1 author: Murodjon Isagaliev Fergana State University, Uzbekistan, Fergana 23



Download 248,8 Kb.
bet28/51
Sana02.01.2022
Hajmi248,8 Kb.
#306847
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51
Bog'liq
2019 (1)

TUPROQ ZICHLIGI VA BONITIROVKA


Tuproq zichligi uning eng muhim agrofizik xususiyatlaridan biri hisoblanadi. SHu bois dehqonchilikda butun vegetatsiya davrida va undan oldin asosiy agrotexnik chora tadbirlar tuproqni optimal zichlikda saqlab turishga qaratilgan bo‘ladi. Tuproq zichligi kezi kelganda hosil taqdirini belgilaydi.

Sug‘oriladigan maydonlarda har bir sug‘orishdan so‘ng tuproq yumshatiladi, bu tadbir bizning mintaqada eng zaruriy hisoblanadi, aks holda o‘simlik ko‘p tomonlama zararlanadi, ya’ni tuproqni ustki qatlamlari tezda qurib qoladi, demak ko‘rishga muvofiq fizik-kimyoviy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Yumshatilganda suv va havo harakati me’yoriylashadi.

Paxtachilikda har bir gektar sug‘oriladigan yer o‘simlik vegetatsiyasi davri davomida 3-5 va undan ham ko‘p ishlanadi. Bu ishlovlarga agar haydov, tekislash, boronalash, mashinalar yordamida hosilni yig‘ish, defolyatsiya qilish, zahar ximikatlar solishni qo‘shsak bir mavsum davomida har xil agregatlar osilgan traktorlar har bir gektar maydonga 8-10 martalab kiradi. Sabzavotchilikda bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.

A.Qashqarov, A.Jo‘rayev ma’lumotlariga ko‘ra nam daladan traktor bir marotaba o‘tganda tuproq zichligi keskin oshadi.

Tipik bo‘z tuproqlarda bunday vaziyatda zichlik 1,34 g/sm3 dan 1,52-1,60 g/sm3 ga oshadi. Bundan tashqari sug‘orish suvlari ham sug‘orish jarayonida tuproqni zichlashtiradi.

Sho‘r yuvish jarayonlarida ham tuproq zichligi keskin oshadi.

Vegetatsiya davrida, sho‘r yuvish vaqtida tuproqdagi turli jonivorlar yo‘llari bekiladi, tuproq agregatlari buziladi, natijada zichlashadi. Qolaversa tuproq cho‘kish va bo‘kish, ya’ni ko‘pchish xususiyatlariga ega. Odatdagi sharoitlarda asosan haydov osti qatlami kuchli darajada zichlashadi. Bunga sabab, hozirgi kunlarda ishlov berish va ko‘zgi shudgor vaqtlarida 30 sm gacha qalinlik qamrab olinadi.

Har yili bir xil chuqurlikda yerlarni shudgorlash, "omoch poshnasi" ni vujudga keltiradi.

Og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarda bu hodisa yaqqol seziladi. Hajm massa bu og‘ir tuproqlarning haydov osti qatlamida 1,62 g/sm3 ni tashkil qiladi, ya’ni kattalashadi.

Bunday zichlikka ega bo‘lgan omoch poshnasi ko‘pincha suv va havo, hatto ildizchalar uchun ham o‘tkazmas qatlam bo‘lib qoladi. Buning natijasida bu qatlam ustida sug‘orma suvlar to‘planadi, qaytaruvchi jarayon hosil bo‘ladi.

Bu jarayonlar salbiy oqibatlarga olib kelmay qo‘ymaydi. Bu ta’sir eng avvalo o‘simliklarda va uning hosili hajmida nomoyon bo‘ladi.

N.A.Kachinskiy ma’lumotlariga ko‘ra o‘simliklarning ildiz tukchalari 0,01 mm dan kichik diametrli g‘ovaklarga kira olmaydi. Mikroorganizmlar esa 0,03 mm dan kichik g‘ovaklarga kira olmas ekan.

O‘simlik ildizini tarqalish maydoni kamaysa o‘z-o‘zidan oziqlanish maydoni kamayadi, demak o‘sish va rivojlanishi susayadi, hosil kamayadi. Shu bois sug‘oriladigan dehqonchilik rivojlanadigan mintaqalarda tuproqning optimal zichligini bilish va bu miqdorni saqlab turish, yaratish katta amaliy ahamiyat kasb etadi.

Tuproqni nisbatan chuqurroq qatlamlarigacha yumshatish va u joylarda optimal zichlikni yaratish yuqori hosil garovi. Nisbatan chuqur 45-60 sm ga haydash, 60-100 sm gacha yumshatish tuproqni suv-havo tartibotini yaxshilaydi. Biologik faolligi va oziqa elementlarini harakatchanligini oshiradi.

Albatta tuproqning zichligi, zichlanishi undagi gumus miqdori bilan bog‘liq bo‘ladi.

Gumus, fosfor va kaliyni yalpi shaklidagi miqdorlarini tuproqdagi zahirasini quyidagi formula orqali hisoblab topish mumkin:

G = H·1000·V·A


G - gumus zahirasi, t/ga;

H - genetik qatlam qalinligi, m;

V - tuproqning hajm massasi, g/sm3; A - gumus miqdori, %.

Hisoblash ishlarini quyidagi tarzda olib borish tavsiya etiladi.




Download 248,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish