1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining


 Transport tarmoqlarini (temir yo„l, avtomobil, havo, quvur)



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

3. Transport tarmoqlarini (temir yo„l, avtomobil, havo, quvur) 
joylanish     xususiyatlari. 
Mamlakatimiz transport tarmog„i temir yo„l, 
avtomobil,  havo  quvurlar  va  daryo  suv  yo„llaridan  transport  turlari 
orasida yetakchi va muhim o„rinni temir yo„llar egallaydi. Mamlakatda 
tashiladigan yuklarning 66 foiziga yaqini transportning ana shu tarmog„i 
zimmasiga  tushadi  va  bu  transport  mamlakat  transport  tizimining 
negizini tashkil etadi. 
Eksport  va  import  qilinadigan  yuklarning  qariyib  80  foizi  ham 
temir  yo„l  transporti  orqali  amalga  oshiriladi.  Ushbu  yo„l  yordamida 
yiliga 15 mln. dan ortiq yo„lovchi tashilmoqda.  
O„zbekistonda  temir  yo„llar  qurish  o„zining  ma‟lum  tarixiga  ega. 
Mamlakat  hududida  birinchi  temir  yo„l  1888  yilda  Farob  stansiyasidan 
Samarqand  shahrigacha  qurilgan  bo„lib,  u  Turkmanboshi  –  Chortuy 
temir yo„l tarmog„ining davomi edi. Uning qurilishi keyinchalik davom 
ettirilib,  1899  yili  Andijon  va  Toshkent  shahrigacha  yetkazilgan  edi. 
O„rta  Osiyoning,  shu  jumladan,  O„zbekistonning  ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotida 30-yillarda qurilgan, uzunligi 1400 km dan ziyod bo„lgan 
Turksib  (Turkiston-Sibir)  temir  yo„l  magistralining  bunyod  etilishi  o„z 
davrida muhim ahaamiyatga ega bo„ladi.  
Uzunligi  410  km  bo„lgan  Qo„ng„irot-Beynov  temir  yo„l 
tarmog„ining  ishga  tushirilishi  O„rta  Osiyo  iqtisodiy  mintaqasidan 
Qozog„istonga  sobiq  SSSRning  Yevropa  qismiga,  Kavkaz  hududlariga 
ikkinchi  yo„l  orqali  chiqish  imkonini  yaratdi.  Yuk  va  yo„lovchilarni 


 
 
198 
198 
uzoq  aylanma  yo„llar  orqali  tashishga  barham  berish  transport 
harajatlarini kamaytirishga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. 
Mamlakat  temir  yo„llarining  umumiy  uzunligi  20-yillar  boshida 
15-89 km ni tashkil etgan bo„lsa, hozirga kelib u 7000 km ga yetdi. Shu 
jumladan,  elektrlashtirilgan  temir  yo„llar  uzunligi  587  km  ni  yoki 
umumiy  temir  yo„l  uzunligining  16,1  foizini  tashkil  etgan  holda 
elektrlashtirish  davom  etmoqda.  Temir  yo„llar  uzunligi  hali  ham  talab 
darajasida  emas,  shuning  uchun  bu  borada  bir  qancha  ishlar  amalga 
oshirilmoqda. 
 Samarqand,  Sirdaryo,  Farg„ona,  Qashqadaryo  viloyatlari  temir 
yo„l  tarmoqlari  bilan  biroz  yaxshi  ta‟minlangan.  Qoraqalpog„iston 
respublikasi,  Buxoro,  Navoiy  va  Surxondaryo  viloyatlari  esa  bu  borada 
ancha orqada. 
O„zbekiston respublikasi hukumati 1995 yil avgust oyida G„uzor-
Boysun-Qumqo„rg„on  temir  yo„lini  qurish  to„g„risida  qaror  qabul  qildi. 
Ushbu  yo„l  mamlakatimizning  janubiy  hududlari-Qashqadaryo  va 
Surxondaryo  viloyatlari  tabiiy  boyliklari  hamda  mavjud  boshqa 
imkoniyatlardan unumli samarali foydalanish imkonini beradi. 
Respublikaning  xorijga,  jumladan,  mamlakatimiz  janubidagi 
davlatlarga  chiqishda  Mashhad  –  Seraxs  –  Tajan  temir  yo„lining  
qurilishi  katta  voqea  bo„ldi.  1996  yil  13  mayda  Eron  Islom 
respublikasining Mashhad shahrida uzunligi salkam 300 km bo„lgan bu 
temir yo„l tarmog„ining ochilish marosimi bo„lib o„tdi.  
2001  yilda  uzunligi  500  km  bo„lgan  Uchquduq  Sulton  Uvays-
Nukus temir yo„lining bir qismi ishga tushgan bo„lsa, hozirda bu loyiha 
oxiriga yetkazilib, mamlakatimiz iqtisodiyotidagi muhim voqea bo„ldi. 
Xulosa  qilib  aytganda,  temir  yo„l  transporti  jahaondagi  barcha 
mamlakatlar  iqtisodiyotining  muhim  aloqa  vositasi  bo„lib  hisoblanadi. 
Mamlakatimiz  uchun  esa  uning  ahamiyati  yana  ham  katta.  Chunki, 
Respublika chetga chiqish  uchun zarur bo„ladigan suv yo„llaridan olis 
bo„lganligi  uchun  temir  yo„l  transporti  mamlakatni  jahon  mamlakatlari 
bilan bog„lab turuvchi asosiy vositadir. 
O„zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida transport 
tizimining  yana  bir  muhim  qismi    bo„lgan  avtomobil  transporti  va 
avtomobil  yo„llari  ham  katta  o„rin  tutadi.  Milliy  iqtisodiyotning 
avtomobil  transportidan  foydalanmaydigan  birorta  sohasi  yo„q. 
O„zbekiston    yer  sirti  tuzilishining  murakkabligi,  ya‟ni  uning  xalq 
xo„jalik,  yassi  tog„liklarning  mavjudligi  bir  tomondan,  temir  yo„l 


 
 
199 
199 
transportini  rivojlantirishni  tabiiy  ravishda  chegaralangan,  ikkinchi 
tomondan esa, avtomobil transportini rivojlantirishni taqozo etgan. 
Respublikada  avtomobil  yo„llarining  jami  uzunligi  115  ming  km 
dan  ortiq.  Umumiy  foydalaniladigan  avtomobil  yo„llarining  uzunligi 
43,4  ming  km,  jumladan  3243  km  xalqaro,  18801  km  davlat 
(respublika),  21439  km  mahalliy  (viloyat)  ahamiyatiga  ega  bo„lgan 
yo„ldir. Shuningdek respublikada idoralar (korxona, jamoa xo„jaliklarga, 
xo„jalik tashkilotlari) ga qarashli yo„llar ham mavjud. 
Mamlakatimiz  hayotida  katta  ahamiyatga  ega  bo„lgan  avtomobtl 
yo„llari  jumlasiga,  eng  avvalo  Toshkent,  Samarqand,  Qashqadaryo, 
Surxondaryo va boshqa viloyatlar orqali o„tgan katta O„zbek avtomobil 
trakti  kiradi.  1940  yili  qurib  bitkazilgan  va  700  km  dan  uzunlikka  ega 
bo„lgan  ushbu  ravon  yo„l  qanchadan  –  qancha  yuk  va  yo„lovchilar 
tashishga  va  hududlar  orasida  transport  xizmati  ko„rsatishni 
yaxshilashga olib keldi.  
Ikkinchi  jahon  urushi  boshlanishidan  oldin  Farg„ona  vodiysidan 
uch  viloyat  va  qator  shaharlarni,  jumladan  Qo„qon,  Marg„ilon,  Asaka, 
Andijon,  Namangan,  Chust  shaharlarini  bog„lab  turuvchi  aylanma  yo„l 
qayta  qurildi.  Shuningdek,  Toshkent  –O„sh,  Samarqand  -  Ashxabod-
Turkmanboshi, Toshkent xalqa yo„li, Nukus-G„uzor, Qo„ng„irot-Beynov 
kabi  yana  qator  avtomobil  yo„llari  ham  O„zbekistonning  ijtimoiy-
iqtisodiy hayotida katta ahamiyat kasb etadi.  
Respublika  hukumati  mamlakatimizning    markaziy  va  g„arbiy 
qismlaridan  hududlarini  Farg„ona  viloyatlari  bilan  aloqasini  yaxshilash 
maqsadida  Toshkent-O„sh  yo„lining  Angren  suv  omboridan  Farg„ona 
vodiysiga  kirib  borguncha  qismini  qayta  qurish  bo„yicha  maxsus  qaror 
qabul  qildi.  Bu  maqsadni  ko„zlab  Qamchiq  va  Rezak  davonlarida 
avtomobil transporti harakati uchun mo„ljallangan tonellar qurish ishlari 
muvaffaqiyatli  yakunlanadi.Qamchiq  tonnelining  uzunligi  890,  Rezak 
tonnelining  uzunligi esa 368 metrga teng bo„ldi.  
Respublikada xalqaro avtomobil yo„llari bilan bog„laydigan yo„llar 
qurish  ishlariga  ham  e‟tibor  kuchaydi.  Jumladan,  Xitoy  Xalq 
Respublikasiga  chiqish  uchun  imkon  to„g„diradigan  Andijon  –  O„sh  – 
Ergashtom  –  Qashqar  avtomobil  yo„lining  qurilishiga  O„zbekiston  o„z 
hissasini qo„shmoqda. 
Ko„pgina  mamlakatlarda  bo„lgani  kabi,  O„zbekistonda  ham 
xalqaro  yo„nalishlarda  yuklarni  avtomobillarda  tashish  bo„yicha 
Uyushma  tashkil  etilgan.  Jeneva  shahrida  avtomobil  transporti    xalqaro 
uyushmasi  kongressida  O„zbekiston  ham  bu  nufuzli  tashkilotga  a‟zo 


 
 
200 
200 
bo„lib  kirdi.  Ushbu  uyushma  Respublikamiz  hududida  boshqa 
mamlakatlar  yuk  tashuvchilarining  manfaatlarini  muhofaza  qiladi  va 
avtomobil  yo„llari  holati,  yoqilg„i  narxi,  yo„l  uchun  to„lov  bahosi  va 
boshqa masalalar bo„yicha zarur ma‟lumotlar bilan xabardor etib turadi.  
Mamlakatimizning ichki va tashqi aloqalarida havo transportining 
ahamiyati  ayniqsa,  O„zbekistonning  jahon  hamjamiyatiga  chuqur  kirib 
borishi bilan dolzarblik kasb etmoqda. 
Respublika  havo  transporti  –  fuqaro  aviatsiyasi  tarixi  1920 
yillardan  boshlanadi.  1924  yil  12  mayda  uzunligi  800  km  bo„lgan 
Toshkent  –  Avliyoota  (janubiy)  –  Pishpek  (Bishkek)  –  Olmaota 
marshrutida  dastlabki  yo„lovchilar  tashish    amalga  oshirildi.  O„sha  yili 
uzunligi 450 km bo„lgan Kogon-Oqto„qay – Darg„onota – Hiva hamda 
Buxoro-Termiz – Dushanbe havo yo„llari ochildi. 1930 yildagi Toshkent 
– Moskva yo„lida samolyotlar muntazam qatnay boshladi. 
 Hozir  havo  transporti  orqali  asosan  yo„lovchilar  tashiladi.  Shu 
bilan birga bir manzildan ikkinchi manzilga tez yetkazish zarur bo„lgan 
yuklarni,  ayniqsa  tez  bo„ziladigan  yuklarni  ham  tashishda  havo 
transportidan foydalaniladi. 
1993  yili  “O„zbekiston  havo  yo„llari”  Milliy  aviakompaniyasi 
tashkil  etildi.  Aviakompaniya  xilma-xil  tipdagi  havo  transporti 
vositalariga ega. Jumladan, unda qishloq xo„jalik ishlariga mo„ljallangan 
“AN-2”,  mahalliy  yo„llarida  qatnaydigan  “AN-24”,  “OK-40”,  xalqaro 
yo„llarda  qatnaydigan  “IL-76”,  “IL-62”,  “IL-86”,  “TU  -54”,  “A-310” 
kabi samolyotlar bor. 
“O„zbekiston  havo  yo„llari”  “Boing”  kompaniyasi  o„rtasida 
imzolangan shartnomaga ko„ra 1996 yil avgust oyidan boshlab toshkent 
bilan  jahonning  qator  shaharlari,  jumladan  Nyu-York,  Afina,  Jakarta, 
Singapur  kabi  shaharlar  orasida  “Boing”  samolyotlari  uchishi  yo„lga 
qo„yildi.  
“O„zbekiston havo yo„llari” aviakompaniyasining Yevropa, Osiyo 
va  Amerikadagi  bir  qancha  mamlakatlarida  vakolatxonalari  ochilgan. 
1993-1998  yillarda  O„zbekiston  20  dan  ortiq  yo„nalishda  xalqaro 
mashrutda  samolyot  qatnovini  yo„lga  qo„ydi.  Jumladan,  London, 
Manchestr,  Frankfrukt,  Tell-Aviv,  Jidda,  Bangkok,  Istambul,  Karachi, 
Pekin,  Seul,  Afina,  Amstrdam,  Nyu-York,  Kuala-Lumpur,  Jakarta, 
Dana, Parij va boshqa chet el shaharlariga muntazam xalqaro aviareyslar 
tashkil qilingan. 
Mamlakatimiz yo„lovchi aylanmasi harakatida havo transportining 
salmog„i  9,3  foizni  egallaydi.Keyingi  yillarda  Xitoy,  Pokiston,  Sudan, 


 
 
201 
201 
Buyuk-Britaniya va boshqa mamlakatlar aviakompaniyalari O„zbekiston 
samolyotlarini  frakt  yo„li  bilan  ijaraga  olib  ishlatish  yo„nalishi  tobora 
kengayib bormoqda. 
Mamlakatimizda suv transporti rayonlararo va xalqaro ahamiyatga 
ega  bo„lib,  xalq  xo„jaligi  yuklarini  tashish  hamda  Turkmaniston, 
Afg„oniston  davlatlari  bilan  iqtisodiy  aloqalar  uchun  xizmat  qiladi. 
Respublika  suv  transporti  salohiyatidada  Amudaryoning  ulushi  katta. 
1950  yilda  Amudaryoning  nisbatan  boshlang„ich  qismi  Surxondaryo 
viloyati  hududida  Termiz  daryo  porti  tashkil  etilgan.  1952  yilda  esa 
Xo„jaylida kema ta‟mirlash zavodi qurilgan. Amudaryo sohillarida yangi 
Sharlavuq,  To„rtko„l,  Beruniy,  Qoratov,  Xo„jayli  bandargoh  (pristan) 
lari qurilgan. 
Respublikada suv yo„llarining umumiy uzunligi 1000 km ga yaqin. 
Daryo suvining kamayishi va Orol dengizining qurib borishi respublika 
suv transportiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. 
O„zbekiston hududida yirik tabiiy gaz, neft konlarining topilishi va 
ishga  tushirilishi  saballi  quvur  transporti  rivojlandi,  muhim  ahamiyatga 
ega  bo„lgan  gaz  quvurlari  vujudga  keldi.  Tarixga  nazar  tashlasak, 
O„zbekistonda    birinchi  neft  quvuri  1908  yilda  ishga  tushganini 
ko„ramiz. O„sha yili Chimyon neft konidan Oltiariq neftni qayta ishlash 
zavodiga 20 km  quvur tortilgan edi. Keyinchalik mamlakatda yangi neft 
gaz  konlarining  topilishi  quvur  transporti  rivojlanishiga  ta‟sir  ko„rsata 
bordi. 
Endilikda 
Surxondaryoda 
(Lalmikor 

Qumqo„rg„on), 
Qashqadaryoda  (g„arbiy  Toshloq-  Qashqadaryo  stansiyasi  va  Shimoliy 
O„rtabuloq-Oltingugurt  zavodi),  Buxoroda  (Ko„kdumaloq-Buxoro)  neft 
quvurlari qurilgan. 
Mamlakatda  gaz  sanoatining  rivojlanishi  esa  gaz  quvurlari 
geografiyasini  juda  kengaytirib,  uning  xalqaro  ahamiyatini  oshirib 
yubordi.  Mamlakatda  gaz  quvurlari  qurishga  1960  yillarning  boshida 
kiritilgan  edi.  O„sha  yillari  “Asaka-Andijon”,  “Xo„jaobod-Farg„ona”, 
“Shimoliy  So„x  –  Qo„qon”,  “Gazli  -  Kogon”  gaz  quvurlari  qurilgan. 
Keyinchalik “Jarqoq – Samarqand - Toshkent”, “Gazli – Sverdlovskiy” 
gaz  quvurlari  ishga  tushirilgan.  Hozirgi  vaqtda  esa  O„zbekiston  gaz 
quvurlari orqali Markaziy Osiyo davlatlarining bir qator davlatlari bilan 
bog„langan. 
Aholini chuchuk suv bilan ta‟minlashda ham quvur transportining 
ahamiyati 
ortib 
bormoqda.Umuman, 
quvur 
transportining 
rivojlantirilishi va uning xalq xo„jaligida mavqiyening oshirilishi ishlab 
chiqarishda 
mehnat 
unumdorligi 
oshishiga, 
mahsulot 
tannarxi 


 
 
202 
202 
pasayishiga,  atrof-muhitning  ekologik  jihatdan  toza  bo„lishiga  olib 
keladi. 
Yuqoridagilardan  tashqari,  mamlakatimizda  elekrt  tizimi  vujudga 
kelishi va uning O„rta Osiyo tizimiga ulanishi bilan transportning yangi 
turi-elektron  transport  vujudga  keldi.  Viloyatlararo  o„tkazilgan  yuqori 
kuchlanishli elektr liniyalari orqali elektr quvvati uzatiladi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish