Kannabis o‘simligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini tashishda litsenziatga qo‘yiladigan talablar:
aa) kannabis o‘simligi va uning qayta ishlash mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularni tashish ishlari “furgon” yoki “konteyner” turidagi yopiq kuzovga ega bo‘lgan va qulf bilan berkitiladigan hamda muhrlanadigan maxsus transport vositalarida amalga oshiriladi.
Kannabis o‘simligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini temir yo‘l transportlarida tashish uchun sanitariya-epidemiologiya talablariga javob beradigan yopiq vagonlar yoki konteynerlar talab etiladi;
bb) maxsus transport vositalarining texnik holati transport vositasini ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomasi talablariga, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalariga hamda ushbu Pasportda belgilangan talablarga javob berishi shart;
vv) kannabis o‘simligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini maxsus yoki maxsuslashtirilgan konteynerlar, belgilangan talablarga muvofiq jihozlangan umumiy maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan konteynerlar, avtomobillar va tirkamalarda tashish mumkin;
gg) kannabis o‘simligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini tashuvchi “furgon” turidagi kuzovli transport vositalari, shu jumladan, avtotirkamalar kuzovi to‘liq yopilgan va mustahkam bo‘lishi, yoriqlar, ichki elektr uzatgichi bo‘lmasligi va haydovchi kabinasi bilan kamida 150 mm oraliq masofada bo‘lingan bo‘lishi kerak.
Kuzovni tayyorlash uchun ishlatilgan yog‘och yong‘indan himoyalovchi tarkib bilan to‘ydirilgan bo‘lishi lozim. Kuzovni ichki qismini yopish uchun chaqmoq chiqarmaydigan materiallar ishlatilgan bo‘lishi zarur. Tashilayotgan yuk bilan xavfli birikmani hosil qiladigan materiallarni ishlatilishi qat’iyan man etiladi. Furgon tashqaridan metalli tunika yoki temir listlari bilan qoplangan bo‘lishi zarur;
dd) kannabis o‘simligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini tashishda foydalaniladigan transport vositalarining yuk tashish qismlari konstruksiyalari yuvilgan, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya qilingan, himoyalangan, shuningdek, tashish jarayonida to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik, hashoratlar va hayvonlar kirib qolishining oldini olish choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak;
eye) kannabis o‘simligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini kuchli hidlanuvchi zararli moddalar tashilgan transport vositalarida tashishga yo‘l qo‘yilmaydi;
jj) kannabis o‘simligi va uning qayta ishlash mahsulotlari tarasiz usulda qoplarda tashiladi. Qoplar tikiladi va markirovka qilinadi.
Markirovka kannabis o‘simligining navi, yetishtirish yili, qo‘llanilishi, ishlab chiqaruvchi va yuboruvchining nomi, qadoqlash vazni, yaroqlilik muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak.
Markirovkada ko‘rsatilgan ma’lumotlar iste’molchi uchun aniq va oson o‘qiladigan hamda yuvilmaydigan harflarda, davlat tilida yozilgan bo‘lishi lozim;
zz) litsenziat kannabis o‘simligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini tashish davriga qadar davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining tegishli bo‘linmalari bilan kannabis o‘simligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini tashish uchun foydalaniladigan viloyatlararo, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda harakatlanuvchi transport vositalariga kuzatuv xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani imzolashi shart;
ii) litsenziat kannabis o‘simligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini tashish yo‘nalishlari to‘g‘risida davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining tegishli bo‘linmalarini tra�sport vositalari yo‘lga chiqishidan kamida qirq sakkiz soat oldin xabardor qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |