1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining


Tabiiy  sharoit  va  agroiqlimiy  resurslar



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

Tabiiy  sharoit  va  agroiqlimiy  resurslar
.  Xo„jalikning  barcha 
tarmoqlari,  shuningdek,  aholining  joylashuvida  tabiiy  sharoitining  roli 
katta.  Bu  borada  ayniqsa  yer,  suv,  harorat,  tuproq  kabilar  muhim 
ahamiyat  kasb  etadi.  Yerning  ishlab  chiqarishni  joylashtirishdagi  o„rni 
uning  maydoni,  katta  –kichikligi,  geomorfologik  xususiyatlari  bilan 
tavsiflanadi. 
Yer  jamiyat  rivojlanishining  eng  qadimiy,  eng  birlamchi  omildir. 
Ksenofont  (ye.o  430-355  yy..)  «Yer  insonni  sog„lom  to„q  va  adolatli 
qiladi»,  deb  yozgan  edi.  Ingliz  iqtisodiyoti  va  statistikasining 
asoschilaridan  biri  U.Petti  (1623-1687  yy.)  fikricha,  mehnat  boylikning 
otasi,  yer  esa  uning  onasidir.  Yana  shuni  ta‟kidlash  lozimki,  agar  yer 
ko„pgina xo„jalik tarmoqlari-sanoat, transport va boshqalar uchun oddiy 
sharoit sifatida xizmat qilsa, u qishloq xo„jaligida bebaho boylik, muhim 
resurs  hisoblanadi.  Ayni  vaqtda  sanoat  korxonalarining  (masalan,  yirik 
metallurgiya,  kimyo  yoki  mashinasozlik  zavodlari)  katta    maydonlarni 


 
20 
egallashni  ham  unutmaslik  kerak.  Shuningdek,  bunday  maydonlar 
aeroportlar uchun ham talab etiladi. 
Suv  resurslarining  ham  ahamiyati  ko„p  hisoblanadi.  Sanoatda  suv 
va  issiqlik  elektr  stansiyalari,  qora  va  rangli  metallurgiya,  sellyuloza-
qog„oz,  gidroliz,  sintetik  tola  ishlab  chiqarishda,  to„qimachilikda  ko„p 
sarflanadi  (ayrim  ma‟lumotlarga  ko„ra,  sanoat    butun  xalq  xo„jaligida 
sarflanadigan  suvning  40  foizini  iste‟mol  qiladi).  Masalan,  sintetik  tola 
ishlab chiqarish uchun 2000 m
3
, 1 tonna ip gazlamasiga 1260 m
3
, 1200 
ming kvt quvvatga ega bo„lgan issiqlik elektr stansiyasi uchun esa 1200 
mln
3
  suv  sarflanadi.  Demak,  bu  va  shunga  o„xshash  sanoat 
korxonalarining  suv  sig„imi  juda  yuqori.  Mazkur  omilning  qishloq 
xo„jaligi va ayniqsa sug„orma dehqonchilikdagi o„rni yanada yuqori va 
an‟anaviyroq. Zero, dastlabki madaniylashgan, rivojlangan joylar aynan 
Yer  yuzining  sugorma  dehqonchilik  rayonlarida,  vohalarda  vujudga 
kelgan  (Nil  deltasi,  Mesopotamiya,  Hind-Gang  pasttekisligi,  Xuanxe 
daryosining o„rta qismi, Movaraunnahr  va b.). 
    Issiq  iqlim sharoitida sanoat korxonalarini ochiq usulda qurish, 
suv  va  boshqa  alkogolsiz  ichimliklar,  ip  gazlama  ishlab  chiqarishga 
o„xshash  tarmoqlarni  ko„proq  rivojlantirish  talab  etiladi.  Ob-havo  va 
iqlim  transportining  ko„pgina  turlarini  rivojlantirish  va  joylashtirishga 
ham ta‟sir qiladi. Shuningdek, tabiiy geografik sharoitlar rekreatsiya va 
turizm sohalarini tashkil etishda ham katta ahamiyatga ega. 
O„zbekiston  Respublikasining  yer  boyligi  ancha  katta  (maydoni 
448,9  ming  kv.km.).  Uning  iqlim  sharoitlari  ham  qulay-ba‟zi  qishloq 
xo„jalik mahsulotlarini bir yilda 2-3 marta hosilni olish mumkin. Biroq, 
qishloq  xo„jaligida  mavjud  yerlardan  unumli  foydalanish  uchun 
irrigatsiya  va  melioratsiya,  agroinfrastruktura  tizimini  rivojlantirish, 
ekologik muammolarni hal qilib berish talab etiladi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish