1. bob. Madaniy tadbirlarning ahamiyati va ularda protehnik vositalar bilan ishlash Madaniy tadbirlar va ularning ahamiyati


kirtiladi.Tadbirlarda juda chiroyli rang tarqatib tez o‘chish xususiyatiga egadir



Download 250,5 Kb.
bet4/10
Sana26.06.2022
Hajmi250,5 Kb.
#705466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hilola kurs ishi

kirtiladi.Tadbirlarda juda chiroyli rang tarqatib tez o‘chish xususiyatiga egadir





2.BOB. Ommaviy madaniy tadbirlar va madaniyat markazlarida mustaqillik yillaridan keyingi o`zgarishlar


2.1. Madaniyat markazlari va ularda uyushtiriladigan madaniy tadbirlar

XXI- asrning fan - texnika taraqqiyoti rivojlangan, ishlab chiqarishda yangi texnologiyalardan foydalanish ommaviy bir tusga kirgan sharoitda inson ma’naviy - madaniy ehtiyojini qondiruvchi madaniyat va san’atda ham yangi texnologiyalardan foydalanish bugungi kun uchun nihoyatda zarur ish hisoblanadi.


Ayniqsa, san’atning istalgan bir tur yoki janrini davr ruhiga moslashtirishda “fan-texnika yutuqlaridan foydalanmaslik, yangi texnologiyalarni bu soha amaliyotiga tatbiq etmaslik, umuman, kechirilmas xato bo‘lar edi.
Shunday ekan bu dolzarb vazifalar prezidentimiz va hukumatimizning doimiy e’tiborida bo‘lib, boshqa farmon va qarorlarda ham o‘z aksini topmoqda.
Ma’naviyatni rivojlantirish sohasidagi mustaqillik siyosati ma’naviy hayot, madaniy taraqqiyotning umumiy qonunlarini ilmiy jihatdan yangicha ishlab chiqishni, ma’naviy - ma’rifiy omilning demokratik, insonparvarlik tamoyillari va bozor iqtisodiyoti asosida qurilayotgan yangi jamiyatda tutadigan o‘rnini belgilab olishni kun tartibiga qo‘yadi.
Hozirgi kunda madaniy xordiqiy tadbirlarda texnik vositalarni ishlatish ishlariga, umuman zamonaviy texnik vositalariga e’tibor katta bo‘lishi bilan bir qatorda ularning yangi kashf etilgan turlariga ehtiyoj katta bo‘lmoqda.
San’atning inson ongi va qalbidan joy olishida, singishida madaniy hayotga kirib kelayotgan yangi zamonaviy texnik vositalari alohida ahamiyatga ega. Yuqorida ta’kidlangandek, birorta san’at sohasi yo‘qki, uning bugungi kundagi holati, faoliyati va yutug‘i fan - texnika vositalarisiz bo‘lishini ta’savvur qilish qiyin.
Badiiy-ommaviy tadbirlarning xususiyati shundan iboratki, ularda juda keng ko`lamda ta`sirchan vositalar sintezlashtiriladi. Tadbirlar real hayotning o`zini tashkil qilishi bilan birga, undagi muhim voqealarni o`z mazmuniga singdiradi. Ularning mohiyatini ochish va ahamiyatini yoritish uchun ta`sirchan vositalarga murojaat qiladi. Tadbirda mazmun ma`lum bir kompozitsion tuzilish holatiga keltirilishi uchun undagi barcha bayon qilish va ta`sirchan vositalar ham bir-birlari bilan birlashtiriladi, uyg`unlashtiriladi. Aks holda, tadbirning mazmuni puch, shakli esa samarasiz bo`lib qolishi mumkin. Ma`lumki, tadbirlar agitatsiya va propaganda hamda axborot xarakteriga egadir. Tadbirlarda agitatsiya, propaganda va axborot materiallari «quruq» va zerikarli bo`lib qolmasligi, ya`ni yuqoridagi xarakterli xususiyatning yo`qolmasligi uchun ularni mantiq talab qilgan ta`sirchan vositalar bilan badiiy boyitish lozim. Notiqning og`zaki nutqini yoki tadbirdagi hujjatli informatsion materiallarni badiiy vositalar bilan birlashtirish - bu tadbirning ta`sirchanligini va samaradorligini oshirib borish demakdir. Xuddi shunday yo`l bilan vositalarning sintezlashishi natijasida ta`sirchanligi kuchli bo`lgan badiiy agitatsiya va propaganda vujudga keladi.
Tadbirlardagi agitpropagandistik informatsiyalarni san`at vositalari bilan bog`lash darajasi ikki xil yo`l yoki metod bilan belgilanadi: 1. Oddiy (birin-ketin) ulanish — illyustratsiyalash; 2. Murakkab sintezlashgan bog`lanish - teatrlashtirish.
Badiiy-ommaviy tadbirlarning beshinchi navbatdagi muhim xususiyati — bu ommani tadbir qatnashchisiga aylantirishdir.
Madaniy-oqartuv muassasalarida uyushtiriladigan tadbirlarni ommaviy deb atashning boyisi shundan iboratki, u omma uchun uyushtiriladi va ommaning ishtirokida o`tadi. Agar teatr, kino hamda televizorda asar qatnashchilari va tomoshabinlar o`rtasida ko`rinmas «devor» mavjud bo`lib, omma faqat tomoshabin rolini bajaradigan bo`lsa, badiiy-ommaviy tadbirlarda esa ommaning aktiv ishtiroki ko`zda tutiladi. Muayyan tadbir mahalliy aholi hayotining ma`lum daqiqasi bo`lganligi uchun unda omma ma`lum voqeaga o`z fikr va munosabatini bildiruvchi kishilar sifatida qatnashadi.
Albatta, tadbirda hammani birday aktiv qatnashtirish qiyin. Uning asosiy qatnashchilari — oldindan belgilab qo`yilgan badiiy havaskorlik kollektivlarining a`zolari hamda so`zga chiqadigan kishilardir.
Lekin tadbir tashkilotchisi bu asosiy qatnashchilar bilan kifoyalanib qolmasdan, balki ommani ham aktivlashtirish, tadbir ishtirokchisiga aylantirish yo`llaridan foydalanmog`i lozim. Buning uchun tadbir ishtirokchilari o`rtasida ommaviy o`yinlar, qo`shiqlar, viktorinalar, savol-javoblar kabi maxsus tadbirlar uyushtirish maqsadga muvofiqdir.
Ayniqsa, san’atning istalgan turi yoki janrini davr ruhiga moslashtirishda fan- texnika yutuqlaridan foydalanmaslik, yangi texnologiyalarni bu soha amaliyotiga tadbiq etmaslik, umuman, kechirilmas xato bo‘lar edi.
O‘zbekistonning madaniy hayotida faoliyat ko‘rsatayotgan davlat va nodavlat yo‘nalishdagi san’at muassasalari, namoyish qilinadigan madaniy -ma’rifiy tadbirlar, tomosha va konsertlar xoh yopiq bino, xoh ochiq maydon sahnasida bo‘lmasin, o‘zlarining mahoratlarini, san’atini texnik vositalarisiz namoish etishlari va ko‘rsatishlarida qiynchilikga duch kelishlari barchaga ayon.
Binobarin, siz bilan bizga ma’lumki, har bir muassasalarning, tashkilotlarning, korxonalarning, madaniy ma’rifiy muassasalar, dam olish joylar, istirohat bog‘lar, teatrlar, kontsert zallari, hozirgi kunda ko‘p bor tilga oliniyotgan hammamiz uchun aziz bo‘lgan zamonoviy to‘yxonalar, hamda shuningdek o‘quv maskanlarida o‘tkazilib keliniyotgan kungil ochar xordiqiy tadbirlarni mazmunli va kungildagidek o‘tkazish uchun kerakli ma’lumotlarni to‘liq olish uchun mutaxassislar kerakligi, bu ishlarni o‘rgatish uchun o‘zbek tilida maxsus adabiyotlar nashr etilmagani sababli yuqorida ko‘rsatilgan barcha joylarda va o‘quv yurtlarida zamonoviy texnik vositalardan foydalanish ishlari to‘laligicha amalga oshirilmayapti bu ishlarni amalga oshirish uchun esa yuqorida aytib o‘tiliyotgan yaxshi mutaxassislar tomonidan yozilgan adabiyotlar va turli xil qo‘llanmalar kerakligi haqiqatga aylanmoqda.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan madaniy - ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish bilan bir qatorida Madaniy tadbirlarda zamonaviy texnik vositalaridan foydalanish imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish kerak bu esa insonlarda ko‘rish, eshitish, zavq qilish, madaniy dam olish, madaniy xordiqiy tadbirlarda bevosita ishtirok etish bilan bir qatorda, aqlni charxlaydi, texnik moslamalarning tuzilishi ishlash imkonini o‘rgatadi, estetik didni shakllantiradi, san’at asarlarini tushunish va qadriga yetishni o‘rgatadi, mehnatga hurmat bilan qarash bilan birga unga bo‘lgan muhabbatni tarbiyalaydi, mehnat qilish ko‘nikmalarini egallashda yordam beradi.
Madaniy-ma’rifiy faoliyati muassasalari yoshlarning sevimli maskani sifatida ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy-siyosiy, badiiy xavaskorlik ishlarni va bо‘sh vaqtini mazmunli uyushtirishda muhim rol o’ynamoqda.
Ma’lumki, klub muassasalari о‘z faoliyatlarini yoshlarning bо‘sh vaqtida olib boradi. U yoshlarni asosiy ishi, о‘qishdan tashqari har xil mazmun va shakldagi «ikkinchi» faoliyat bilan shug‘ullanishlariga imkoniyat yaratadi. Bu kungilli faoliyat yoshlarning hordiq chiqarishga, bilimni, dunyoqarashini о‘stirishga, ijodkorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “2017 yilning 28 oktabr kuni poytaxtimizning Yashnobod tumanida qurib bitkazilgan «Ashxobod saylgohi»ni borib ko‘rgan, saylgoh atrofi, unga tutash hududlarni yanada obodonlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar bergan edi. Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan bu yerda zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘i majmuasining ikkinchi bosqich qurilish ishlari boshlab yuborildi. Umumiy yer maydoni 12 gektarni o‘z ichiga olgan saylgohda 1 ta 1180 metr kvadratni tashkil etuvchi usti yopiq inshoot (indoor) ichida 26 ta, 31 ta ochiq tipdagi o‘yin attraksionlari, nuroniylar maskani, muzqaymoq va salqin ichimliklar hamda sovg‘alar shoxobchalari qurildi”7. Prezident Shavkat Mirziyoyev olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida “Ashxobod saylgohi”ni ziyorat qildilar. Saylgohga kiraverishda turkman millatining mardlik va jasorat timsoli bo‘lgan axalteke otlari aks etgan yaxlit kompozitsiya barpo etilgan. Bu yerdagi jihozlar turkman milliy me’morchilik an’analarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, qarag‘ay, qrim qarag‘ayi, xind sireni, eman, kashtan, magnoliya, arizona kiparisi, salviya, moviy archalar ekilgan. Tashrif buyuruvchilarning ko‘ngilli xordiq chiqarashi uchun o‘rindiqlar, veloyo‘laklar, favvoralar o‘rnatilgan. Amfiteatr va kafe tashrif buyuruvchilarga muntazir. Qurilish ishlariga 24 dan ortiq texnika, mashina va mexanizmlar hamda 500 nafarga yaqin malakali muhandis va ishchi xodim jalb qilindi. “Ashxobod sayilgohi” zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘i majmuasida 180 ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bog‘ yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.




Download 250,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish