172. Axloqning qanday funksiyalarini bilasiz?Tayanch atamalar: boshqarish, aksiologik, bilish, kommunikativ, tarbiyaviy,праксиологик,
Axloqning asosiy vazifalari
Axloqning vazifalari juda ko‘p va xilma-xil. Biz faqat ularning asosiylarigagina to‘xtalib o‘tamiz. Axloqning asosiy vazifasi, eng awalo, uning tarbiyaviyligidir. Axloqiy tarbiya inson uchun, xalqona qilib aytganda, beshikdan to qabrgacha asqotadi. Tarbiya go‘dakdagi axloqiy mohiyatni yuzaga chiqarishi uchun, unda axloqiy yo nalmalarning, xulq va odatlarning shakllanishiga xizmat qiladi, axloqiy taqiqlarining mohiyatini bola ongiga singdiradi. Kattalarda esa о z-o zini tarbiyalash xislatini paydo qiladi va rivojlantiradi, ularni ongli axloqiy tanlov bilan ish ko‘rishga o'rgatadi. Axloqning tarbiyaviy vazifasini amalga oshirishda turli xil vositalar va omillar ishtirok etadi. Jumladan, pand-o git, adabiyot, san’at, ommaviy axborot vositalari va h.k. Insonni qadriyatlarga yo‘naltirish ham axloqning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Chunki axloqiy qadriyatlar shaxsning kamol topishida katta rol o‘ynaydi, insonga ezgulikka qarab borish va yovuzlikdan qochish yo‘lini ko'rsatadi. Mazkur vazifa qadriyatlarga asoslangan holda odamlar axloqiy xatti-harakatlarini baholash imkonini ham beradi; ularning umum qabul qilingan tamoyillar va me’yorlarga mos yoki mos emasligini belgilashda obyektivlikni ta’minlaydi. Shuningdek, u eng yaxshi an anaviy va zamonaviy qadriyatlar hamda umumbashariy va milliy fazilatlar uyg‘unligini amalga oshirishga xizmat qiladi. Axloqning kom m unikativ vazifasini ham borki, u inson munosabatlarini go‘zal taomilga aylantirishda muomala odobi, etiket singari me yoriy qonun-qoidalar majmuini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi, mohiyatan u muomalani imkon boricha insoniy, go zal munosabat, yoqimli aloqa sifatida ro‘y berishiga ko‘maklashadi, kishida yuksak muomala madaniyatining shakllanishiga, tilning shirin, imo-ishoraning nozik, suhbatning yoqimli bo‘lishiga olib keladi. Axloqning yana bir vazifasi esa ~ bilish. U insonga axloqiy bilim beradi. Shu bilim vositasida odam o‘z xatti-harakatini boshqaradi, hissiyotlarning qaysi biriga ustuvorlik berish kerak va qaysi birini sabr bilan yengish lozimligini belgilaydi, kundalik hayotda duch keladigan axloqiy muammolarni hal etishda kishiga ko‘maklashadi. Bir so‘z bilan aytganda, axloqning bu vazifasi insonning o‘z ichki dunyosini bilish uchun kalit vazifasini o‘taydi, ayni paytda unga o‘zgalar xatti-harakatlarini axloqiy baholash imkonini ham beradi. Biz yuqorida «axloqiy boshqarish» degan iborani bir necha bir ishlatdik. Zero, axloqning eng miqyosli vazifalaridan biri boshqarish. Axloqiy boshqarish har bir alohida olingan shaxs va butun jamiyatni to g ri yo lga solish uchun xizmat qiladi. U odamlardagi nafsni jilovlash, salbiy oqibatlarga olib keladigan xatti-harakatlarning oldini olish, individning о z-o‘zini boshqarishi, ijtimoiy munosabatlami axloqiylash- tirish, axloqning insonparvar me’yorlarini hayotga tatbiq etish kabi masalalarni hal etishga qaratilgani bilan muhimdir. Bunda odamlaming о zni tutishlari va o‘zaro munosabatlari jamiyat fikri hamda shaxsning axloqiy о z-o zini baholashi asosida, ma’qullash yoki tanbeh berish yordamida boshqariladi. Axloqning insoniylashtirish vazifasi ham muhim. U odamzodni hayvoniy xislatlardan — zulm, zo‘ravonlik, zug‘um, adolatsizlik, insofsizlik kabi qator illatlardan forig1 bo‘lishi, yuksak insoniy fazilatlar bilan yo g rilib yashashi, doimo komillikka intilishiga ko‘maklashish bilan belgilanadi. Ayni paytda mazkur vazifa axloqiy qonun-qoidalar hamma uchun majburiyligini, ular oldida, ijtimoiy hayotda egallagan o‘rnidan qat’i nazar, barcha odamlarning teng ekanini ta’minlashga, jamiyatda obro'parvarlik (avtoritarizm) axloqini inkor etishga va insonparvarlik (humanizm) axloqini barqaror qilishga yo‘naltirilgan. Shunday qilib, biz ikki bob mobaynida baholi qudrat qisqacha axloqning ichki murvatlari to‘g‘risida fikr yuritdik. Endi uning tashqi ma’naviy olamda tutgan o‘rniga, undagi boshqa ijtimoiy-ma’naviy hodisalar bilan o‘zaro aloqalariga to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |