1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

Rudali  resurslar.
  O„zbekiston  hududi  ayniqsa,  rangli  metall 
rudalariga boy. Jumladan, O„zbekiston mis rudasining zahirasi bo„yicha 
MDH  da  Rossiya  va  Qozog„istondan  keyingi  o„rinda turadi.  Mamlakat 
miss  konlari  asosan  Qurama  tog„  tizmasida  keng  tarqalgan.  Uning 
Olmaliq  atrofidan  Qalmoqqir,  Dalniy  va  Sarichek  konlari  eng 
yiriklaridir.  Qo„rg„oshin-rux  konlari  janubi-g„arbiy    Husor  tog„larida 
joylashgan.  Qurama  tog„idagi  Lashqaran  polimetall  konidan  qadimda 
kumush,  qo„rg„oshin  qazib  olingan.  Ular  endilikda  sanoat  asosida 
Qo„rg„oshinkon 
konidan 
olinadi. 
Shimoliy 
Nurota 
tizmasi 
yonbag„irlarida  ma‟dan  konlari,  Xondiza  (Surxondaryo)da  yirik 
polimetall konlari topilgan. 
O„zbekiston  oltin  zahirasiga  juda  boy.  Qimmatbaho  oltinning  bir 
necha  endogen  va  ekzogen  konlari  topilgan.  Uning  eng  yirik  konlari 
Markaziy  Qizilqum  (Muruntov  va  Kakpatas)  da  joylashgan. 
Mamlakatimiz qidirb topilgan oltin zaxiralariga ko„ra jahonda to„rtinchi, 
uni  qazib  chiqarish  hajmi  bo„yicha  oldingi  o„nlikda  turadi.  Oltinning 
Muruntov  va  Kakpatas  konlari  tokembriy  va  quyi  paleozoy  jinslarida, 
Olmaliq 
guruh 
konlari 
ega 
intruziyalarda 
joylashgan. 
Oltin 
Marjonbuloq,  Zarmitan,  Chodak,  Uchbuloq,  Qoraqo„ton,  Kaundi 
konlarida  katta  zaxiralarga  ega.  Umuman,  mamlakatimiz  hududida 
oltinning 30 dan ortiq konlari topilgan va ularning zaxirasi aniqlangan. 
O„zbekistonda  kumush  konlari  ham  ko„p.  Uning  asosiy  konlari 
Qurama  tog„larida  joylashgan.  Navoiy  viloyatidagi  Visokovoltnoye 
Ukjetpes  konlari  va  Namangan  viloyatidagi  Oqtepa  zaxiralari 
aniqlangan kumush konlaridir. 
Nodir metallardan volfuram (Langar, Qoratepa, Quytosh, Ingichka, 
Yakton,  Chochtepa  konlari),  molibden  (Hisor,  Qurama  va  Chotqol 
tizmalarida)  ko„p  uchraydi.  Qalayning  mamlakatimizda  100  dan  ortiq 
konlari mavjud. Shulardan Qarnob koni 1950 yillarda ishga tushirilgan. 
Vismut  rudalari  chotqol-Qurama  tog„larida  topilgan.  Simob  va  Surma 
tarkibiga  rudalar  respublikamizning  Janubiy  Farg„ona  qismida  ko„p 
uchraydi. U yerda simobning 110 dan,  surmanning 10 dan ortiq konlari 
istiqboli hisoblanadi.  
Mamlakatimizda  rudali  resurlardan  temir  rudasining  konlari  ham 
topildi.  Cho„kindi  jinsli  temir  ruda  konlari  bur  va  uchlamchi  davr 
yotqiziqlarida  joylashgan  bo„lib,  bunday  konlar  Orolbo„yi  regionida, 
Qiziqumda  va  Jizzax  viloyati  hududida  uchraydi.  1999  yilda  geologlar 


 
135 
tomonidan  zaxirasi  qayta  aniqlangan.  Jizzax  viloyati  Forish  tumanidagi 
temir  ruda  konining  sanoat  ahamiyati  katta  bo„lib,  uning  tarkibida  60 
foiz atrofida sof temir borligi aniqlangan. 
O„zbekistonda  marganes  konlari  ham  bor.  Uning  Zarafshon 
tog„larida  Ziyoviddin,  Devtosh,  Qizilbayroq,  Taxtaqoracha,  Teransoy, 
Cho„panota  konlaridan  zaxiralarining  tarkibi  toza  rudaga  ancha  boy 
(ruda tarkibida toza marganes 8 foizgacha).  
Mamlakatimizning  ayrim  hududlarida  sanoatning  qimmatbaho 
xomashyo bo„lgan o„ran ham bor. Mamlakatimiz bu xom ashyo zaxirasi 
va qazib chiqarish bo„yicha ham yetakchi davlatlardan hisoblanadi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish