I Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa
II O’tgan mavzuni mustahkamlash
V Yangi mavzu bayoni
Ma’lum massadagi yoki hajmdagi eritmada erigan moddaning massasini yoki miqdorini ifodalovchi tushunchani eritma konsentratsiyasi deyiladi.
Eritmani tarkibida erigan moddani miqdori ko‘p bo‘1sa, bunday eritmani konsentratsiyasi yuqori bo‘1gan eritma deyiladi. Konsentrlangan eritmalarni zichligi katta, harakatchanligi yoki qovushqoqligi past bo‘1adi. Past konsentratsiyali ya’ni suyultirilgan eritmalarda erigan moddaning miqdori juda kam bo‘1gani uchun, eritmani zichligi, harakatchanligi va qovushqoqligi toza suvnikiga yaqin bo‘1adi. Konsentrlangan eritma yoki konsentratsiyasi past bo‘1gan (suyultirilgan) eritma kabi tushunchalar (iboralar), eritmadagi erigan moddani miqdori haqida aniq ma’lumot bermaydi. Eritmani konsentratsiya- sini aniq ifodalash usullaridan quyidagilari bilan tanishib o‘tamiz.
Foiz konsentratsiya;
Molyar konsentratsiya;
Normal konsentratsiya
Foiz konsentratsiya Foiz konsentratsiya eritma massasini necha foizini erigan modda tashkil qilishini ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda 100 g eritmani tarkibida necha gramm erigan modda borligini ko‘rsatadi. Masalan, 15 % li shakarning eritmasi deganda, 100 g shunday eritmada 15 g shakar va 85 g suv borligini tushunamiz.
Foiz konsentratsiya C% belgisi bilan ifodalanadi.
Foiz konsentratsiyani aniqlash uchun erigan moddaning massasini (m1) eritmaning umumiy(erigan modda va erituvchi massalari yig‘indisi) massasiga (m2) bo‘ linadi. Hosil bo‘ Igan sonni foizda ifodalash uchun 100 % ga ko‘paytiri1adi.
C% - foizkonsentratsiya; m1 -eriganmodda massasi; m2 -eritmamassasi. masala: 30 g KCl 100 g suvda eritilishidan hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang.
Masalaning yechimi: з0 g KCl 100 g suvda eritilganda 130 g (30+100=130) eritma hosil bo‘1adi:Bu ma’lumotlardan foydalanib, eritmaning foiz konsentratsiyasini 1-formula asosida topamiz:
Javob:23 %
Agar masalani shartida eritma foiz konsentratsiyasi (C%) va eritma massasi (m2) berilgan bo‘1sa, bunday eritma tayyorlash uchun kerak bo‘1adigan erigan modda massasini topish uchun eritmani foiz konsentratsiyasi (C%) ni eritma massasi (m2)ga ko‘paytirib 100% ga bo‘lishimiz kerak bo‘ladi.
(2)
Eritmani foiz konsentratsiyasi (C%) va erigan moddani massa (mi) si berilgan bo‘lsa, necha gramm eritma (m2) hosil bo‘lishini ham aniqlash mumkin. Buning uchun erigan modda massasini (mi) 100 % ga ko‘paytirib, foiz konsentratsiyaga bo‘lishimiz kerak bo‘ladi:
(3) masala: 50 g KNO3 ni necha gramm suvda eritilganda 40%li eritma hosil bo‘ladi?
Masalaning yechimi:
100 g 40 % li eritmani tayyorlash uchun, 40 g KNO3 va 60 g erituvchi (ya’ni suv) kerak bo‘lsa, 50 g KNO3 uchun necha gramm suv kerak bo‘li- shini proporsiya orqali topamiz:
40 g KN03 60 g H2O 50 - 60
x = = 75 g H2O
5 x 40 0 g KN03
Javob: 75 g masala: 150 g suvda necha gramm NaNO3 eritilsa 25% li eritma hosil bo‘ladi?
Masalaning yechimi:
25 % li eritma tayyorlash uchun, massa jihatidan 25 g erigan modda va 75 g erituvchi (ya’ni suv) kerak bo‘lishi ma’lum bo‘lsa, 150 g H2O da necha gramm NaNO3ni eritishimiz kerakligini topamiz:Javob: 50 g masala: 30% li KBr eritmasidan 500 g tayyorlash uchun necha gramm tuz va necha gramm suv kerak bo‘ladi?
x2---------------------x1 500g Javob: 150 g; 350 g
Masalalarda erigan moddaning massasi berilmay, uning miqdori berilishi mumkin. Bunday hollarda erigan moddaning miqdorini (n) uning molyar massasiga (M) ko‘paytirib erigan modda massasini (m1) aniqlab olamiz: m1 = n • M va masalani ishlashda davom etamiz. masala: 0,5 mol Na2CO3 97 g suvda eritilishidan hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang.
Masalaning yechimi: Dastlab erigan moddaning massasini topib olamiz: M(Na2CO3) = 106 g/mol
m (Na2CO3) = 0,5 *106 = 53 g 53 g Na2CO3 97 g suvda eritilganda 150 g (53+97=150) eritma hosil bo‘1adi:
Eritilgan tuz massasi va umumiy eritma massasidan foydalanib eritmaning foiz konsentratsiyasini 1-formula bo‘yicha topamiz: