1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]



Download 0,86 Mb.
bet7/7
Sana13.06.2022
Hajmi0,86 Mb.
#664869
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PQ-5124 25.05.2021 (1)

Vazir o‘rinbosari — boshliq

Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati
2

Boshliqning tibbiy yordamni tashkillashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

Boshliqning onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda reproduktiv salomatlik bo‘yicha o‘rinbosari

Boshliqning raqamlashtirish va davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha o‘rinbosari

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi

Tibbiy xizmat sifatini nazorat qilish bo‘limi
3

Davolash-profilaktika yordamini va sog‘liqni saqlash ko‘rsatgichlari tahlilini tashkillashtirish bo‘limi
6

Onalar va bolalarga tibbiy yordamni tashkillashtirish bo‘limi
3


Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish sektori
2

Sog‘liqni saqlash tizimi infratuzilmasini rivojlantirish va qurilishini tashkillashtirish bo‘limi
3

Litsenziyalash va akkreditatsiyalash sektori
1

Nodavlat tibbiyot tashkilotlari

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis
1

Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis
1

Davlat tibbiyot tashkilotlarida dori vositalari va tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish bo‘yicha bosh mutaxassis
1

Bosh yuriskonsult
1

Moliyaviy va iqtisodiy xizmat
2

Ikkinchi bo‘lim
2

Tuman tibbiyot birlashmalari

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 32 nafar”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4938-son qaroriga 7-ilovada 5-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:



5.

Sog‘liqni saqlash sohasida axborot tizimlarini yaratish, takomillashtirish va joriy etish, shuningdek, axborot kommunikatsiya va texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish

mlrd. so‘m

28,0

”.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5113-son qaroriga 2-ilovaning 21 va 33-pozitsiyalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 365-sonli qarori:
a) quyidagi mazmundagi 21-band bilan to‘ldirilsin:
“21. Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha ularga maslahat berish va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar faoliyatini monitoring qilib, mavjud muammolarni tahlil etish, umumlashtirish Respublika va hududiy aholi reproduktiv salomatligi markazlarining (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) asosiy vazifalaridan biri etib belgilansin.
Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun Markazlar tuzilmasiga sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlarining amaldagi shtatlari doirasida mutaxassis shtatlar (tibbiy-genetik, psixolog, IT-texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis) kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Markazlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan taklif kiritsin”;
b) quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
“31. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda FHDY organlari bilan tibbiyot muassasalari, xususan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar, Markazlar o‘rtasida nikohlanuvchilarning yagona avtomatlashtirilgan elektron bazasini shakllantirsin”;
v) 1-ilovasida:
6-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Nikohlanuvchi shaxslar doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyidagi tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida bepul dispanserizatsiyadan, ya’ni kardiolog, endokrinolog, revmatolog, urolog mutaxassislari jalb qilingan holda nikoh oldi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi hamda qo‘shimcha UTT, EKG, umumiy qon tahlili, qondagi qand miqdori aniqlanadi.
Nikohlanuvchi shaxslar uchun tibbiy ko‘rik jarayonida genetik tekshiruvlarga zarurat bo‘lganda, ularning o‘zaro kelishuvi asosida ushbu tekshiruvlar pullik asosda amalga oshirilishi mumkin”;
ikkinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Agar nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijasida ularning bittasida yoki har ikkalasida mazkur Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan kasallik, shuningdek, dispanserizatsiya natijasida boshqa kasalliklar aniqlangan taqdirda, nikohni qayd etish tomonlarning ushbu tekshirish natijalaridan xabardorligi tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 10-bandning “a” kichik bandida:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bosh shifokorda — oliy tibbiy ma’lumot, boshqa vrach-mutaxassislarda (oliy tibbiy ta’lim ma’lumotiga ega bo‘lmagan, xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslardan tashqari) tegishli tibbiy mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumot”;
quyidagi tahrirdagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“ish staji besh yildan oshgan oliy tibbiy ma’lumotli shifokorda ixtisosligi bo‘yicha malaka toifa”;
to‘rtinchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 22-band:
quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Qo‘shimcha tibbiy ixtisoslik turini yoki nodavlat tibbiyot tashkiloti filialini litsenziyalashda uning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini o‘rganish faqat so‘ralayotgan tibbiy ixtisoslik turi hamda tashkilot filiali qismida o‘tkaziladi”;
ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziyalovchi organning litsenziya berish, muassasa turini o‘zgartirish (ambulator yoki statsionar), filial ochish, litsenziyaga yangi tibbiy ixtisosliklarni qo‘shish, tibbiy xizmat hajmini o‘zgartirish (konservativ yoki operativ) yoki uni berishni rad etish haqidagi qarori umumiy tartib bo‘yicha uch kun muddatda, tezlashtirilgan tartib bo‘yicha bir ish kuni davomida tasdiqlanadi va litsenziya berish yoki uni berishni rad etish uchun asos hisoblanadi;
Litsenziyalovchi organ umumiy tartib bo‘yicha ikki kun muddatda, tezlashtirilgan tartib bo‘yicha esa litsenziya berish, muassasa turini o‘zgartirish (ambulator yoki statsionar), filial ochish, litsenziyaga yangi tibbiy ixtisosliklarni qo‘shish, tibbiy xizmat hajmini o‘zgartirish (konservativ yoki operativ) haqida qaror qabul qilingan kunning o‘zida litsenziya talabgorini u o‘z arizasida ko‘rsatgan shaklda, bank hisob raqami rekvizitlari va davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi”;
quyidagi tahrirdagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Muassasa turi o‘zgarganda (ambulator yoki statsionar), filial ochilganda, litsenziyaga yangi tibbiy ixtisosliklar qo‘shilganda, tibbiy xizmat hajmi o‘zgarganda (konservativ yoki operativ) tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar mavjud litsenziyaga kiritiladi, bunda litsenziyaning amal qilish muddati o‘zgarmaydi”;
v) 36-band quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari buzilgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi faqat bunday buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan tibbiy ixtisoslik turi qismida to‘xtatiladi (tugatiladi) (amaldagi boshqa tibbiy ixtisosliklar faoliyatini ta’minlovchi ixtisoslik turlaridan tashqari) va litsenziya amaldagi boshqa tibbiy ixtisoslik turlari qismida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtiriladi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.


(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2021-y., 07/21/5124/0487-son, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son; 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish