1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi


- Konfliktlar vujudga kelishida konfliktogen omillar



Download 1,42 Mb.
bet55/79
Sana20.04.2022
Hajmi1,42 Mb.
#566292
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA 2020.tayyor

- Konfliktlar vujudga kelishida konfliktogen omillar - konfliktga olib kelishi mumkin bo‘lgan so‘zlar, harakatlar (yoki harakatsizlik) ayniqsa muhim rol o‘ynaydi.
Konfliktlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ancha rang-barangdir. Ularni turli xil belgilarga ko‘ra tasniflash mumkin.
9.1-jadval. Konfliktlarning turlari va ularning tavsifi



Konflikt namoyon bo’luvchi sohalar



Konfliktli munosabat sohalari

Davomiylik va keskinlik darajasi

iqtisodiy



Shaxsiy konfliktlar

Tez kechuvchi konfliktlar

mafkuraviy

Shaxslararo konfliktlar

Davomli-keskin konfliktlar


Ijtimoiy-maishiy



Shaxs-guruh konfliktlar

Keskin bo’lmagan konfliktlar


oilaviy-maishiy


Guruhlararo konfliktlar


Sust kechuvchi konfliktlar

Biz hayotda ijtimoiy-maishiy va oilaviy-maishiy konfliktlarga ayniqsa ko‘p duch kelamiz. Ular shaxslararo munosabatlarda yuzaga keladi, realistik yoki norealistik, konstruktiv yoki destruktiv bo‘lishi mumkin.
Realistik konfliktning maqsadi - muayyan natijalarga, qandaydir (moddiy yoki nomoddiy) ustunliklarga erishish. Bunday konflikt konstruktiv va destruktiv yo‘nalishlarda rivojlanishi mumkin. Predmetsiz konfliktlarning maqsadi - keskinlikni pasaytirish. Bu turdagi konflikt faqat destruktiv shaklga ega bo‘ladi.
Agar konfliktlar asosli qarorlar qabul qilish va o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashsa, bunday konfliktlar konstruktiv deb ataladi. Konstruktiv konfliktlar taraflarda nizo predmetiga qarab olingan mo‘ljal saqlanib qolishi, ular qo‘shma faoliyatning maqsad va vositalarini anglashi, o‘z holatiga va sherigining holatiga, o‘zaro imkoniyatlariga to‘g‘ri baho berishi bilan tavsiflanadi. Bunda ularning kelishmovchiliklari bartaraf etib bo‘lmaydigan xususiyat kasb etmaydi, munosabatlar jarayoni va bir-biridan o‘zaro norozilikkina namoyon bo‘ladi.
Samarali munosabatlarga va qarorlar qabul qilishga monelik qiluvchi konfliktlar destruktiv deb ataladi. Ular sheriklarning bir-biridan, muammoni yechish jarayoni va yo‘llaridan noroziligi muayyan “kritik nuqta”ga yetganida va bartaraf etib bo‘lmaydigan tus olganida vujudga keladi. Mazkur bosqichda munosabatlarning konstruktiv shakllariga qaytishning iloji bo‘lmaydi.
Konfliktlarning 80% ularning ishtirokchilari xohish-irodasiga zid ravishda vujudga keladi. Bu inson ruhiyatining xususiyatlari tufayli va ko‘pchilik yo ular haqida bilmasligi, yo ularga ahamiyat bermasligi tufayli yuz beradi.
Konfliktda xulq-atvor uslublari. Odamlar konfliktlashishi va bir-biri bilan kelishmasligi muqarrardir. Inson konfliktli vaziyat bilan to‘qnash kelganida, muammoni yanada samaraliroq yechish uchun muayyan strategiya va xulq-atvor uslubini tanlashi lozim. Buning uchun konfliktda ishtirok etayotgan boshqa odamlarning xulq-atvori, manfaatlari va motivlarini, shuningdek konfliktning tabiatini hisobga olish zarur.
Konfliktli vaziyatda odamlar muayyan xulq-atvor strategiyasi, uslubini ongli yoki ongsiz tarzda tanlaydilar. Konkret vaziyatda xulq-atvor uslubi passiv yoki faol harakat qilish o‘z manfaatlarini qondirish va birgalikda yoki yakka tartibda ish ko‘rib, boshqa tarafning manfaatlarini qondirish inson uchun qay darajada muhim ekanligi bilan belgilanadi.
Psixologlar konflikt chog‘ida kimning manfaatlari va qanday himoya qilinishiga qarab konfliktli vaziyatlarda xulq-atvorning besh namunaviy uslubini ajratadilar:
• raqobatlashish;
• o‘zini chetga olish;
• moslashish;
hamkorlik;
• murosaga kelish.
Mazkur uslublarni batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Qarshimizda - birovning manfaatlariga qarab mo‘ljal olishni ko‘rsatuvchi jadval.
9.2-jadval. Tomos-Kilmeni jadvali

* Paqobatlashish * Hamkorlik


(majburlash, kurashish, raqobat)

Murosaga kelish


*O‘zini chetga olish *Moslashish
(yon berish)

Raqobatlashish - «akula» uslubi (majburlash, kurashish, raqobat). Bu uslubga inson faqat o‘z manfaatlariga qarab mo‘ljal olishi va o‘z sherigining manfaatlarini rad etishi xos. U boshqalar bilan hamkorlikdan manfaatdor emas, lekin bir o‘zi qarorlar qabul qilishga qodir. Bu strategiyani tanlash oxir-oqibatda yo kurash, yo o‘zaro munosabatlarni tanlashga borib taqaladi.


“Raqobatlashish” uslubi:
• natija siz uchun juda muhim bo‘lgan, yuzaga kelgan muammoni yechishga siz katta umid bog‘lagan;
• qarorni tez qabul qilish talab etilgan va sizda buning uchun yetarli hokimiyat mavjud bo‘lgan;
• siz boshqa yo‘l yo‘qligini his etgan hollarda maqbul va samaralidir.
Mazkur uslubning afzalliklari shundaki, insonda salbiy emotsiyalar jamlanmaydi, u tavakkal qilishni yoqtiradi va javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Favqulodda vaziyatlarda bu uslub ayniqsa yaxshi samara beradi.
Uning kamchiliklari shundaki, konflikt odilona yechilmaydi, bu uslubni ko‘p qo‘llovchi odam doim hamma bilan konfliktlashadi.
O‘zini chetga olish - «toshbaqa» uslubi. Mazkur uslub inson o‘z huquqlarini himoya qilmagan, muammoning yechimini ishlab chiqish uchun hamkorlik qilishni istamagan, konfliktni yechishdan o‘zini chetga olgan holda namoyon bo‘ladi.
Siz bu uslubdan:
• yuzaga kelgan muammo siz uchun uncha muhim bo‘lmagan va siz uni yechishga kuch sarflashni istamagan;
• chorasiz ahvolda qolganingizni tushungan;
• o‘zingizni nohaq his qilgan va o‘zga odamning haqligini his etgan;
• suhbatdoshingiz ko‘proq hokimiyatga ega bo‘lgan yoki u bilan munosabatlarni davom ettirish uchun sizda jiddiy asoslar bo‘lmagan holda foydalanishingiz mumkin.
Mazkur uslubning afzalligi shundaki, bu “xavf-xatar sharoitidagi xavfsiz uslub”dir, zero inson o‘zi konfliktlarni yaratmaydi. Kamchiligi - konflikt yechilmaydi va shu bois oradan ma’lum vaqt o‘tgach, yana yuzaga kelishi mumkin.
Moslashish - «ayiqcha» uslubi (yon berish). Bu strategiyaga amal qiluvchi odam ham konfliktdan o‘zini olib qochishga harakat qiladi. Ammo bunda u o‘z shaxsiy manfaatlarini himoya qilishga urinmay, ulardan raqib manafaatlari foydasiga voz kechadi. Bu yondashuvdan ishning yakuni boshqa odamga juda muhim bo‘lgan va siz uchun ahamiyatsiz bo‘lgan hollarda foydalanishingiz mumkin.
Mazkur usllubning avfzalligi shundaki, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar saqlanib qoladi. Kamchiligi shundaki, konfliktlar yechilmaydi, to‘planib boradi va yana vujudga keladi.
Murosaga kelish - «tulki» uslubi. Konfliktni murosaga kelish yo‘li bilan yechishga munosabatlarni saqlab qolishga intilish turtki beradi. Bunda hech kim hech narsa yo‘qotmaydi, lekin qo‘lga ham kiritmaydi. Umuman olganda, bu uslubni “o‘zaro yon berish strategiyasi” deb nomlash mumkin.
Mazkur uslubning afzalligi: konflikt tez yechiladi, lekin bu yechim doim ham adolatli bo‘lavermaydi.
Kamchiligi: odamlarda norozilik yig‘ilib borishi mumkin, lekin u boshqa uslublar bilan taqqoslaganda ancha oz bo‘ladi.
Hamkorlik - «ukki» uslubi. Hamkorlik - eng og‘ir, lekin eng samarali uslub. U og‘ir konfliktli vaziyatda ikki tarafni qanoatlantiruvchi yechimni ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Hamkorlik strategiyasi ikkala tarafning manfaatlariga qarab mo‘ljal olishni nazarda tutishi bilan ajralib turadi. Taraflar bir- birlarini eshitishlari va muammoni yechishning muqobil variantlarini ishlab chiqishlari lozim.
Mazkur yondashuvdan:
• muammoni yechish ikkala taraf uchun muhim bo‘lgan va hech kim bundan o‘zini olib qochishni istamagan;
• taraflar o‘rtasida yaqin aloqalar mavjud bo‘lgan;
• muammoni yechish ustida ishlash uchun vaqt mavjud bo‘lgan;
• ikkala taraf muammoni yaxshi bilgan va bir-birining xohish- istaklaridan xabardor bo‘lgan;
• konflikt taraflari teng hokimiyatga ega bo‘lgan hollarda foydalanish tavsiya etiladi.
Mazkur uslubning afzalligi: konfliktni odilona, uzil-kesil yechish imkoniyatini beradi.
Kamchiligi: “ukki” bo‘lish qiyin, chunki o‘zi haqidagina emas, balki boshqalar haqida ham o‘ylashga to‘g‘ri keladi.
Konfliktni yechishning qaysi uslubi afzalroq?
Tavsiflangan strategiyalar orasida hamkorlik uslubi ayniqsa og‘ir bo‘lsa kerak. Ideal holatda xulq-atvor uslubini konfliktning o‘zi aytib beradi. Maqsad ham, munosabatlar ham muhim bo‘lmasa, konfliktdan o‘zingizni chetga olganingiz ma’qul. O‘zaro munosabatlardan maqsad muhimroq bo‘lsa, konfliktdan chiqishning eng yaxshi yo‘li raqobatlashish bo‘lishi mumkin.
Bu uslublarning har biri muayyan sharoitlardagina samarali bo‘lishi mumkinligini tushunish muhimdir. Maqbul yondashuv konkret vaziyat, shuningdek taraflar fe’l-atvori bilan belgilanadi.
Konfliktli vaziyatlarda emotsiyalar. Emotsiyalar shaxslararo xulq-atvorda asosiy rol o‘ynaydi. Har bir inson vaziyat va muammolarga o‘z tajribasi va ma’lumotiga tayangan holda yondashadi. Munosabat hamisha emotsiya unsurini nazarda tutadi. Kuchli emotsiyalar ko‘pincha keskinlikka sabab bo‘ladi. Emotsiyalarga e’tiborsizlik ko‘pincha konfliktga va noreal qarorlar qabul qilinishiga olib keladi. Shu bois emotsiyalarni e’tiborga olish muammoning oqilona yechimini belgilovchi mezon hisoblanadi.
Konfliktning ijobiy natijalari. Konflikt natijasi drama, rivojlanish, yangi imkoniyatlar tug‘ilishi, ayrim shaxs, guruh yoki tashkilotning o‘sishi bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha konflikt guruhda hamjihatlik va o‘zaro ishonchni kuchaytirishi va faoliyatga rag‘bat kuchayishiga olib kelishi mumkin. Guruhlardagi konflikt, agar ular to‘g‘ri tartibga solinsa, motivatsiya va mehnat unumdorligini oshishiga, shuningdek guruh a’zolarining yanada yaxshiroq shaxsiy kayfiyati va mo‘ljallariga sabab bo‘lishi mumkin. Konflikt taraflarning o‘zaro munosabatlariga bog‘lovchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. U yangi faktlar va qarorlarni qidirishga turtki beruvchi omilga aylanishi, tshkilot uchun muhim vazifalarni bajarishga konfliktlashayotgan taraflar kuch-g‘ayratini oshirishi va jiddiyroq konfliktning oldini olishi mumkin.

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish