Kundalik amaliyotdan olinadigan bilimlar tabiat haqida, shuningdek odamlarning o‘zlari, ularning yashash sharoiti, ijtimoiy aloqalari va hokazolar to‘g‘risida elementlar bilimlar beruvchi kundalik-amaliy bilimlar bilishning tarixan eng birinchi shakli hisoblanadi. Bilishning bu shakli kundalik hayot, odamlar amaliyoti tajribasidan kelib chiqqan. O‘yin vositasidagi bilim. Bilimning tarixan dastlabki shakllaridan biri – o‘yin vositasidagi bilim nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatining ham muhim unsuri hisoblanadi. Mifologik bilim. Mifologik bilim, ayniqsa, insoniyat tarixining dastlabki bosqichida muhim rol o‘ynagan. Mifologik bilimning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u borliqning fantastik in’ikosi hisoblanadi. Badiiy bilim. Borliqni tushunib etish refleksiyaning o‘ziga xos shakli bo‘lib, u san’at borlig‘ining barcha bosqichlarida – asar g‘oyasidan boshlab uning odamlar tomonidan qabul qilinishigacha – o‘ziga xos tarzda ro‘yobga chiqadi. Diniy bilim. Dinning asosiy vazifasi – inson hayoti, tabiat va jamiyat borlig‘ining mazmunini aniqlashdir. Falsafiy bilim. Falsafa, san’at va din kabi, bilish vazifalarini echish bilangina kifoyalanmaydi. Uning bosh vazifasi san’at va din bilan uyg‘un – inson dunyoda ma’naviy mo‘ljal olishiga ko‘maklashish. Falsafiy bilim ayni shu maqsadga bo‘ysundirilgan. Ilmiy bilim. Bilimning eng oliy shakli fandir. Ayrim fanlarning vakillari fanni ta’riflar ekanlar, uni muayyan tadqiqotlar sohasi bilan bog‘laydilar. Ilmiy bilim boshqa bilim turlaridan o‘zining aniqligi bilan ajralib turadi. Sub’ekt – bu bilish faolligining manbai. Sub’ekt deganda odatda individ tushuniladi. Biroq bu uncha to‘g‘ri emas. Sub’ekt – bu, albatta, avvalo barcha bilish qobiliyatlariga ega bo‘lgan individ. Sub’ekt – bu mikroguruh, ijtimoiy guruh, sinf, jamiyat hamdir. Ob’ekt – bu sub’ektning bilish faoliyati qaratilgan narsa yoki hodisa.
Sezgi a’zolari orqali olingan bilim – hissiy bilimlardir. Narsalarning xossalarini sezgi a’zolari sezish va idrok etish natijasida olingan bilim hissiy bilimdir. Masalan, inson uchayotgan samolyotni ko‘radi va buning nimaligini biladi. Sezgi. Bilish faoliyatida sezgi – narsalar ayrim xossalarining sezgi a’zolari orqali his qilingan oddiy obrazi, in’ikosi, nusxasi yoki o‘ziga xos surati dastlabki sezgi obrazi hisoblanadi. Idrok. Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi predmetlar, ularning xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi.
Xotira o‘tmish va hozirgi zamonni birlashtiradi, ularning bir-biriga o‘tishini ta’minlaydi. Tasavvurlar – bu bir paytlar insonning sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatgan va keyinchalik miyada saqlanib qolgan aloqalar bo‘yicha gavdalanadigan narsalarning obrazlaridir.
Tafakkur o‘zining asosiy shakllari – tushunchalar, mulohazalar va xulosalar ko‘rinishida yuzaga kelgan, rivojlanmoqda va amalga oshirilmoqda.
Tushuncha – narsalar va hodisalarning umumiy, muhim xossa va aloqalari aks etuvchi fikr.Mulohaza – fikrning shunday bir shakliki, unda tushunchalarni bog‘lash yo‘li bilan biror narsa haqidagi biron-bir fikr tasdiqlanadi yoki rad etiladi.Xulosa chiqarish tafakkurning shunday bir amaliki, unda ayrim fikrlarni taqqoslash yo‘li bilan yangi mulohaza yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |