175
175
O„zbekiston sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan sanoat
korxonalari juda ko„p. Ularda sut-qatiq, sariyog„, quruq sut, pishloq,
brinza, qaymoq, muzqaymoq kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi. 1995
yilda tashkil qilingan birgina «O„zgo„shtsutsanoat» uyushmasi tarkibida
37 ta sut korxonasi, 118 ta sut qabul qilish punkti faoliyat ko„rsatmoqda.
Bu sohada xususiy tadbirkorlik rivojlanib bormoqda.
Oziq-ovqat sanoati yalpi mahsulotining 40 foizini beradi. Bu
tarmoqda paxta, shoyi ishlab chiqarish yetakchilik qiladi. Eng yirik yog„
ekstraksiya zavodlari Guliston, Kosonsoy, Farg„ona, Qo„qon,
Kattaqo„rg„on, Denov, Urganchdir.
Respublikada un ishlab chiqarish rivojlangan bo„lib, sutkasiga 120
t. dan 500 tonnagacha don tortadigan 20 dan ortiq korxona qurilgan. Shu
asosda non ishlab chiqarish asosan « O„zdonmahsulot» tarkibidadir.
Unga 4 ta non ishlab chiqarish birlashmasi va 21 ta non zavodi qaraydi.
Mamlakatda vino va aroq ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat
korxonalarining yillik ishlab chiqarish quvvati 25 mln. d/l ga teng.
Tarmoqda 16
ta yirik
korxona bor. Sohaga ixtisoslashgan
«Toshkentvino» kombinati, Toshkent shampan vinolari zavodi,
Samarqand vino va Samarqand- «Zarafshon» vino kombinatlari,
Yangiyo„l, Qo„qon, Buxoro, Shahrisabz, Denov va boshqa shaharlarda
yirik korxonalar bor. Resublikada pivo va alkogolsiz ichimliklar ishlab
chiqarish ham keng rivojlantirilgan. Bu sohaga ham zamonaviy
texnologiyalar kirib kelmoqda. Misol qilib, Samarqand shahridagi
Chexiya bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan «Pulsar» pivo
mahsuloltini aytish mumkin.
Mamlakatda qand-shakar ishlab chiqarish ham mavjud. Bu sohani
xom ashyosi sifatida qand lavlagi yetishtirish ko„paytirilmoqda. 1995-
1997 yillarda Turkiya firmalari bilan hamkorlikda Xorazm viloyatining
Xazorasp tumanida shakar zavodi qurildi. Zavod sutkasiga 3 ming tonna
qand lavlagini qayta ishlash quvvatiga ega.
Mamlakat oziq-ovqat sanoat korxonalarida 142,6 ming t. go„sht va
go„sht mahsulotlari, 213,4 ming t. sut va sut mahsulotlari, 276 ming t.
o„simlik yog„i, 54,2 ming t. makaron mahsulotlari, 542,2 ming t. non va
non mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Oziq- ovqat sanoatining mamlakatda hududiy joylanishida
tafovutlar mavjud. Respublikamiz sanoatida Farg„ona (13,0 foiz),
Toshkent (11,8 foiz), Andijon (9,8 foiz) viloyatlarining salmog„i yuqori.
Do'stlaringiz bilan baham: