Mujassamlashuv,
eng avvalo, korxona yoki boshqa ishlab
chiqarish ob‟ektlarining katta-kichikligini anglatadi. Tabiiyki, jamiyat
rivojlanishi bilan mujassamlashuv darajasi ham oshib boradi. Shu nuqtai
nazardan o„ziga xos mujassamlashuv qonuniyati mavjud, bir vaqtlar
mahsulotlar uncha katta bo„lmagan korxonalarda ishlab chiqilgan bo„lsa,
keyinchalik ular asta-sekin yiriklashib borgan.
Ishlab
chiqarishning
mujassamlashuvi
katta
iqtisodiy
samaradorlikka (mujassamlashuv, aglomeratsiya samaradorligi) olib
kelsa-da, bu jarayon cheksiz emas va uni har qanday sharoitda ham
ijobiy baholab bo„lmaydi. Demak, mujassamlashuv qonuniyatining ham
14
o„zining chegarasi, me‟yori mavjud. Ammo, bu bilan mujassamlashuv
o„z mohiyatini yo„qotmaydi, balki u o„z shaklini o„zgartiradi, xolos.
Majussamlashuv sanoat misolida juda aniq ko„rinadi. Bu borada
ishlab chiqarish fondlari, yalpi mahsulot yoki ishchi va xizmatchilarning
turli yiriklikdagi korxonalarda yig„ilishi, to„planishi sof holdagi ishlab
chiqarish yoki korxona mujassamlashuvi, ularning shaharlar va rayonlar
joylashuvini esa o„rbanistik va hududiy mujassamlashuv sifatida
ko„rsatish o„rinli.
Majussamlashuvning bu shakllari bir-biriga o„tib turadi va turli
rayon yoki mamlakatlarda har xil birikmada bo„ladi. Chunonchi,
shaharning markazlashuv darajasi ma‟lum bir bosqichga yetgandan
keyin o„ziga xos vaziyat vujudga keladi, ya‟ni endi mazkur shaharda
qo„shimcha korxonalarni qurish imkoniyati qolmaydi. Ekologik, uy-joy,
transport muammolari keskinlashadi, qurish uchun yer maydoni ham
yetishmaydi va ayni paytda yangi korxona bu markazdan olisda
joylashuvni ham «istamaydi». Demak, yirik shaharda ham emas, undan
uzoqda ham emas; shaharning ichki imkoniyati yo„q, korxona esa undan
yiroqlasha olmaydi. Natijada yangi korxona yoki ilmiy tekshirish
muassasalari, oliy o„quv yurtlari yirik shaharning ta‟sir doirasida
o„rnashadi shahar aglomeratsiyasi yoki sanoat tuguni vujudga keladi.
Mujassamlashuvning yuqori yoki pastligi ayni paytda ma‟lum bir
sohaining rivojlanganlik darajasini belgilaydi. Bu yerda «umumiy
maxraj» bo„lib shahar, viloyat yoki boshqa bir joyda yashovchi
aholining ulushi, hissasi xizmat qiladi. Aytaylik, Farg„ona vodiysida
O„zbekiston Respublikasi aholisining 27 foizi joylashgan. Agar u yoki
bu ishlab chiqarish ko„rsatkichi shu raqamdan qancha yuqori bo„lsa, u
holda mazkur ishlab chiqarish tarmog„i vodiyda rivojlangan, iqtisodiy
mujassamlashgan bo„ladi.
Mujassamlashuv qishloq xo„jaligi va ayniqsa transportda uncha
sezilarli emas, chunki ularning joylashuvi «nuqtasimon» bo„lmay, balki
areal (maydon) va lentasimon shaklga ega. Albatta, bu yerda sof holdagi
ishlab chiqarish, ya‟ni korxona darajasidagi mujassamlashuv nazarda
tutiladi.
Bunday
mujassamlashuv
aholi
joylashuvida,
aholi
manzilgohlarning katta-kichikligida, sog„liqni saqlash, ta‟lim tizimi,
savdo, sport, madaniyat va boshqa ijtimoiy sohalar korxonalarini tashkil
qilishda
yaqqolroq
namoyon
bo„ladi.
Biroq,
yuqorida
ta‟kidlaganimizdek, mazkur tarmoqlarda ham o„tish davrida faqat
korxonalarni qurish ijobiy natijalar bermasligi mumkin.
15
Tarixan qaraganda, ixtisoslashuv mujassamlashuvdan oldin paydo
bo„lgan. Zero, dastlabki ijtimoiy mehnat taqsimoti oila a‟zolarini – ayol
va erkaklarni turmushning turli sohalariga ixtisoslashuvida o„z aksini
topgandi (ayollar uy yumushlari bilan, erkaklar ovchilik bilan
shug„ullanardilar). Ma‟lumki, bu davrda kishilar tabiatda mavjud
bo„lgan oziq-ovqat bilan kun kechirar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |