III-chorak
8-NI
Mavzu: Shaxs va narsa nomini bildirgan so`zlar
Maqsad: O`quvchilarning shaxs va narsa nomini bildirgan so`zlar yuzasidan olingan bilim, ko`nikma, malaka va kompetensiyalarini aniqlash
Nazorat shakli: Diktant
Meva sharbatlari
O`lkamizda turli shifobaxsh mevalar ko`p. Ularni yeyish foydali. Lekin sharbatni ichish kishini yanada sog`lom qiladi.
Uy sharoitida sharbat tayyorlash juda oson. Bu haqda kitoblar bor. Ulardan o`rganib sharbat tayyorlash mumkin. (31 so`z)
9-NI
Mavzu: Kishilarning ismi va familiyasida bosh harf
Maqsad: O`quvchilarning kishilarning ismi va familiyasida bosh harf mavzusi yuzasidan olingan bilim, ko`nikma, malaka va kompetensiyalarini aniqlash
Nazorat shakli: Diktant
Darsda
Dars boshlandi. Bahrom va Malika matnni o`qidilar. Doniyor tushunganini gapirib berdi. Sanobar xattaxtaga yozilgan savollarga javob berdi. Akbar hikoyaga sarlavha topdi. Biz hikoya rejasini tuzdik.darsda hamma yaxshi ishladi. O`qituvchimiz Sharifa Shodiyeva xursand bo`ldilar.(35 so`z)
10-NI
Mavzu: Shahar, qishloq, daryolarga qo`yilgan nomlarda bosh harf
Maqsad: O`quvchilarning shahar, qishloq, daryolarga qo`yilgan nomlar yuzasidan olgan bilim, ko`nikma va malakalarini aniqlash.
Nazorat shakli: Diktant
Ravon yo`l
Namangan Andijonga yaqin joylashgan. Namangandan Andijonga boradigan avtobus Do`stlik ko`chasi bo`ylab qatnaydi.
Avtobus Norin daryosi va Qoradaryo ko`priklaridan o`tadi. Daryo ko`priklari keng va mustahkam. U temir betondan ishlangan.
Avtobuslar ravon yo`ldan tez yuradi.
11-NI
Mavzu: Chorak davomida o`tilgan mavzular
Maqsad: O`quvchilarning chorak davomida o`tilgan mavzular yuzasidan olgan bilim, ko`nikma va malakalarini va kompetensiyasini aniqlash.
Nazorat shakli: Test sinovi
1. Narsa nomini bildirgan so`zni belgilang.
A) Chumchuq B) Duradgor D) O`quvchi
Shaxs nomini bildirgan so`zni belgilang.
A) Buvi B) Terak D) Yomg`ir
Kimlar? so`rog`iga javob bo`lgan so`zni belgilang.
A) Lolalar B) Dehqonlar D) Tog`lar
Nimalar? so`rog`iga javob bo`lgan so`zni belgilang.
A) Onalar B) Turnalar D) Gulchilar
Kim? so`rog`iga javob bo`lgan so`zni belgilang.
A) Kaptar B) O`tloq D) Ota
6. Nima? so`rog`iga javob bo`lgan so`zni belgilang.
A) Qizcha B) Daraxt D) Bobo
“O`zbekistonda Buxoro, Samarqand, Xiva kabi qadimiy shaharlar bor.” Gapida nechta shahar nomi berilgan? (lingvistik kompetensiyani aniqlash)
J:
“Chaqiradi” so`zining so`rog`ini belgilang.
A) Nima qildi? B) Nima qiladi? D) Nima qilayapti?
Harakatni bildirgan so`zni aniqlang.
A) Dala B) Salqin D) Keldi
“Bir burchakda so`zlaydi,
Ham chaladi, kuylaydi” topishmog`ida nechta harakatni bildirgan so`z bor?
A) 3 ta B) 2 ta D) 4 ta
“Xo`roz tongda (nima qiladi?)” to`g`ri javobni belgilang.
A) Donlaydi B) Yuguradi D) Qichqiradi
12.”Bolg`a…” nima qiladi? Nuqtalar o`rniga mos so`zni yozing. (nutqiy kompetensiyani aniqlash)
A) Qoqadi B) Arralaydi D) Chopadi
Harakatni bildirgan so`zlar qatorini belgilang.
A) Baliq, aytdi, binafsha B)Cho`mildi, yozdi, aytdilar D) Daftarlar, ko`k, chaqnadi
“Bola baliq tutayapti” Harakatni bildirgan so`zning tagiga chizing. (lingvistik kompetensiyani aniqlash)
15. Shahnoza qiziqarli kitob sotib oldi. Berilgan gapda kim so`rog`iga javob sozni yozing. (nutqiy kompetensiyani aniqlash)
Do'stlaringiz bilan baham: |