina madaniyat yaratganlar. Ammo ular Qadimgi Xitoy madaniyatidan keng foydalanganlar. G'arbga ko'chgan xunnlar madaniyatiga O'rta Osiyo xalqlari va Rim madaniyati ham kuchli ta’sir ko'rsatgan.



Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish