1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim


Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlash va o‘qitish sifati



Download 0,96 Mb.
bet24/51
Sana04.10.2022
Hajmi0,96 Mb.
#851334
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   51
Bog'liq
PQ-4805 12.08.2020

2.2. Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlash va o‘qitish sifati

22.

Kimyo ta’lim yo‘nalishi talabalari amaliyotini tashkil etishda ishlab chiqarish korxonalari ishtirokini oshirish.

1. Kimyo fakulteti talabalarini ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish bo‘yicha shartnomalar to‘zish.

2021-yil yanvar — mart

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),
“O‘zkimyosanoat” AJ (Mirzamaxmudov),
“O‘zbekneftgaz” AJ (Abdullayev)
kadrlar iste’molchisi bo‘lgan tarmoq vazirlik va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari

2. Ishlab chiqarish korxonalarida talabalar ishlab chiqarish amaliyotlarini samarali tashkil etish.

2021-yil apreldan boshlab

23.

Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish.

1. Oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qituvchini o‘zlari tanlash bo‘yicha xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari tajribalarini o‘rganish.

2020-yil 1-dekabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),
tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Oliy ta’lim muassasalarida kimyo va biologiya yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklari bo‘yicha ixtisoslik fanlarining nazariy mashg‘ulotlarini (ma’ruza, amaliy dars) respublika oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining soha bo‘yicha yetakchi olimlari va professor-o‘qituvchilari tomonidan ochiq onlayn mashg‘ulot sifatida tashkil etishda talabalarga o‘qituvchini o‘zi tanlash tajribasini joriy etish.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab

24.

Kimyo va biologiya sohasida stajirovka tizimini yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribalari asosida tashkil etish.

1. Yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribalarini o‘rganish.

2020-yil oktyabr — dekabr

Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),
Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov),
“El-yurt umidi” jamg‘armasi (Bekmurodov),
tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Qoraqalpoq, Samarqand va Andijon davlat universitetlarida respublika oliy ta’lim muassasalarining kimyo va biologiya o‘qituvchilari stajirovkalarini tashkil etish.

2021-yil yanvardan boshlab, har yili

25.

Kimyo va biologiya ta’lim yo‘nalishlari talabalari ilmiy salohiyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash.

Yoshlar o‘rtasida kimyo va biologiya fanlariga qiziqishni oshirish, ularning kimyo va biologiya sohalaridagi salohiyatlarini rivojlantirish va metodik qo‘llab-quvvatlash maqsadida Internet tarmog‘ida “Yosh kimyogarlar va biologlar portali”ni tashkil qilish va uning doimiy faoliyatini ta’minlashi.

2021-yil yanvar — may

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

26.

Kimyo va biologiya sohasiga qiziquvchi yoshlarni qo‘llab-qo‘vvatlash choralarini ko‘rish.

1. Oliy ta’lim muassasalarining kimyo va biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi g‘oliblari hamda kimyo va biologiya bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlarini magistraturaga tegishli mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga kvota doirasida davlat grantlari asosida qabul qilishni joriy etish.

2021-2022 o‘quv yilidan boshlab

Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Norqulov)

2. Kimyo va biologiya yo‘nalishida kadrlar tayyorlayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida ko‘p bosqichli (tuman (shahar) — viloyat — oliy ta’lim muassasasi) kimyo va biologiya fani bo‘yicha o‘zining olimpiadasini o‘tkazish va 1 — 3 o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasasining mablag‘lari hisobidan o‘qishga qabul qilish amaliyotini joriy etish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

3. Kimyo va biologiya ta’lim yo‘nalishlari mavjud oliy ta’lim muassasalarida tegishli hududlarning umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun doimiy faoliyat yurituvchi to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ular uchun yozgi maktablar tashkil etish.

2021-yildan boshlab


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish