1-bilet Amir Temurning davlat boshqaruvidagi islohotlari


Ahmad Donish hayoti va faoliyati



Download 456 Kb.
bet46/65
Sana15.04.2022
Hajmi456 Kb.
#553180
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65
Bog'liq
11-sinf tarix

3. Ahmad Donish hayoti va faoliyati.
Yozuvchi, faylasuf, musavvir, ma’rifatparvar Ahmad Donish (1827-1897) Buxoro amiri Nasrulloning elchilari bilan 1857-yilda Moskva,Peterburg va boshqa Rossiya shaharlari bo‘ylab sayohat qilgan. U «Buxorodan Peterburgga sayohat», «Buxoroi sharif mang‘it amirlari muxtasar tarixi», «Navodir ul- vaqoe’» («Nodir voqealar») asarlarining muallifidir.Ahmad Donish 1865-yilda amir Muzaffar taklifi bilan «Manozir ul-kavokib» («Sayyoralarning joylanishlari») nomli astronomiyaga oid kitob yozgan. U faqat Buxoro amirligi emas, balki O‘rta Osiyoning boshqa xonliklarida ham eng ko‘zga ko‘ringan madaniyat arbobi sifatida ta-nilgan edi U 20 yil mobaynida Buxoro saroy kutubxonasida xattot va rassom bo‘lib ishlagan. U astronomiya, tibbiyot, riyozat, me’morchilik va musiqadan tashqari xattotlikni, rassomlik hamda rang berish san’atini ham o‘rgangan edi. Alimad Donish ko‘cliirgan, bezagan yoki rasm ishlagan qo‘lyozmalar ichida „Shohi darvesh“, „Ajoyib at-tabaqot“ va boshqa asarlar buning dalilidir.


28-bilet


1. O‘zbekiston SSRning tuzilishi.
1925-yil 13-fevralda Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Butuno‘zbek (O‘zbekiston SSR) Sovetlarining I ta’sis qurultoyi ochildi. Qurultoy faoliyatida Moskvadan maxsus kelgan Butunittifoq (SSSR) Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi Mixail Kalinin qatnashdi va nutq so‘zladi. Qurultoy qatnashchilari tomonidan 17-fevralda “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish to‘g‘risida Deklaratsiya” qabul qilindi. Deklaratsiyada yangi tashkil topgan O‘zbekiston SSR tarkibiga Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo, Zarafshon (Buxoro), Surxon daryo, Xorazm viloyatlari va Tojikiston ASSR kirganligi alohida ta’kidlandi. Qurultoyda respublikaning oliy organlari: O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (O‘zSSR MIK) va O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti (O‘zSSR XKS) tuzilgan. Taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo‘jayev O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi, “Qo‘shchi” uyushmasi faoli Yo‘ldosh Oxunboboyev O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi lavozimlariga saylanishdi. Bu paytda O‘zbekiston SSR hududi 312 394 km2, aholisi 3 963 285 kishi bo‘lgan (unga Tojikiston ASSR va Qoraqalpog‘iston avtonom viloyatining hududi va aholisi kirmaydi). 1924-yil oxirida O‘rta Osiyo respublikalarida hammasi bo‘lib 8 131 062 kishi yashagan bo‘lib, ularning qariyb yarmisi O‘zbekistonda istiqomat qilgan. O‘zbekiston SSR tashkil topgan paytda qisqa muddat (1925-yil fevral – aprel) davomida Buxoro shahri poytaxt bo‘ldi. So‘ngra 1925-yil apreldan 1930-yil sentyabrgacha Samarqand shahri O‘zbekiston SSR poytaxti sanalgan. Bu paytda Toshkentda Markazning yangi tuzilgan O‘rta Osiyo respublikalarini nazorat qilish ga mo‘ljallangan turli tashkilotlari (VKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi, O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi, Turkiston fronti, O‘rta Osiyo harbiy okrugi va b.) joylashtirilgan edi. Samarqand respublikaning markazida joylashgan bo‘lib, bu holat yangi tashkil qilingan O‘zbekiston SSR hududining barcha qismlarini amalda bir butun qilib birlashtirishga hamda sovet tashkilotlari ishini jonlantirishga yordam berdi. Mahalliy hokimiyat organlari mustahkamlanib, ularning markaziy hukumat muassasalari bilan aloqalari kuchaygandan so‘ng O‘zbekiston poytaxti 1930-yil 20-sentyabrda respublikaning eng muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi bo‘lgan Toshkent shahriga ko‘chirildi. O‘zbekiston SSR hukumatining raisi Fayzulla Xo‘jayev bir kechada poytaxtni Samarqanddan Toshkentga ko‘chirib keltirgan edi. O‘zbekiston SSRda 1925-yil 29-yanvarda ilk bor ma’muriy-hududiy bo‘linish o‘tkazildi. Dastlabki 7 viloyat (Zarafshon, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm), alohida Konimex tumani tashkil topdi. Bu paytda O‘zSSR tarkibida 23 ta uyezd va 241 ta volost bo‘lgan. 926-yil 29-sentyabrda O‘zbekiston SSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi V sessiyasining rayonlashtirish to‘g‘risida qarori qabul qilindi. Unga muvofiq O‘zbekiston SSRda mavjud bo‘lgan 7 ta viloyat, 23 ta uyezd, 241 ta volost va 1163 ta qishloq jamoasi o‘rniga yangi ma’muriy bo‘linish o‘tkazilib, 10 ta okrug (Xorazm, Buxoro, O‘rta Zarafshon, Samarqand, Toshkent, Xo‘jand, Qo‘qon, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo), alohida qozoq-qoraqalpoq Konimex tumani, 87 ta tuman va 1720 ta qishloq sho‘rosi tuzildi. O‘zbekiston SSR Butunittifoq Sovetlarining III syezdida 1925-yil 13-may kuni SSSR tarkibiga qabul qilindi. SSSR 1922-yil 30-dekabrda 4 ta ittifoqdosh sovet respublikasi (RSFSR, Ukraina, Belorusiya, ZSFSR – Kavkazorti) asosida tashkil topgan edi. 1927-yil 30-martda O‘zSSR Sovetlarining II syezdida O‘zbekiston SSRning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

Download 456 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish