1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining


Toshkent iqtisodiy rayoni



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

                   Toshkent iqtisodiy rayoni. 
O„zbekiston Respublikasida  
Toshkent
 viloyatining  
salmog„i (foiz hisobida) 
Hududi – 3,5 
Aholisining soni – 9,5  
Yalpi ichki mahsulot - 9,4 
Sanoat mahsulotlari – 17,1 
Qishloq xo„jaligi mahsulotlari – 12,9 
Donli ekin maydoni – 10,7 
Paxta ekin maydoni – 7,3 
 
 
Iqtisodiy  rayon  ma‟muriy  jihatdan  Toshkent  viloyatidan  iborat 
bo„lib, uning maydoni 15,6 ming km
2
, aholisi 4560,3 ming kishi (2002). 
Bu  rayon  respublika  hududining  3,5  foizini  aholisining  esa  18  foizini 
tashkil etadi. Aholi zichligi 1km
2
 ga 292,3 kishi to„g„ri keladi. 
Iqtisodiy 
rayon 
Respublikaning 
shimoliy-sharqiy 
qismida 
joylashgan bo„lib, shimolda Qozog„iston, shimoliy-sharqda Qirg„iziston 
va  Namangan  viloyati,  janubda  Tojikiston  va  g„arbda  Sirdaryo  viloyati 
bilan  chegaralanadi.  Hududining  kattaligi  bo„yicha  iqtisodiy  rayonlar 
orasida o„rinda turadi.  
Tabiiy  sharoiti  xilma-xil  bo„lib,  yer  yuzasi  g„arbdan    sharqga 
tomon  ko„tarilib  boradi.  Tabiiy  resurslarga  boy.  Ayniqsa  mintaqa 


 
 
215 
215 
hududida ko„mir, rangli metallar, qurilish materiallari ko„plab topilgan. 
Mintaqa  xo„jaligining  rivojlanganligi  bo„yicha  respublikada  yetakchi 
o„rinni egallaydi. Iqtisodiy rayon respublika yalpi sanoat mahsulotining 
40 foizga yaqinini beradi: sanoat mahsulotining 3/2 qismi og„ir sanoatga 
to„g„ri keladi. Respublikada ishlab chiqariladigan elektr-energiyaning 44 
foizini,  ko„n-poyafzalning  3/1  qismini  o„simlik  moyining  30  foizini  va 
boshqa ko„plab mahsulotlarni yetkazib beradi. 
Iqtisodiy  rayon  aholisi  hududlar  bo„yicha  notekis  joylashgan. 
Daryo  vodiylari  sug„oriladigan  yerlarda  1km
2
  ga  400-450,  tog„  yon 
bag„irlarida  esa  5-10  kishi  to„g„ri  keladi.  Aholisining  milliy  tarkibi 
xilma-xil  bo„lib,  o„zbeklar  ko„pchilikni  –  45  foizni,  ruslar  15  foizni, 
tatarlar  7  foizni,  qozoqlar  6,3  foizi,  koreyslar  3,2  foizni  tashkil  etadi. 
Bundan  tashqari  ukrainlar,  yaxudiylar,  tojiklar  va  boshqa  millatlar  ham 
istiqomat qilishadi. 
Aholisining  asosiy  qismi  shaharlarda  yashaydi.  Toshkent  shahri 
bilan qo„shib hisoblaganda 71 foizdan ortadi. Mintaqada 17 ta shahar va 
19  ta  shaharcha  mavjud.  Eng  yirik  shaharlari  Toshkent,  Angren, 
Olmaliq, Chirchiqdir. Bu yerda Toshkent aglomeratsiyasi tashkil topgan 
bo„lib, u monotsentrik ahamiyatga egadir. 
Toshkent  shahri-respublika  poytaxti,  yirik  sanoat,  transport 
markazidir.  Aholisi  2149  ming  kishi  (2002).  Ma‟muriy  jihatdan  11  ta 
tumanga  bo„lingan.  U  nafaqat  Markaziy  Osiyo  balki  MDH  dagi  eng 
yirik  shaharlardan  biridir.  Shaharda  respublika  sanoat  mahsulotlarining 
25  foiziga  yaqini  ishlab  chiqariladi.  Eng  yirik  korxonalari  O„zbekiston 
qishloq  xo„jalik  mashinasozligi  zavodi,  Toshkent  qishloq  xo„jaligi 
mashinasozligi zavodi, samolyosozlik va boshqalar. 
Asosiy  temir  yo„llar  Toshkent-Orenburg-Moskva,  Toshkent-
Tukrmanboshi, Toshkent-Andijon, Toshkent-Dushanbe va boshqalardir. 
Havo  yo„llari  –  Toshkentdan-Dehli,  Xanoy,  Istanbul,  Manila,  Dubay, 
Frankfurt  -  Mayn  va  boshqa  ko„plab  mamlakatlar  shaharlari  bilan 
bog„langan  bo„lsa,  avtomobil  yo„llari  orqali  Markaziy  Osiyo 
davlatlarining barchasi bilan bog„langan. 
Chirchiq-aholisi  soni  (142  ming  kishi)  va  sanoat  hajmi  bo„yicha 
Toshkentdan  so„ng  ikkinchi  o„rinda  turadi.  Shaharda  mineral  o„g„itlar 
ishlab  chiqarish,  kaprolaktam,  qiyin  eriydigan  va  o„tga  chidamli  metall 
qotishmalari, transformator va boshqa korxonalar ishlab turibdi. 
Angren  –  (130  ming  kishi)  yirik  sanoat  markazi  bo„lib,  ko„mir 
asosida  ishlaydigan  korxonalar  ko„p.  Angren  GRES  i,  rezina  texnika 


 
 
216 
216 
buyumlari,  podzemugolgaz  korxonasi,  tog„-kon,  oltin  boyitish  va 
boshqalar joylashgan. 
Olmaliq  (114  ming  kishi)  rayonning  asosiy  rangli  metallurgiya 
markazidir. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mis va rux boyitish, 
oltin  quyish,  sulfat  kislota  olish  va  boshqa  sexlar  ishlab  turibdi. 
Shaharda  kimyo  sanoati  ham  yaxshi  rivojlangan,  bu  yerda  plastmassa 
idishlar,  kir  yuvish  vositalari,  ammofos  ishlab  chiqarish  va  boshqalar 
yo„lga qo„yilgan. 
Iqtisodiy rayonda yoqilg„i energetika majmuasi yaxshi rivojlangan. 
Mintaqada  respublikaning  45  %  ga  yaqin  elektr  energetikasi  hosil 
qilinadi. Ular Toshkent, Angren, Yangi Angren GRESlari va Chirchiq – 
Bo„zsuv kaskadidagi GESlardan olinadi. 
Iqtisodiy  rayon  respulikadla  yagona  qora  metallurgiya  markaziga 
ham  ega.  Bekobod  metallurgiya  zavodi  respublikada  to„plangan  temir-
tersak asosida ishlaydi.  
Chirchiq  shahrida  qiyin  eriydigan  va  o„tga  chidamli  qotishmalar 
kombinati  ishlab  turibdi.  Kombinatda  volfram  va  molibdendan  ko„plab 
turdagi mahsulotlar ishlab  chiqariladi. 
Mashinasozlik  eng  rivojlangan  tarmoqlardan  biridir.  Bu  yerda 
qishloq 
xo„jalik 
mashinasozligi 
(Toshkent 
qishloq 
xo„jalik 
mashinasozligi,  O„zbekiston  qishloq  xo„jalik  mashinasozligi,  Chirchiq 
qishloq  xo„jalik  mashinasozligi),  elektrotexnika  (Toshkentkabel, 
Chirchiq  transformator,  Toshkent  elektrotexnika  zavodlari),  kimyo 
mashinasozligi  kabilar  muhim  ahamiyatga  egadir.  Shuningdek  rayonda 
samolyosozlik, elektrotexnika (Al-Xorazmiy. Zenit, Mikond) va boshqa 
korxonalar ishlab turibdi. 
Iqtisodiy  rayonda  yengil  va  oziq-ovqat  sanoati  ham  yaxshi 
rivojlangan.  Ular  qishloq  xo„jalik  mahsulotlarini  qayta  ishlashga 
ixtisoslashgan.  Mintaqada  yirik  paxta  tozalash  zavodlari,  lub  zavodlari 
mavjud. 
Yengil  sanotining  eng  yirik  korxonasi  Toshkent  to„qimachilik 
kombinati  bo„lib,  bu  yerda  ip  gazlama  va  boshqalar  ishlab  chiqariladi. 
Shuningdek “Malika, Yulduz, Qizil tong” ishlab chiqarish birlashmalari, 
Orzu  charm-galanteriya,  Olmaliq  gilam  fabrikasi,  Toshkent,  Chirchiq 
Yangiyo„l poyafzal korxonalari ham katta ahamiyatga egadir. 
Shu  bilan  birga  mebel,  termos,  plastmassa  mahsulotlar  ishlab 
chiqarish o„ziga xos o„rinda turadi. 
Iqtisodiy rayon qishloq xo„jaligi ham yaxshi rivojlangan. Mintaqa 
sabzavot,  meva,  kanop  hamda  don  yetishtirish  bo„yicha  oldingi 


 
 
217 
217 
o„rinlarda turadi. Bu  yerda sholining 11 foiz, kartoshkaning 17,4 foizi 
yetishtiriladi. Tog„ yon bag„irlarida lalmikor dehqonchilik, tekisliklarda 
esa sug„orib dehqonchilik qilish rivojlangan. 
Iqtisodiy 
rayon 
chorvachiligi 
go„sht-sut 
yetishtirishga  
ixtisoslashgan.  Yirik  shaharlar  atrofida  sut-go„sht  chorvachiligi  ustun 
turadi.  Qoramollar,  cho„chqa  va  parrandalar  shahar  atrofida  boqilsa, 
qo„y  va  echkilar  esa  tog„  yon  bag„irlarida  ko„plab  boqiladi.  Ayniqsa 
angor echkilari boqish yaxshi rivojlangan. 
 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish