Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida
7.
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
a) mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish — BHMning 15 baravari;
b) mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish — BHMning 15 baravari;
v) mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish — BHMning 30 baravari;
g) mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlari ko‘rsatish — BHMning 30 baravari;
d) xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish — BHMning 500 baravari;
e) xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlari ko‘rsatish — BHMning 800 baravari;
j) ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish — BHMning 200 baravari;
z) ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini qurish — BHMning 400 baravari;
i) ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish — BHMning 10 baravari;
y) ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlarini qurish — BHMning 20 baravari;
k) ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlaridan foydalanish — BHMning 30 baravari;
l) ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish — BHMning 80 baravari;
m) ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish — BHMning 140 000 baravari;
n) ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish — BHMning 2 baravari;
o) ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini qurish — BHMning 4 baravari;
p) ma’lumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanish — BHMning 6 baravari;
r) ma’lumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish — BHMning 30 baravari;
s) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish — BHMning 20 baravari;
t) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) tarmoqlarini qurish — BHMning 20 baravari;
u) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish — BHMning 150 baravari;
f) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish — BHMning 150 baravari.
Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlarning 11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasiga teng miqdorda yo‘naltiriladi.