3- rasm. To‘siqli chang cho‘ktirish kamerasi
Agar bunday to‘siqlar halqa yoki sim pardalar shaklida o‘rnatilgan bo‘lsa, changli havo oqimining tezligi keskin kamayadi, chang zarralari esa ularga urilib, inertsiya va gravitatsiya kuchlari ta’sirida tezda cho‘kadi (4- rasm).
Changli havo tozalqangan havo
chang zarralari
4- rasm. Sim pardali chang cho‘ktirish kamerasi
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, chang cho‘ktirish kameralarning aerodinamik qarshiligi 100 Pa ni tashkil etadi. Bunday qurilmalarning ishlash samaradorligini oshirish uchun changli havo oqimining tezligi 0,5 – 0,8 m/s atrofida bo‘lishi kerak. Aks holda chang yig‘gichlardagi changlar tozalangan havo bilan aralashib uni ikkilamchi ifloslaydi va kameradan chiqib ketadi.
Chang cho‘ktirish kameralari quruq chang ushlachgichlar guruhiga mansub bo‘lib, ulardan paxta tozalash zavodlarida, to‘qimachilik va ip yigiruv fabrikalarida (havoni qum, barg, kalta tolalar va changlardan tozalashda), yog‘ochni qayta ishlash korxonalarida (havoni chang va yog‘och qipiqlaridan tozalashda), sement, ohak, marmar, granit va boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida, don mahsulotlari va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonalarida keng qo‘llaniladi. Ular dag‘al tozalash qurilmalari guruhiga mansub bo‘lib, havoni yirik chang zarralaridan tozalashning birinchi bosqichida ishlatiladi.
Filtrlash (fr. Filter – kigiz) usuli ko‘proq sement va elektr-po‘lat eritish korxonalarida qo‘llaniladi.
Filtrlar va ularning ish printsipi. Changli havoni filtrlab tozalash elektr filtrlari va yengli filtrlarda amalga oshiriladi. Эlektr filtrlarning ishlash printsipi katta kuchlanish (50-100 kV) ga ega bo‘lgan o‘zgarmas tok ta’sirida kuchli elektr maydoni hosil qilishga asoslangan. Ular kattaligi 2 mm bo‘lgan niqoyatda mayda chang zarralarini tutishga mo‘ljallangan bo‘lib, ichkarisi bo‘sh metall kameradan (odatda tik holdagi) iborat (5- rasm). Bu kamera ichiga tojlantiruvchi (simdan tayyorlangan) va cho‘ktiruvchi (yassi plastinkalardan iborat) elektrodlar o‘rnatilgan. Tojlantiruvchi elektrodlarga manfiy, cho‘ktiruvchi elektrodlarga eса musbat elektr kuchlanishi beriladi. Bu kuchlanish ta’sirida toj zaryad hosil bo‘lib, changli havo elektr maydonidan o‘tayotgan vaqtda undagi chang zarralari kamera ichidagi bo‘shliqda hosil bo‘lgan manfiy va musbat ionlar ta’sirida qutblashadi. Bunda musbat zaryadga ega bo‘lgan changlar tojlantiruvchi elektrodlar sirtiga tortilib yopishadi, manfiy zaryadga ega bo‘lgan changlar esa musbat elektrodga yoki kamera devorlariga tortilib yopishadi. Yopishgan chang zarralari davriy ravishda elektrodlarni qoqish yoki ularni yuvish bilan ulardan ajratib bunkerga tushiriladi. Tozalash samaradorligi 99 % gacha. Tozalashning bunday usuli, masalan, “Qizilqumsement” OAJ ida samarali qo‘llanilib kelmoqda.
Tozalqangan havo
Do'stlaringiz bilan baham: |