1. Alisher Navoiyning mumtoz poetikaga doir qarashlari aks etgan asarlari


-Форобий Афлотун ва арасту асарларининг шарҳловчиси сифатида



Download 2,2 Mb.
bet62/93
Sana23.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#841031
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   93
Bog'liq
barcha javob (1)

277-Форобий Афлотун ва арасту асарларининг шарҳловчиси сифатида
Demak, — deb yozadi Forobiy, — isbotda — ilmiy dalil, tortishuvda — umum fikri (tubiqa-topika), xitoba (ritorika)da — ishontirish qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, she’riyatda xayol va tasavvur (obraz, manzara) shunchalik zarur bo‘ladi”.
Muhammad Forobiy shu asarida shoir, adib asaridagi xayol va tasavvur qilingan surat, manzara, obraz, xarakter tavsifi bilan kitobxon, o‘quvchining hayotiy qarashlari, bilimi, axloqiy, ma’naviy saviyasi o‘zaro muvofiq kelishi ham, muvofiq kelmasligi ham mumkin, deydi.
Masalan, sof vijdonli, iymonli odam tasavvurida, jabr-zulm yo o‘g‘rilik og‘ir gunoh, tubanlikdir. Vijdonsiz, nopok, zolim, o‘g‘ri bo‘lsa, o‘z gunohlarini, zolimligi, o‘g‘riligini ishbilarmonlik, uddaburolik, aqllilik deb tasavvur qiladi.
Bundan xulosa chiqadiki, odamlarning fe’l-atvorini tuzatish, yovuzlikdan, jabr-zulmdan qaytarish uchun ularning xayoli, tasavvurlaridagi xatolarni tuzatish zarur. Ya’ni, ularni yoshligidan (hali yovuz va zolim bo‘lmasidan avval) go‘zallik, adolat, bag‘rikenglik, vatanni sevish, kamtarinlik, mehnatsevarlik, mardlik, mehr-shafqat, olijanoblikni buyuk ne’matlar, fazilatlar sifatida sevishga, o‘sha fazilatlari o‘zida bo‘lsa ham boshqalarda (do‘stlarida, ota-onalarida, yurtdoshlarida bo‘lsa ham, qadrlashga o‘rgatish zarur. Adabiyot va san’at insonlarga faqat huzur-halovat, estetik zavq berib qolmay, ma’rifat va ma’naviyatni egallashga ham yordam berishi zarur.
Muhammad Forobiy badiiy asarda qahramonlarning xarakterlari qanday ochilishi haqida ham fikr yuritib, bunday deydi: “Badiiy asarda tasvirlangan insonning fe’l-atvori ko‘proq o‘zining xayollariga (ya’ni, hayot haqidagi tasavvurlariga) bog‘liq bo‘ladi. Bular ko‘pincha (adib, shoirning) bilimi yo andishasiga bog‘lanadi”. Bu fikrni turlicha tushunish mumkin. Bizningcha, Forobiy bu yerda shuni aytmoqchiki, adib, shoir, rassom (taqlidchi, tasvirlovchi)ning xayollari (hayot, odamlar haqida tasavvurlari), bilimi, fikr-o‘ylari badiiy asar qahramonining fe’l-atvoriga, xarakteriga ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviy barkamol, yetuk-daho ijodkorlarning asarlarida qahramonlar ham (agar u ideal yoki ijobiy qahramon bo‘lsa) jasur, adolat va haqiqat, ozodlik uchun kurashuvchi bo‘ladi.
Mabodo mana shu yetuk adiblar, shoirlar, rassomlarning qahramonlari adolatsiz, tuban fe’l-atvorli bo‘lsa ham — hayotiy chiqadi. Forobiyning quyidagi fikri shu haqda deb o‘ylaymiz: “Ammo shunisi ham borki, ko‘pincha uning (ijodkorning bilimi va andishasi xayolidagi narsalariga (ya’ni, tasvirlanayotgan narsalarga, ehtimol, tuban fe’l-atvorli qahramonlarning qilmishlariga) teskari kelib ham qoladi. Bunday paytlarda u (ijodkor) o‘z fe’l-atvori, o‘z bilimi va andishasiga ko‘ra emas, balki (o‘sha tasvirlanayotgan odamlar, qahramonlarning) xayoliga ko‘ra ish tutadi”. Bizningcha, bu yerda hozirgi adabiyotshunoslik taraqqiyoti davridan ming yil avval Forobiy badiiy asarda xarakterlarning o‘z fe’l-atvori, tasavvurlariga, hayotiy qarashlariga ko‘ra, mustaqil harakat qilishini tushunib yetgan.
Forobiy “She’r san’ati” asarida yana poetik g‘oya, ijodkor maqsadi va badiiy adabiyotning hayotga ko‘rsatadigan ta’siri haqida, N.G.Chernishevskiy ta’biricha, san’atning voqelikka estetik munosabatlari haqida fikr yuritadi: “Bas, shunday ekan, xayolga kelgan so‘zlardan foydalanib yozilgan asardan kuzatilgan maqsad ham eshituvchini (bu yerda baxshi, rapsoddan doston eshituvchini nazarda tutadi, biz kitob o‘quvchi desak ham bo‘ladi) asardagi xayoliy narsa (obraz, xarakter) ta’sirida uning xayoliga kelgan narsani (qahramonlik ishlarini, doston bo‘lsa) qilishga undashdan iborat bo‘ladi. (Tinglovchi, o‘quvchida) uning qahramon xayoliga kelgan narsaga (masalan, chin muhabbatga yo istagan narsalardan biriga (masalan, doston qahramoni kamon o‘qini uzoqdagi nishonga — uzuk ko‘ziga bexato urishiga) intilish, yo bo‘lmasa (agar yomon, tuban qilmishlar tasvirlangan bo‘lsa) undan qochishdan, (agar yaxshi, ezgu ishlar tasvirlangan bo‘lsa) unga berilish, va yo bo‘lmasa uni (tuban, salbiy qahramonni) yomon ko‘rish, yo (xarakteri noma’lum, sirli qahramon bo‘lsa) undan yomonlik yo yaxshilik kutish kabi ishlardan iborat hislar paydo bo‘ladi”. (Forobiy. She’r san’ati. 19-20-bet). Forobiyning mana bu fikrlari dramatik aktyorning hayotdagi yaxshi yoki yomon odamlarni taqlid qilib ko‘rsatishi tomoshabinlarda qanday taassurot qoldirishi haqida: “Agar kishi biror narsaga nazar solsa (sahnada zolim, yovuz odamni ko‘rsa), u narsa uning xush ko‘rmaydigan narsasiga o‘xshagan bo‘lsa, u holda uning (tomoshabin) tasavvurida o‘sha zahotiyoq bu narsaga nisbatan xush ko‘rmaslik hissi paydo bo‘ladi. Shu bilan haligi kishi u narsadan (zolim va yovuz odamlardan) o‘zini avaylab, asrab, chetlashib yurishga urinadi”. (O‘sha asar, 18-bet). Bu bilan Forobiy san’at asarida tasvirlangan obrazlar salbiy yoki ijobiyligidan qat’i nazar, xalq uchun ibratli, tarbiyalovchi xususiyatga ega bo‘lishini bildiradi.
* * *
Muhammad Forobiy o‘zining – “Shoirlar san’ati qonunlari haqida” risolasi Arastu “Poetika”siga sharh ekanligini aytadi. Forobiyning ilk mulohazalaridan ko‘rinadiki, u Arastu “Poetika”sining faqat bir qismini, boshqa o‘rinlarda esa uning “Sofistlarga raddiya va “Sinoat al-mug‘olatayn” (“Sofistlarning sirlari”) asarlaridagi she’riyatga doir ayrim o‘rinlarni sharhlaydi.
Bizningcha, Forobiyning qo‘lida Arastu “Poetika”sining chalaroq nusxasi bo‘lgan. Buning uchun Forobiy risolaning boshlanishida o‘quvchisidan uzr so‘raganday: “Hakim Arastu o‘zining shunday fazilati va dahosi bilan tugatib qo‘yishga jazm qilmagan bir ishni biz nihoyasiga yetkazishga intilishimizdan ko‘ra, bu san’atda foyda beradigan va hozirgi zamonda (Forobiy davridagi she’riyatga doir asarlarda) uchraydigan qonun-qoidalar, misol va mulohazalar bilan cheklansak yaxshiroq bo‘lur edi”, deydi.
Arastuchi va mantiqchi olim sifatida Forobiy she’r san’atini ham mantiq ilmi nuqtai nazaridan tadqiq etadi. U barcha fikr-mulohazalarni turlarga ajratib, tasniflar ekan, tasniflarning ham turli xillarini keltiradi. “Biz deymizki, lafz – so‘zlar yo biror ma’noni bildiradi yo bildirmasligi ham mumkin”. Forobiy ma’no bildirmaydigan yoki ma’nosiz so‘zlar qaysi so‘zlar ekanligini aytmaydi. Ehtimol, u ma’no bildirmaydigan so‘zlar deb, narsalarning faqat ismlarini, morfologik (so‘z turkumlari) bo‘limiga doir bulut, suv, non, bug‘doy so‘zlarini yoki “bilan”, “va”, “lekin”, “biroq” kabi bog‘lovchi yoki yordamchi so‘zlarni aytmoqchimi? Lekin, Forobiyni ham, bizni ham ma’no bildiruvchi so‘zlar qiziqtiradi. Forobiy yozadi: “Ma’noni bildiruvchi so‘zlar sodda va murakkab bo‘ladi”. Bu tushunarli. Murakkab so‘zlar biror mulohazani anglatadi yo anglatmaydi. Yana savol tug‘iladi: Mulohazani – fikr-ni anglatmaydigan murakkab so‘zlar qaysi so‘zlar ekan? Ehtimol, bu so‘zlar fikrni emas, narsaning bor-yo‘qligini yoki qandaydir sifatini yoki nimaligini anglatar?
Forobiy fikrini davom ettiradi: “Mulohaza (fikr) anglatadigan so‘zlarning qat’iy – jazmliligi (arabcha-jozim) va jazmsizi bo‘ladi (rus tilida – kategorichnыe i nekategorichnыe). Masalan; Ertaga qor yog‘adi (Jazmli – qat’iy fikr). Ertaga qor yog‘ishi mumkin (Jazmsiz, ehtimolli fikr). Qat’iylari yo to‘g‘ri, yo yolg‘on bo‘ladi”. (Bu yerda Forobiy yolg‘on fikr deb, obrazli, tashbehli, munosabatli fikrni aytmoqchi).
“Yolg‘onlaridan ba’zilari, – deydi Forobiy, – eshituvchilar zehniga (doston eshituvchilar yoki teatr tomoshabinlari, Sharqda ham qadimgi zamonlarda dorbozlar o‘yini bilan birga xalq teatrlari bo‘lgan) uni anglatadigan ma’no bilan birga o‘rnashib qoladi. Boshqalari esa (ya’ni, yolg‘on bo‘lmagan badiiy tasvirlar) ularning ongida narsalarning o‘xshashi – aksi (tasviri) bilan o‘rnashib qoladi. Mana shu narsalar taqlidlar – she’riy mulohazalar sanaladi”.
Bu jumlada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan “narsalarning o‘xshash-aksi” so‘zlariga atoqli forobiyshunos olim Abdusodiq Irisov bunday izoh beradi:
(Arabcha) matnda o‘xshatish, aks etish muhokiya so‘zi bilan ifodalangan. Bu istilohiy ma’noda (ya’ni atama sifatida) taqlid qilishga (mimesisga – M.M.) to‘g‘ri keladi. Qadimgi har bir badiiy asar, she’r (syujetli) yo hikoya, yo dramatik asar odatda to‘qima bo‘lmagan, hammasi hayot voqealari asosida bitilgan. Shuning uchun hayotda odamlarga o‘rnak bo‘ladigan har bir voqea – hodisaga namuna sifatida qaralib, buni adabiyotda aks etgani, ya’ni she’r yo hikoya taqlidiy adabiyot deyilgan. Lekin taqlid adabiyotda voqelikni chinakam aks ettirish orqali haqiqat yuzaga chiqarilgan. Bizda janr sifatida qaraladigan “hikoya” so‘zi arabchada aks, taqlid, o‘xshatma degan ma’noga borib taqaladi.
Tarjimon Abdusodiq Irisov sharhi Arastu va Forobiy aytgan taqlid – mimesis, avval aytganimizday, hayotni aks ettirish, tasvirlash ma’nosini bildiradi. Qadimda harakatga taqlid san’at hisoblangan.
Arastu “Poetika”sida aytilgan, poeziya san’atining asosiy tamoyili – hayotga o‘xshatish ma’nosidagi taqlid-mimesis hodisasini Forobiy shunday tushuntiradi. U, poeziya san’atini hayotni aks ettirish deb biladiki, bu hozirgi poetika nazariyasiga hamohangdir. Lekin, she’riyat – poeziyada hayotni aks ettirishning turlicha darajalari borligini Forobiy bunday tushuntiradi: “Mana shu aks-o‘xshashliklarning ba’zilari eng mukammal bo‘ladi, boshqalari nuqsonli bo‘ladi”.
She’riyatda, umuman san’atda hayotni aks ettirishdagi mukammal va nuqsonli darajalarni kim aniqlaydi, degan savol tug‘iladi. Forobiy shunday yozadi: “Ularning mukammalligi yo nuqsonli ekanini aniqlash shoirlar va turli-tuman, til va lug‘atlardagi (fikrlarni va) she’riyatni o‘rganayotgan ma’rifat ahlining fikr doirasiga kiradi”. Forobiy davrida hali maxsus adabiyotshunos olimlar ajralib chiqmagan, u vaqtlarda adab olimlari o‘n ikki sohani yaxshi bilishlari kerak edi.
Muhammad G‘iyosiddin asari – “G‘iyos-ul-lug‘at”da adab ilmlarining turlari aytilgan:
1. Sarf ilmi – so‘z yasalishi qoidalari (morfologiya).
2. Ishtiqoq ilmi – jumla tuzish qoidalari (sintaksis).
3.Lug‘at ilmi – turli tillarga doir lug‘atlardan foydalanish qoidalari.
4. Bayon ilmi – fikrlarni chiroyli bayon qilish. Bunda tashbeh, istiora, mubolag‘a, majoz, kinoya san’atlari, ya’ni ilmi badening bir qismi o‘rganiladi.
5. Maoniy ilmi – fasohatli, chuqur ma’noli so‘zlarni topib, ishlatish.
6. Bade’ ilmi – bu soha bayon va maoniy ilmlari tarkibida o‘rganiladi.
7. Nahv ilmi – bunda asosan arab tili grammatikasi o‘rganilgan.
8. Aruz ilmi – she’riyat vaznlari va bahrlari haqida.
9. Qofiya ilmi – aruz ilmining bir qismi.
10. Ilmi naqdi she’r yoki ilmi taqriz – mumtoz she’riyat tarixi va she’riyat tanqidchiligi.
11. Insho ilmi – nazmda va nasrda ijod qilish qoidalari.
12. Xat yoki kitobat ilmi – bunda xat yozish qoidalari va usullari o‘rganilgan.
Sharq mutafakkirlari yoshlik chog‘laridan boshlab adab ilmlarini o‘rganib bo‘lgach, keyin o‘z iste’dodi, qobiliyati, qiziqishiga muvofiq maxsus ilm sohalarini o‘rganishga o‘tganlar.
“Kashf-uz-zunun” muallifi Kotib Chalabiy (Hoji Xalifa) adab ilmlarining o‘n besh turini ko‘rsatgan: nafs adabi, xat, lug‘at, tasrif (sarf), ishtiqoq, nahv, maoniy, bayon, bade’, aruz, qavofiy (qofiyalar), taqriz, masal, davovin va insho. (Davovin – devon tuzish ilmi bo‘lsa kerak.) Keyinroq, tarix, geografiya, falsafa – hikmat, tarix (biror asar yoki inshoning bitilgan vaqtini san’atkorona aytish) ilmlarini ham adab sohasiga kiritganlar. Shulardan so‘ng yoki bir vaqtning o‘zida kalom, tafsir, hadis ilmlari o‘rganilgan. Ustoz Alibek Rustamiy adib ilmlarining 12 tasini ko‘rsatadi.
Muhammad Forobiy fikricha, she’riyatda hayotning tasviri, aks – o‘xshashliklarda ham mubolag‘a, tashbeh, favqulodda o‘xshatish (loflar) bo‘lsa ham (“boshi osmonga yetdi”, “to‘qson qo‘yning terisidan kovushi”, “fuqaroga shoh erur ajdaho” – Firdavsiyda va Navoiyda) ularni mug‘olata – sofistika deyilmaydi: “Lekin, bundan hech kim mug‘olata-sofistika bilan aks-taqlid ikkovini bir so‘z deb o‘ylamasin. Bular ikkovi ba’zi sabablarga ko‘ra bir-biridan butunlay farq qiladi”.
“Sufastoiy (sofist) eshituvchini (suhbatdoshini) g‘alatga undab (yanglishtirib), haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, nuqsonli narsalarni ko‘z oldiga keltirib qo‘yadi. U hatto mavjud narsani nomavjud deb, nomavjud narsalarni esa, mavjud deb tasavvur qildiradi.
Ammo (shoir, adib) taqlidchi (aks ettiruvchi) bo‘lsa, narsa suvratining teskarisini emas, balki uning o‘xshashini tasavvur qildiradi.
Forobiyning in’ikos nazariyasiga doir bu fikri juda muhim bo‘lib, u Arastu poetikasining mag‘zi, asosi – mimesis (tasvir, aks ettirish ma’nosidagi) taqlid, hayotga o‘xshatish bilan, hatto san’at, adabiyotning asosiy yo‘li – hayotni (hayotdagi o‘xshash qiyofalarni, obrazlarni, xarakterlarni) haqqoniy aks ettirish – realizm bilan bog‘liqdir.
Lekin, hayotning o‘xshashini tasvirlash, Forobiy fikricha, hayotdan oddiy nusxa ko‘chirish emas, balki ijodkorning hayotni qanday idrok etishi, hissiyotlari, tuyg‘ulari bilan bog‘liqdir. Shu o‘rinda Forobiy hayotni obrazli aks ettirishga doir bir misol keltiradi: “Bunga o‘xshash narsalar hisda ham uchraydi. Bu shundayki, o‘z joyida jim turgan kishi (atrofida yoki osmonda harakat qilayotgan jismlarga qarasa, o‘zi ham) go‘yo harakat qilayotganday bo‘ladi”. Yoki buning aksi. “Kemaga tushgan kishi (kema suzib borayotganida) qir-g‘oqda qolganlarga qarasa, yoki yoz chog‘ida osmondagi oy va yulduzlarga tez yurayotgan bulutlar ortidan qarasa, shunday bo‘ladi. Bunday hol odamlarning hislarini chalg‘itadi”. Lekin, Forobiy aytmoqchiki, bu san’atkorning chalg‘itishi emas, balki shoir, rassom, ijodkor tasviridagi manzara ham odamlarda tek turgan qirg‘oq harakat qilayotganiday taassurot uyg‘otadi.
“Ammo ko‘zguga yoki yaltiroq, silliq (oldiga kelgan narsalarni aks ettiruvchi) jismga qaragan kishining holi ham xuddi shunday bo‘ladi. (Kishi) unga nazar tashlab, o‘sha narsalarga o‘xshash narsalarni ko‘rayotgan tuyuladi, lekin ko‘zguda ko‘ringan narsalar o‘sha narsalarning o‘zi emas, balki aksidir. Bu akslar (tasvir, manzara) tiniqligi yo xiraligi, qiyshiq yoki to‘g‘riligi o‘sha ko‘zgu yoki boshqa yaltiroq jismning qandayligi, tabiatiga, sifatiga bog‘liqdir. Bu – ijodkor iste’dodini belgilovchi dohiyona fikr!
She’riy fikrlashning boshqa turdagi fikr-mulohazalardan farqini Forobiy yana bunday tushuntiradi: “Mulohaza yo qat’iy, yo qat’iy emas, qiyosiy bo‘lishi mumkin. Bordi-yu, u (fikr) qiyosiy bo‘lsa, u holda bil-quvva, uning tabiatidan, yo bo‘lmasa, bil-fe’l-harakatidan (qiyosiy) bo‘ladi. Bordiyu, (qiyos, o‘xshashlik) uning tabiatidan bo‘lsa, u holda u yo istiqro’ (induktiv) bo‘ladi, yo bo‘lmasa, mulohaza tamsil (analogiya, o‘xshashlik) bilan bo‘ladi. Tamsil (o‘xshatish) esa ko‘pincha she’r san’atida ishlatiladi. Bundan ayon bo‘lishicha, she’riy mulohaza tamsil (analogiya)ga kiradi”.




Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish