9.
|
Litsenziya talablari va shartlari:
|
a) litsenziat tomonidan pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga, tegishli texnik reglamentlarga yoki standartlarga, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga majburiy rioya qilish, jamoat tartibi, yong‘in xavfsizligi, ekologiya va sanitariya-gigiyena norma va talablarini ta’minlash;
b) litsenziya talabgorlariga arizada ko‘rsatilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlarini to‘liq hajmda amalga oshirish, shu jumladan, unga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli bo‘lgan pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish sohasida amal qiluvchi me’yorlar, qoidalar va texnik reglamentlarga yoki standartlarga javob beradigan tegishli moddiy-texnik baza (maxsus jihozlangan binolar, inshootlar, joylar, hududlar, ko‘tarish-transport asbob-uskunalari, muhandislik kommunikatsiyalari, apparatlar, texnologiyalar, texnologik asbob-uskunalar, elektr energiyasi va suv ta’minoti tarmoqlari, sinash, nazorat qilish, o‘lchash, yashindan himoya qilish, yoritish vositalari, inventar, ventilatsiya, transport vositalari, hisoblash va tashkiliy texnika, yong‘inga qarshi avtomatika tizimlari, qo‘riqlash, yong‘in va qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi, boshqa texnik vositalar) uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
v) pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish obyektlari ishonchli qo‘riqlanishini, ularni fizik va texnik himoya qilish tadbirlari o‘tkazilishini, ularni transportda tashishda kuzatib borishni, pirotexnika buyumlaridan ruxsat berilmagan holda foydalanishga �o‘l qo‘ymaslikka qaratilgan rejim choralari va boshqa choralar ko‘rilishini ta’minlash;
g) faoliyatning litsenziyalanadigan turiga tegishli qismi bo‘yicha pirotexnika buyumlari va ularning komponentlari mavjudligi va sarfi (ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, foydalanish, yo‘q qilish, utilizatsiya qilish) hisobini yuritish;*
d) faoliyatning litsenziyalanadigan turi bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan nizomlar, yo‘riqnomalar, metodik hujjatlar va boshqa zarur normativ-texnik hujjatlar mavjudligi;
e) yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda, xodimlarning xatti-harakati rejasini ishlab chiqish;
j) yong‘inni o‘chirish va boshqa favqulodda vaziyatlar, xavfli moddalar tarqalishi (oqib ketishi)ning oldini olish va lokalizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan yakka tartibda va jamoaviy himoyalanish vositalari, shuningdek, maxsus vositalarning hisob-kitob zaxirasi va turlari mavjudligi hamda ish holatida bo‘lishi;
z) litsenziya talabgorining shtatida tegishli malakali, me’yorlar va qoidalar talablariga muvofiq sanoat maqsadidagi portlatish materiallari va pirotexnika buyumlari bilan ishlashga ruxsat berilgan texnik xodimlar, shu jumladan, tegishli ma’lumotli, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan va faoliyatning litsenziyalanadigan turlari bo‘yicha kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbarlar va muhandis-texnik xodimlar mavjudligi;
i) faoliyatning litsenziyalanadigan turlari bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaradigan xodimlarni muntazam ravishda (har yili) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
y) har yili Litsenziyalovchi organga hisobot yilidan keyingi yilning 10-yanvaridan kechikmay faoliyatning litsenziyalanadigan turlari bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaradigan xodimlar ro‘yxatini taqdim etish;
k) qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda faoliyatning litsenziyalanadigan turlari bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaradigan ishlab chiqarish rahbarlari, xodimlar, ishlab chiqarish nazorati xizmatlari mutaxassislarini tayyorlash, qa�ta tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish;
l) litsenziyada ko‘rsatilgan obyektlar manzillari bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish (pirotexnika buyumlarini tashish va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyat bundan mustasno);*
m) O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan sertifikatlash organlari bergan muvofiqlik sertifikatlariga, shuningdek, texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan texnik shartlar va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarga ega bo‘lgan pirotexnika buyumlarini tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish (pirotexnika buyumlarini tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyatda).
|