Ilmiy tashkilot
nomi
|
Tarmoq korxonaning
nomi
|
Moliyalashtirish
mablag‘i
(mln. so‘m)
|
Muddati
|
Amalga oshiriladigan ishlar
(biriktirilgan tashkilot tomonidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga)
|
KIMYo SOHASI
|
1.
|
Bioorganik kimyo instituti
|
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
|
2000
|
2020-yil yakuniga qadar
|
1. GMP talab va normalariga moslashgan tajriba-sinov bazasini yaratish.
2. Rutan tabletkasi, Pramipeksol, “Ravonol” kapsulasi, “GLAS tabletka 0,1 g.” — yallig‘lanishga qarshi, “Glilagin tabletka
0,2 g.”, “Timogel” surtmasi va “Polijel” — dori vositalarini litsenzion shartnomalar asosida tijoratlashtirish.
3. “Timoptin inyeksiyasi 100 mkg” va “Eritim eritmasi”ni ishlab chiqarish hajmini 10 barobarga oshirish.
4. Yallig‘lanishga qarshi “Aflan 0,001%”, “Kardin” preparatlarini klinik sinovlarini amalga oshirish.
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
Shartnoma asosida
|
2020-yil yakuniga qadar
|
1. Feromon tutqichlari va “Biosolvent” preparati ishlab chiqarish hajmini oshirish.
2. Elita urug‘lik kartoshkani tijoratlashtirish, DAG-1 va DAG-2 preparatlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish.
|
2.
|
Um�miy va noorganik kimyo instituti
|
“O‘zbekneftgaz” AJ
|
Shartnoma asosida
|
2020-2021-yillarda
|
1. 300000 ta ponton qurilmasini sig‘imlarga urnatilishi, 100 tonna texnik sulfanolni va issiqlik almashtirish uskunalari tuzli qatlamlardan tozalash uchun mahalliy erituvchini realizatsiyasini ta’minlash.
2. Institut laboratoriyalarini zamonaviy ilmiy va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, zarur materiallar va butlovchi qismlar bilan ta’minlash.
|
“O‘zsanoatquri-lishmateriallari” uyushmasi
|
Shartnoma asosida
|
2020-2021-yillarda
|
“Strom” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi va sinov markazini ta’mirlash.
|
“O‘zkimyosanoat” AJ
|
Shartnoma asosida
|
2020-yil yakuniga qadar
|
1. Institutga qarashli texnologik korpusni to‘liq ta’mirlash va institut laboratoriyalarini zamonaviy ilmiy va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, zarur materiallar va butlovchi qismlar bilan ta’minlash.
2. “O‘zkimyosanoat” AJ tasarrufidagi korxonalarda ishlab chiqarilgan 100 tonna nitron tolasi, 50 tonna oleum, 100 tonna polivinilxlorid mahsulotlarini xarid qilish.
3. “O‘zDEF-I” defoliantini tajriba ishlab chiqarish.
|
“O‘zbekko‘mir” AJ
|
Shartnoma asosida
|
2020-yil yakuniga qadar
|
1. Ko‘mir briket ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan import o‘rnini bosuvchi mahalliy bog‘lovchi ishlab chiqarish.
2. “O‘zbekko‘mir” AJ korxonasi bazasidagi laboratoriyada Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish.
|
3.
|
O‘simlik moddalari kimyosi instituti
|
“O‘zkimyosanoat” AJ
|
2000
|
2020-yil yakuniga qadar
|
1. Institut laboratoriyalarini zamonaviy ilmiy va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, zarur materiallar va butlovchi qismlar bilan ta’minlash.
2. Sumialfa, Nominiy preparatlarini davlat kimyo komissiyasidan sinovlar o‘tkazish, kimyoviy toza reaktiv darajasidagi erituvchilarni tayyorlash va kompozitsion gerbitsid ishlab chiqish.
|
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
|
2 000
|
2020-yil yakuniga qadar
|
1. Institut laboratoriyalarini zamonaviy ilmiy va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, zarur materiallar va butlovchi qismlar bilan ta’minlash.
2. Yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalariga yuborilishini ta’minlash.
3. Digidroatizin gidroxloridi, Dangshen, Allalgin texnologiyasini ishlab chiqish va tajriba sanoat namunalarini yaratish.
|
4.
|
Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti
|
“O‘zbekneftgaz” AJ
|
Shartnoma asosida
|
2020-2021-yillarda
|
1. “Sho‘rtan GKK” MChJ bilan uglerodli superkonsentratlar ishlab chiqarish texnologiyasini litsenzion shartnomalar asosida tijoratlashtirish.
2. “Sho‘rtan GKK” MChJ qoshida zamonaviy ilmiy laboratoriya tashkil etish.
|
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi
|
8600
|
2020-yil yakuniga qadar
|
Bino va inshootlarni ta’mirlash, kommunikatsiya vositalarini o‘rnatish va institut laboratoriyalarini zamonaviy ilmiy va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, zarur materiallar va butlovchi qismlar bilan ta’minlash.
|
|