Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars usuli: an’anaviy
I Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa
II O’tgan mavzuni mustahkamlash
V Yangi mavzu bayoni
Kimyoviy moddalar ularni tashkil qilgan elementlarga qarab oddiy va murakkab moddalarga farqlanadi. Bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar, turli xil element atomlaridan iborat moddalar esa murakkab moddalar deb ataladi. Modda miqdorining o‘lchov birligi mol hisoblanadi. Mol deb, moddaning 12C izotopining 6,0210 ta C- atomlari soniga teng zarracha (molekula, atom, ion) saqlagan miqdoriga aytiladi. Moddaning massasi va miqdori har xil tushunchalardir. Massa gramm va kilogrammlarda, modda miqdori esa mollarda hisoblanadi. Masalan, suvning molekulyar massasi 18 u. b. ga teng. Suvning 1 moli 18 grammga teng bo‘ladi.
Shu bilan bir qatorda, kimyoviy hisoblashlarda 1 kilomol (kmol) 1000 molga teng, 1 mmol 0,001 molga teng bo‘ladi.
Moddaning molyar massasi — uning bir molining massasidir. U ham bo‘lsa modda tarkibidagi 6,02-1023 zarrachalarining massasiga teng. Molyar massa, odatda, bir molga to‘g‘ri keladigan grammlar (g/mol) bilan ifodalanadi. Masalan, М(Нз) = 2 g/mol; M(FeS) = 88 g/mol; M(Fe) = 56 g/mol; M(S) = 32 g/mol.
Molyar massa atom va molekulalarning massalari (m.a.b.da) hamda nisbiy atom va molekulyar massalar bilan son jihatdan mos keladi. Masalan, temir bilan oltingugurtning reaksiya tenglamasidan quyidagi ma’lumotlarni olamiz:
Fe + S = FeS 1 mol 1 mol 1 mol 56 g/mol 32 g/mol 88 g/mol
Har qanday reaksiya mahsulotlari boshlang‘ich moddalar qanday atom- lardan tuzilgan bo‘lsa, shunday atomlardan tarkib topgan bo‘ladi. Atomlar kimyoviy reaksiyalar vaqtida saqlanib qoladi, demak, ulardan har birining va binobarin, jami atomlarning massasi ham saqlanib qolishi kerak. Bu holda har qanday reaksiya mahsulotlarining massasi boshlang‘ich mod- dalarning massasiga teng bo‘lishi lozim.
Reaksiyaga kirishayotgan moddalar massasining yig‘indisi reaksiya natijasida hosil bo‘lgan moddalar massalari yig‘indisiga tengdir.
Atom molekulyar ta’limot nuqtayi nazaridan massaning saqlanish qonu- ni shunday tushuntiriladi: kimyoviy reaksiya natijasida atomlar yo‘qol- maydi va yo‘qdan paydo ham bo‘lmaydi, balki ular qayta gruppalanadi.
Atomlar soni reaksiyadan oldin ham, keyin ham o‘zgarmaganligi sababli ularning umumiy massasi ham o‘zgarmaydi.
Har qanday kimyoviy toza birikma, olinish usulidan qat’i nazar, o‘zgar- mas miqdoriy tarkibga ega. Masalan, uglerod (IV) oksid CO2 uglerod bilan kisloroddan tarkib topgan (sifat tarkibi). CO2 da uglerodning miqdori 22,27 %, kislorodniki - 72,73 % (miqdoriy tarkibi).
Atomlarning massasi o‘zgarmas bo‘lganligi sababli moddaning massa tarkibi ham umuman o‘zgarmas bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |