V.Tashkily qism;
a)Salomlashish
b)Yo’qlama
c)Siyosiy daqiqa
VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.
V Yangi mavzu bayoni
Reaksiya tezligi bir nechta omillarga bog‘liq bo‘lib, ulardan birinchisi modda tabiatidir.
Ishqoriy metallar qatoriga kiruvchi kaliy va litiyni suv bilan reaksiyasida vodorod gazini hosil qilish xususiyatiga ega. Lekin ikkala reaksiya bir-biridan tezligi bo‘yicha farq qiladi.
Kaliy suv bilan reaksiyaga kirishganda vodorod juda tez sur’atda ajralib chiqa boshlaydi va hattoki ajralib chiqishi bilan yonib ketadi.
2K + 2H2O = 2KOH + H2 I 2H2 + O2 = 2H2O
Litiyda esa bunday emas, vodorod sekin-asta, mayda pufakchalar hosil qilib ajrala boshlaydi.
2Li + 2H2O = 2LiOH + H2 |
Kaliy va litiyning har xil tezlikda reaksiyaga kirishishi ularning tabiati ya’ni elektron berish xossasi bilan izohlanadi. Kaliy atomini radiusi kattaroq bo‘lgani uchun uni elektronni berishi litiyga nisbatan tezroq amalga oshadi.
Reaksiyani tezligi moddalarning konsentratsiyasiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Buni tajribada sinab ko‘rish uchun 3 ta probirka olamiz. Birinchi probirkaga 3 ml, ikkinchisiga 2 ml va uchinchisiga 1 ml tiosulfat kislota eritmasidan quyamiz. Keyin har bir probirkaga kerakli miqdorda suv qo‘shib har bir probirkadagi eritma hajmini 5 ml ga yetkazamiz. Ya’ni 1 chi probirkaga 2 ml, 2 siga 3 ml, oxirgisiga 4 ml suv qo‘shamiz. Har bir probirkada 5ml dan tiosulfat kislota eritmasi hosil bo‘ldi. Uchala eritma orasida tiosulfat kislotani konsentratsiyasi eng yuqori bo‘lgan eritma bu 1-probirkadagi eritmadir. Chunki aynan shu probirkaga biz 3 ml tiosulfat kislota solganmiz.
Endi uchala probirkaga (3-dan boshlab) oz miqdorda sulfat kislota qo‘shib chiqamiz.
Na2S2Os + H2SO4 ^ Na2SO4 + Sj + SO2T + H2O
Eng avval birinchi probirkada loyqalanish kuzatiladi va cho‘kma hosil bo‘ladi, undan keyin 2 - probirkada shu holatni kuzatamiz va eng oxirida
- probirkada reaksiya amalga oshganini ko‘rishimiz mumkin.
Kimyoviy reaksiya amalga oshishi uchun eng avvalo bu moddalarning molekulalari bir-birlari bilan to‘qnashishlari kerak bo‘ladi. Ma’lum hajm- dagi sistemani (idishni) ichida bor bo‘lgan moddalarning miqdori (molekulalari soni) qanchalik ko‘p bo‘lsa, ular orasidagi masofa kam bo‘ladi va ular bir- birlariga yo‘liqishlari va to‘qnashishlariga ozroq vaqt kerak bo‘ladi. Natijada reaksiya tezroq sodir bo‘ladi. Shu sababli modda konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan joyda reaksiya tezroq boradi.
Reaksiya tenglamasini quyida berilgan reaksiya bo‘yicha ko‘rib chiqamiz. aA + bB = cC + dD
Bu yerda A va B moddalar reaksiyaga kirishayotgan, С va D moddalar hosil bo‘layotgan moddalar bo‘lib, «a», «b», «c», «d» - mos ravishda ushbu moddalarning reaksiyadagi koeffitsiyentlaridir.
A va B moddalardan С va D moddalarni hosil bo‘lish reaksiyasi to‘g‘ri reaksiya, С va D moddalardan A va B moddalarni hosil bo‘lish reaksiyasini esa teskari reaksiya deyiladi.
Reaksiya tezligini reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyaga bog’liqligi quyidagi formula bilan ifodalanadi: u= k • CAa • CBb
Do'stlaringiz bilan baham: |