8.4-rasm. Tok urishidan himoya qilish uchun vosita va asboblar.
Nazorat savollari.
1. Ixotalovchi- kishini tok o‘tayotgan qismlardan to‘sadi, ixotalaydi. Masalan: dielektrik qo‘lqoplar, kalishlar, botilar, rezina gilamlar, poyondozlar, tagliklar, shtanga va qisqichlar dastagi tok o‘tkazmaydigan qilib ishlangan asboblar?
2. Kuchlanish ko‘rsatkichlar?
3. Ko‘chma va vaqtinchalik erga ulovchilar, to‘sqichlar va ogohlantiruvchi plakatlar?
4. Himoyalovchi vositalar: ko‘zoynaklar, gazniqoblar, raspiratorlar ?
9-amaliy mashg’ulot
O’t o’chirish vositalari.
9.1. Yong’inni o’chirish usullari va moddalari.
Ishning maqsadi. Birlamchi o’t o’chirish vositalarining tuzilishi va ishlashini o’rganish.
9.1.Umumiy ma’lumotlar.
Yong’inni o’chirish usullari va moddalari.
Yonish jarayoni kamida uchta elementning ma’lum miqdorda va sifatdabo’lishini talab qiladigan tizimdir. Bu tizimni buzish uchun uni tashkil qiluvchielementlarning kamida bittasini miqdor va sifat jihatdan pasaytirish yoki umumanyo’qotish talab etiladi.
Yong’inni o’chirish yonish jarayonini pasaytirish va to’xtatishdan iboratdir.Amalda bu ish hozirgi vaqtda quyidagi usullar bilan olib boriladi:
1. Yonish o’chog’iga oksidlovchi kirib borishini (konsentratsiyasini)pasaytirish yoki umuman to’sish;
2. Yonish o’chog’ining temperaturasini o’z-o’zidan alangalanishtemperaturasidan yoki yonuvchi modda temperaturasini alangalanishtemperaturasidan past darajaga tushirish;
3. Yonish o’chog’iga yonuvchi modda kirib borishini kamaytirish yokiumuman bartaraf etish;
4. Yonuvchi moddalarni yonmaydigan moddalar bilan aralashtirish;
5. Yonish jarayonidagi kimiyoviy reaksiyalar tezligini jadal susaytirish;
6. Alangani mexanik ta’sir (kuchli suv yoki gaz oqimi) bilan yo’qotish .
Yong’inni o’chirishda juda keng miqyosda suv, suv bug’i, kimyoviy vamexanik ko’pik, galoid uglevodorodlarning suvli emulsiyalari, karbonat angidirid,inert gazlar, siqilgan havo va har xil poroshoklar qo’llaniladi.
Yong’inni o’chiruvchi moddalar yong’inni o’chirish xususiyatlaribo’yicha quyidagicha guruhlanadilar:
a) sovutuvchilar (suv, xlor to’rt uglerodi va boshqalar kiradi);
b) kislorod yo’lini to’suvchilar (ko’piklar, poroshoklar va boshqalar);
v) kislorod konsentratsiyasini pasaytiruvchilar (suv, suv bug’i, karbonatangidirid va boshqalar);
g) yonish jarayoniga kimiyoviy ta’sir qilib susaytiruvchilar (galoiduglevodorodlardan brom etil, metil va boshqalar).
Yong’inni o’chiruvchi moddalar agregat holati bo’yicha quyidagichaguruhlanadilar:
a) gazsimonlar ( azot, karbonat angidirid, inert gazlar, suv bug’i va boshqalar);
b) suyuq holatdagilar (suv, xlor to’rt uglerodi, brom etil);
v) qattiq yoki poroshoksimonlar (kalsiy soda, flyuslar, quruq qum va tuproq)
g) aralash holdagilar (suyuqlik bilan gazsimon-ko’piklar, qattiq moddalar bilankarbonat angidirid gazi, yoki poroshoksimon moddalar bilan havoaralashmasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |