) - barcha argumentlar qiymatining yig’indisini hisoblaydi. Masalan: =SUMM(G1:G100) –G1 yacheykadan G100 gacha bo’lgan yacheykalardagi sonli qiymatlarning yig’indisini hisoblaydi.
5. EXCEL menyusi bilan ishlash
EXCEL ekranining yuqori qatorida matn va uning qismlari ustida turli xil amallar bajarish uchun mo’ljallangan uning menyusi joylashgan.
Excel dasturining menyusi Fayl, Правка, Vid, Вставка, Format, Servis, Dannыe, Okno, ? bo’limlaridan iborat. Menyu bo’limi bilan ishlash uchun «sichqoncha» ko’rsatgichi shu bo’limga keltiriladi va chap tugmachasi bosiladi. Natijada ekranda vertikal holatda shu menyu bo’limining buyruqlari paydo bo’ladi va kerakli buyruq tanlanadi.
Excel menyusi bo’limlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Файл bo’limi. Bu menyu bo’limi yordamida yangi elektron
jadvalni tayyorlash uchun oyna ochish(Создать), xotiradagi faylni ekranga chaqirish(Открыть), joriy faylni yopish(Zakrыt), tayyorlangan ma’lumotli hujjatni kompyuter taklif qilgan nom bilan(Soxranit) yoki foydalanuvchi o’zi hohlagan nom bilan (Soxranit kak...) Файл ko’rinishda diskda saqlash, sahifalar parametrlarini o’rnatish (Parametrы stranitsы), faylni printerdan chop qilishdan oldin saxifalarda qanday joylashganligini ekranda ko’rish (Predvaritelnыy Просмотр), faylni printerda chop qilish (Pechat), Excel dasturidan chiqish va hokazo ishlarni bajarish mumkin.
Правка bo’limi. Bu menyu bo’limi yordamida jadvalning
biror bir bo’lagini qirqib olish(Vыrezat) yoki nusxa ko’chirish (Kopirovat), qirqib olingan jadval bo’lagini kerakli joyga qo’yish(Вставить), jadvalni to’ldirish(Zapolnit), jadval yacheykasini tozalash(Ochistit), yacheykadagi ma’lumotlarni o’chirish (Удалит), jadval varaqlarini o’chirish (Удалит list) va hokazo ishlarni bajarish mumkin.
Окноbo’limi. Bu menyu bo’limi yordamida yangi oyna
ochish(Novoe), oynani yashirish(Skrit), oynani bo’lish(Razdelit), oynani ko’rsatish(Otobrazit) kabi ishlarni amalga oshirish mumkin. Окноbo’limida foydalanuvchi ishlayotgan fayllar ro’yxati ham joylashadi.
? bo’limi. Bu menyu bo’limi yordamida Excel dasturi to’g’risida ma’lumot olish mumkin.
Uskunalar majmuasi bilan ishlash
Excel dasturi bilan ishlashni osonlashtirish maqsadida uskunalar majmuasidan foydalaniladi. Excel dastusuri bilan ishlash jarayonida asosan Standartnaya va Formatirovanie uskunalar majmuasidan foydalaniladi.
Standartnaya uskunalar majmuasini shartli ravishda 7 guruhga bo’lish mumkin:
Standartnaya uskunalar majmuasidan quyidagilarni bajarish mumkin.
1-guruh: