Kar’eraning boshlang’ich bosqichi. Yosh mutaxassislar xizmat vazifalariga oid dastlabki ko’nikmalarni hosil qilganlaridan so’ng guruhlarda o’zaro hamkorlik qilish tajribalarini egallashlari, shuningdek bo’linmasi hamda alohida ijrochilar maqsad va vazi-falarni muhokama qilishda ishtirok etishlari kerak. Ushbu bosqichda ular uchun malaka oshirish yo’nalishlarini mustaqil tanlashlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilishi darkor. Orttirilgan tajriba ularga muayyan ish uchastkasida mustaqil faoliyat ko’rsa-tishlari imkoniyatini beradi. Mazkur bosqichga o’tish xodim o’z faoliyati muayyan sohasida zarur malakaga ega bo’lishiga bog’liqdir. Ana shu ikkinchi bosqich kelgusi kasbiy o’sish uchun nihoyatda muhimdir. Yosh mutaxassislar o’zlarida ishonchsizlikni his qilib, mustaqil faoliyat ko’rsatishga ojizlik qilsalar, ularning kelgusi lavozimida o’sishlariga umid qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |