31-bilet
1. Abu Muslim qo‘zg‘oloni.
747-yilda Abu Muslim aholini umaviylarga qarshi kurashga da’vat etadi. Tez orada Abu Muslim Xurosonning poytaxti Marv shahrini egallaydi. Qo‘zg‘olon Movarounnahr va Xurosonni qamrab oladi. Xalifa Marvon o‘z ixtiyoridagi barcha harbiy kuchlarni qo‘zg‘olonchilarga qar shi safarbar qilsa-da, ammo umaviylar hokimiyatini saqlab qola olmaydi. 749-yilda Abu Muslim boshliq qo‘zg‘olonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yo‘l oladilar. Xalifalikning poytaxti Damashq shahri qo‘lga kiritilib, xalifa Marvon II taxtdan ag‘ dariladi. Uning o‘rniga abbosiylar xonadonidan bo‘lgan Abul Abbos Saffoh (750–754) xalifalik taxtiga ko‘tariladi.
2. Galikarnas maqbarasi haqida ma’lumot bering.
Kichik Osiyoda Kariy viloyati bo‘lgan. Uning markazi nihoyatda boy va go‘zal Galikarnas shahri edi. Galikarnas maqbarasi mil. avv. 353-yilda vafot etgan hukmdor Mavsol xotirasi sharafiga bunyod etilgan. Bu maqbara ibodatxona vazifasini ham bajargan.Maqbaraning kengligi 66 metr, uzunligi 77 metr, balandligi esa 46 metr bo‘lgan.
3. Muhammad Rizo Ogahiy hayoti va faoliyati.
Ogahiyning asl ismi Muhammad Rizo Ernazar-biy o‘g‘li bo‘lib, 1809-1874-yillarda yashagan. 16 ta tarixiy, ma’rifiy, tarjima asarlar muallifi. U arab, fors, turk tillarini puxta bilgan va Xorazmning 1812-1872-yillardagi tarixiga bagMshlangan asar yozgan. Xiva xonligi tarixiga oid «Riyoz ud-davla», «Zubdat ut-tavorix», «Gulshani davlat», «Shohidi iqbol» nomli asarlar yozgan. Ogahiyning xalqparvarligi va xalq holiga befarq emasligi uning «Qish» g‘azalida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Ogahiy she’riyati, tarixnavislik va tarjimonlik faoliyati O‘rta Osiyo hududidagina emas, balki XIX asr Sharq dunyosi madaniy hayotida chuqur iz qoldirdi. Munisning «Firdavs ul-iqbol» («Baxtlar bogM») asarini va «Ravzat us-safo» tarjimasini shogirdi va jiyani Ogahiy nihoyasiga yetkazdi.
32-bilet
1. 2017–2021-yillarda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi.
2016-yilda saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama, jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Strategiya dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan.Harakatlar strategiyasi 5 bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda, alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Prezident rahbarlik qiladigan 14 kishilik Milliy komissiya tuzilib, u mazkur hujjatda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini nazorat qiladigan bo‘ldi. Harakatlar strategiyasida mamlakatni yanada rivojlantirish bo‘yicha 5 ta ustuvor yo‘nalish keltirilgan:
I. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish (moviy havorang – osmon va toza suv ramzi, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi).
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish (siyohrang – qonun ustuvorligi va or-nomuslilik ramzi).
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish (tillarang – iqtisodiyotni rivojlantirish elementlari hisoblangan kuch-qudrat va boylik ramzi).
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish (qizil rang – hayot va aholining munosib turmush tarzini ta’minlash ramzi).
V. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat (oq rang – tinchliksevarlik siyosati elementlari hisoblangan tinchlik va sofl ik ramzi).
Do'stlaringiz bilan baham: |