1. Bozor haqida umumiy ma’lumot. Bozorning turli asnolarda tuzilishi


Bozorning turli asnolarda tuzilishi



Download 62,65 Kb.
bet3/15
Sana20.01.2022
Hajmi62,65 Kb.
#393497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Isroilov Jamshid

Bozorning turli asnolarda tuzilishi

Hozirgi davrdagi bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga har xil me’zonlar asos qilib olinadi. Bular bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor subyektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar. Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik (erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlariga bo’linadi. Rivojlanmagan, shakllanmagan bozor ko’proq, tasodifiy tavsifga ega bo’lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash usuli (barter) ko’proq qo’llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to’g’ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo’qotgan, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin



(Iqtisodiyot nazariyasidan chizma)

Erkin(klassik) bozor-tovar va xizmatlarning har biri turi bo’yicha juda ko’p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, ya’ni sotuvchilar va sotib oluvchilardan iborat bo’lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o’rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o’rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo’llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi. Hozirgi zamon rivojlangan bozori – bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo’lib, bozor ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo’ladi, raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o’rtasidagi farqlar kamayadi. Iste’mol tovarlari bozori va resurslar bozori hamda bozor subyektlari o’rtasida resurslar, mahsulot va daromadlar harakati. Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo’lishi mumkin. Bular mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu-York bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O’zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G’arbiy Yevropa bozori) va nihoyat jahon bozori. Bozorning barcha subyektlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste’mol tovarlari va resurslar bozori orqali ancha to’liq va yorqin nomoyon bo’ladi. Shu sababli bozorning ikki turi va uning subyektlari o’rtasida amalga oshiriladigan oldi-sotdi bitimlarining ko’rgazmali tavsifini keltiramiz. Rasmda ko’rib turganingizdek bozorning turli asnolarda bog’liqligi keltirilgan. Bozor iqtisodiyoti va uning umumiy tasnifi. Kishilik jamiyati taraqqiyoti bozor iqtisodiyotini umuminsoniy iqtisodiyot ekanligini ko’rsatdi.

Bozor iqtisodiyoti ko’p asrlardan buyon mavjud bo’lib, taraqqiyotning xozirgi bosqichidagina umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarildi. Bozor iqtisodiyoti o’z rivojlanishida quyidagi bosqichlarni bosib o’tdi. Dastlabki, “kurtak”, erkin, tartibga solinuvchi, deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti.

1) Dastlabki, “kurtak” bozor iqtisodiyoti. Bu bosqichda bozor iqtisodiyoti endigina shakllana boshlaydi. Bozor munosabatlari, aloqalari tasodifiy yuz berib, bir tovarni ikkinchi tovarga ayirboshlash tarzida yuz beradi. Lekin shu paytdanoq bozor katta ro’l o’ynay boshlagan. Jamiyat a’zolarining tabaqalanishiga, u yoki bu tovarni ishlab chiqarishni rivojlantirishga axamiyat berish boshlangan.

2) Erkin, stixiyali rivojlanuvchi bozor iqtisodiyoti. U tarmoq, bir- biridan ajralgan, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar maqsadi va xarakati bir-biri bilan oldindan mutlaqo kelishilmagan faoliyatdan iborat. Albatta, erkin-stixiyali bozor iqtisodiyotining xam dastlabki bosqichi bilan keyingi klassik bosqichi o’rtasida farq bor. Lekin, umuman olganda, klassik bozor iqtisodiyoti qator xususiyatlari bilan ajralib turadi:

1. Bozor munosabatlari qatnashchilarining miqdori cheklanmagan, ular o’rtasida erkin raqobat kurashi mavjud.

2. Jamiyatning barcha a’zolari xoxlagan xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin.

3. Ishlab chiqarish omillarining yuqori darajada safarbarlik imkoniyati mavjudligi kapitalning ko’chib yurishiga to’sqinliklar yo’q.

4. Bozordagi o’zgarishlar to’g’risidagi axborotlarni olish imkoniyatining kattaligi.

5. Bir turdagi tovarlarning absalyut darajada o’xshashligi (savdo markasi yo’q).

6. Monopoliyalar yo’q, bozorga, uning faoliyatiga davlat aralashmaydi.

7.Noma’lum bozor uchun ko’r-ko’rona ravishda tovar ishlab chiqarish, ularning sotilish-sotilmasligi noma’lumligi.

8. U o’z navbatida iqtisodiyotni qiyinchiliklarga, iqtisodiy tanglik va buxronlar, iqtisodiy talafotlar orqali rivojlanishiga olib keladi.

9. Yakka, individual xususiy mulkning xukmron bo’lishi, mulkning ozchilik qo’lida to’lanishi, natijasida:

a) Odamlarni o’ta boy va o’ta kambag’al tabaqalarga ajralishiga olib keladi;

b) G’irrom raqobat olib borish uchun muxit yaratadi.

Erkin, stixiyali rivojlanuvchi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarilgan tovarlar miqdori, sifati jihatidan talabga mos kelishi yoki kelmasligi, ularga sarflangan xarajatlar bergilangan narx bilan qoplanib, foyda ko’riladimi yoki yo’qmi bozorda aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan ishlab chiqaruvchilar xaridor talabiga moslashish yo’llarini qidiradilar. Lekin, umuman olganda, erkin bozor bu abstraksiya. Xaqiqatda to’liq erkinlik yo’q, bo’lishi mumkin xam emas. Faqat iqtisodiyot yutuqlarini anglash, mavjud yuridik qonunlarni bilish asosidagina o’z faoliyatini eng ko’p foyda oladigan tarzda yo’lga qo’yish mumkin. To’liq iqtisodiy erkinlikning bo’lishi mumkin emas, lekin iqtisodiyot rivojlanishini ta’minlaydigan darajada yetarli erkinlik mavjud.

3) Kishilik jamiyati uzoq tarixiy taraqqiyot natijasida erishgan iqtisodiyot – bu sivilizatsiyalashgan iqtisodiyotdir. Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotida davlat kutilmaganda yuz beradigan tangliklarni yumshatish uchun chora-tadbirlar belgilash orqali ta’sir ko’rsatadi. Albatta, bu chora-tadbirlar xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyat erkinligini, ijodiy mehnat va tashabbuskorlikni cheklashga olib kelmasligi kerak. Sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyotining ham o’ziga xos belgilari bor:

1. Xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari xam mavjud bo’ladi.

2. Ishlab chiqarish bozor talabini xisobga olgan xolda olib boriladi. Marketing muhim ro’l o’ynaydi. Noma’lumlik kamayadi.

3. Xalol raqobat asosiy o’ringa chiqadi, uning madaniy usullari qo’llaniladi.

4. Iqtisodiyot subyektlari o’rtasida uzoq davrga mo’ljallangan doimiy a’loqalar, o’zaro manfaatli sherikchilik munosabatlari qaror topadi.

5. Davlat iqtisodiy xayotga aralashib, iqtisodiyotni tartiblashda qatnashishi tufayli chuqur iqtisodiy tangliklar yuz bermaydi. Agarda ular yuz bersa xam undan tezda chiqib ketish chora-tadbirlari belgilanadi.

6. Iqtisodiyot yuksak darajaga erishganda jamiyat boy bo’ladi, shuning uchun tadbirkorlar faqat boy bo’lish uchun emas, balki obro’- e’tibor qozonish, xurmatga sazovar bo’lish uchun xam xarakat qiladilar.

7. Iqtisodiyot ijtimoiy yo’naltirilgan, kambag’allarga yordam berish, ommaviy farovonlikni ta’minlashga qaratilgan bo’ladi.

8. Odamlarning iqtisodiy tabaqalanishi cheklanadi. Jamiyatda o’ziga to’q o’rta xol axoli asosiy qatlamni tashkil qiladi.

Sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti sharoitida tartibga solish faqat bozorning salbiy oqibatlarini cheklashga qaratiladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin, bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor, avvalo, o’zini-o’zi tartibga soladi, undan tashqari, davlat xam iqtisodiyotni tartibga solishga ta’sir ko’rsatadi. Bozorni boshqarishda iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy va nihoyat, ijtimoiy-psiholik usullar qo’llaniladi. Faqat, iqtisodchi V.Leontev ko’rsatganidek, eng muximi bozorni o’zini-o’zi boshqarish bilan davlat tomonidan tartibga solishning optimal darajasini topishdir. Xozirgacha bu talabga ideal darajada javob beradigan davlat yo’q. Bozor iqtosodiyotini tartibga solishda davlatning xaddan tashqari aralashuvi bozor iqtisodiyotining deformatsiyalashuviga olib keladi.

4) Deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar, markaziy rejalashtiriladigan tizim deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyotiga eng yorqin misol bo’la oladi. U o’zining quyidagi jihatlari:

1. Turli mulk shakllariga asoslangan bozor subyektlarining yo’qligi.

2. Resurslarni taqsimlash xaddan tashqari markazlashtirilib, tijorat faoliyatida mustaqillikning yo’qligi.

3. Ishlab chiqarishda monopoliyalarning xukmronligi.

4. Talab va taklif muvozanatining buzilishi, uning borgan sari kuchayib borishi.

5. Milliy ishchi kuchi bozorining yo’qligi.

6. Tovar-pul munosabatlarining deformatsiyalashuvi, nobozor munosabatlarining ustunligi.

7. Samarali xo’jalik faoliyati yurutishga intilishning yo’qligi, barcha subyektlar iqtisodiy manfaatlarining deformatsiyalashuvi va boshqalar bilan xarakterlanadi. Natijada:

a) Tovar taqchilligi kuchayadi;

b) Iste’molchilarning tanlab olish imkoniyati tobora cheklanib boradi.

c) “pinxoniy iqtisodiyot”, chayqov bozori tobora gullab-yashnab boradi.

Bozor iqtisodiyoti deformatsiyalashuvini tugatish orqaligina, bozorning rivojlanishi uchun normal sharoit yaratilgan taqdirdagina uning salbiy oqibatlarini tugatish mumkin. Bozor iqtisodiyotining ibtidoiy hamda madaniylashgan bosqichlari o’rtasida katta farq mavjud. Bozor iqtisodiyoti yetuklik bosqichiga ko’ra o’zining sifat belgilari bilan farq qiladi. Bozor iqtisodiyotining moxiyati uning asosiy belgilarida namoyon bo’ladi. Ular quyidagilar:

1. Bozor iqtisodiyoti mulkchilikning turli-tumanligiga asoslanadi. Xar qanday jamiyatning iqtisodiy asosi, iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Mulk egasi bo’lish yoki bo’lmaslikka qarab, jamiyatda xar bir kishining mavqei, ya’ni sotsial maqomi yuzaga keladi. Barcha mulk shakllari tengligini ta’minlash asosida mulk monopoliyasi (yakka hokimligi)ga yo’l qo’yilmaydi. Mulk shakllari cheklanmagan xolda rivojlanadi. Mulk shakllariga xos tarzda xo’jalik yuritish usullari xam turli-tuman bo’lib, bu o’z navbatida birinchidan, xar bir insonning tabiat in’om etgan aql-zakovati, farosati va boshqa xislatlariga ko’ra faoliyat turini erkin tanlash imkonini beradi. Mulkchilik turli shakllarning mavjudligi va ularning tengligi iqtisodiy plyuralizmning asosidir. Ikkinchidan, mulkchilikning turli-tumanligi jamiyatda raqobat kurashi bo’lishi uchun zarur muhit yaratadi.

2. Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot. Iqtisodiy faoliyat erkinligining asosi ishlab chiqarish omillari va yaratilgan tovarlarning mulk obyekti, mulk egalarining esa mustaqil bo’lishidir. Xar bir kishi mavjud qonunlarni buzmay xoxlagan iqtisodiy faoliyati bilan shug’ullanishi mumkin. Buning uchun asos mulkchilikning turli-tumanligi va teng xuquqligi qonuniy ravishda ta’minlangan.

3. Bozor iqtisodiyoti yakka xokimlik (monopolizm)ni inkor etuvchi iqtisod. Iqtisodiy monopolizm – korporatsiya, firma, tashkilot yoki davlatning iqtisodiyotda yoki biror soxada tanxo xukmronlik qilinishidir. Monopolizmning asosi iqtisodiyotda muayyan mulk shaklining tanxo xukmronligidir. Monopoliya o’z tabiatiga ko’ra turg’unlikni paydo qiladi, tashabbusni chegaralaydi va xokazo. Shuning uchun xam bozor iqtisodiyoti monopolizm bilan chiqisha olmaydi. U antimonopol yo’nalishga ega. 4. Bozor iqtisodiyotida raqobat asosiy o’rin tutadi. Raqobat bozor iqtisodiyotini xarakatga keltiruvchi, tartibga soluvchi, nazorat qiluvchi kuch xisoblanadi. Raqobat kurashi mehnat unumini oshirishga, ish sifatini yaxshilashga, yangi texnika, texnologiyani joriy qilishga, iqtisodiy resurslarni kam sarflagan xolda ularni samarali ishlatishga undaydi.


Download 62,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish