193.Estetik tarbiyaning asosiy vositalarini ko‘rsating.Tayanch atamalar :sa'nat,estetik his -tuyg‘u,mexnat,sport
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari. San’at — estetik tarbiya- ning muhim vositasi. Ma’lumki, hissiyotlar, tuyg‘ular, kechin- malar insonning tirikligidan dalolat beradi. Chunonchi, ijobiy fazilatlar, badiiy-estetik ideallar inson hayotining mazmuniga ko‘rk bag‘ishlaydi. Tarbiyada ayniqsa, estetik tarbiyada hayot- ning mazmuni va maqsadi muhim ahamiyat kasb etadi. Gohida maqsad mavhum tushunchaga aylanib shaxsning tabiatiga mutlaqo zid bo‘lgan holatlarni keltirib chiqaradi. Pirovardida inson bunday maqsadlarning ta’siridan zarar ko‘radi. San’at shu ma’noda zamonaviy insonni estetik jihatdan tarbiyalashdagi asosiy vositaki, u insonning estetik tuyg‘ularini maqsadli, ijobiy tomonga yo‘naltiradi, uning kelajakda buyuk ishlarni amalga oshirishiga ko‘mak beradi. Shaxsning estetik tarbiyasini san’at vositasida amalga oshirish- ning afzal tomonini ikki xususiyat bilan ifodalash mumkin. Bi- rinchidan, san’at ijtimoiy anglashning boshqa shakllariga qara- ganda insonga birmuncha yaqinroq hamda tezroq ta’sir ko'rsata olish imkoniga ega. Ikkinchidan, san’at insonni estetik jihatdan kamolotga yetkazish jarayoniga muayyan mafkuraviy mazmun bag‘ishlashi bilan birga inson ma’naviy qadriyatlarini ro‘yobga chiqarishda yaqindan yordam ko‘rsatadi. San’at o‘zining estetik bisotini to‘laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog‘lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini go‘zallashtirish estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma’naviy dun- yoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi. San’atning inson estetik tafakkurini yuksaltirishdagi ahamiyati yana shu bilan izohlanadiki, san’at avvalo; voqelikni badiiy qiyofalar yordamida aks ettiradi, o‘zida moddiylik va ma’naviylikning estetik mazmuni- ni namoyon qiladi, ijtimoiy hayotga yangicha ko‘rk bag‘ishlaydi,ularni qaytadan tashkil etadi va o‘zgartiradi. Ana shunga ko‘ra, insonning bilimlilik tomoni san’atning ko‘rinishlarini namoyon ettirish holatlarini amalga oshiradi. Mazkur holatlar natijasida estetik tarbiyaviylik xususiyati o‘z ifodasini topadi. Elektron axborot vositalar — estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Hozirgi kunda estetik tarbiyaning shunday vositalari mav- judki, uning ma’naviy jarayonlarga ko‘rsatayotgan global ta’siriga befarq bo‘lish aslo mumkin emas. Ana shunday ta’sirlardan biri - bu elektron axborot vositalardir. Elektron axborot vositalari muhim estetik tarbiya vositasi sifatida qator xususiyatlarga ega. Bular: — narxining arzonligi; — asosiy mahsulot — bilim, axborot, moda va imidj; — yangi iqtisodiyot — u axborotga ega boMishni xohlaydigan odamlarga imtiyoz beradi; — chinakam global xarakterga ega ekanligi. Mehnat — estetik tarbiyaning asosiy vositasi. Mehnat ham moddiy, hamda ma’naviy go‘zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga kelti- radigan zararini kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yon- dashuv jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi. Ma’lumki, 0 ‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning iqti- sodiy asosi — ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotidir. Ushbu jarayonda eng muhim va dolzarb vazifa insonlarda mehnatga bo‘lgan yangicha estetik munosabatni shakllantirishdan iborat. Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rag‘batlantirish, odamlarda mulkka egalik hissiyotini tarbiyalash o‘z navbatida mehnatga bo‘lgan estetik munosabat orqali ro‘yobga chiqadi. Ommaviy axborot vositalari estetik tarbiyaning ta’sirchan vositasi. Bu vosita insonga yaqindan ta’sir qiluvchi qudratli va faol kuchdir. Ayniqsa, televideniya shaxs hamda ommani estetik dunyoqarashini shakllantirishda, ularni nafosatli jihat- dan tarbiyalashda yuksak ahamiyat kasb etadi. Rang-barang mavzulardagi ko‘rsatuvlar badiiy va hujjatli filmlar, ijtimoiy ma’naviy mazmundagi reklamalar, telemarafonlar nafosatli tar- biyani maqsadli yo‘naltirishda, insonlar