4.4. Ustuvor yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish
53.
|
O‘simliklarning agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlovini amalga oshirish uchun respublikaning barcha hududlarida “tuproq klinikalari” xizmatlari tarmoqlarini tashkil qilish.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda tuproqni tahlil qilishning mobil laboratoriyalarini ??shkil etish asosida doimiy ravishda qi??oq xo‘??ligida tuproqni agrokimyoviy tahlil qilish, ekin yerlari tuproqlari unumdorligi va ozuqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasini doimiy monitoringini amalga oshirish.
|
1. Mobil laboratoriyalarni tashkil etish bo‘yicha taklif ishlab chiqish.
|
2020-yil 1-oktabr
|
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),
Davyergeodezkadastr qo‘mitasi (Abdullayev),
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Abdurazakov)
|
2. Mobil laboratoriyalarni tashkil etish va jihozlashning moliyalashtirish manbalarini aniqlash.
|
2020-yil 1-dekabr
|
3. Mobil laboratoriyalarni tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
|
2021-yildan boshlab
|
54.
|
Hududlarda mahalliy xomashyo — ipakchilik sanoati chiqindilari, ipak qurti g‘umbagini kompleks qayta ishlashga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarni tanlovlar asosida amalga oshirish.
|
1. Ipak sanoati uyushmasi tomonidan hududlarda mahalliy xomashyo — ipakchilik sanoati chiqindilari, ipak qurti g‘umbagini kompleks qayta ishlashga yo‘naltirilgan asoslangan ilmiy-tadqiqot loyihalari mavzularini shakllantirish va Innovatsion rivojlanish vazirligiga kiritish.
|
2020-yil 1-oktabr
|
-
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (Sharipov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
2. Shakllantirilgan takliflar asosida hududlardagi mahalliy xomashyo — ipakchilik sanoati chiqindilari, ipak qurti g‘umbagini kompleks qayta ishlashga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovini tashkil qilish va o‘tkazish.
|
2021-yil davomida
|
55.
|
“Yashil kimyo” tamoyillari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish va tanlovlar asosida amaliy va innovatsion loyihalarni bajarish.
|
1. “Yashil kimyo” tamoyillari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish.
|
2020-yil 1-sentabr
|
Davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida, xalqaro grantlar
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov)
|
2. Innovatsion loyihalar tanlovlarini e’lon qilish.
|
2020-yil 1-oktabr
|
3. Tanlov natijalari bo‘yicha g‘oliblarni aniqlash va loyihalarni amalga oshirish.
|
2020-yil 1-noyabr
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |