Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usui: Tayyor prezentatsiya materiallari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
Kutiladigan natijalar
|
O'quvchilarning Paskalda shakllar chizish protseduralari. SetColor (rang) –chiziq rangini tanlash SetBkColor(rang) –fon rangini tanlash protseduralari. Joriy rang tushunchasi. Line(X1,Y1,X2,Y2), Circle(X,Y,R) va boshqa protseduralarning vazifalari. takrorlash operatoridan foydalanish malakasi shakllanadi.
|
Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)
|
O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki ham- kasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.
|
Darsning borishi va vaqt taqsimoti
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, fan yangiliklari bilan tanishish, kompyuterlarni ishchi holatida ekanligini aniqlash.
II. O`tilgan mavzuni so`rash.
1. Paskalning Graph moduli qanday maqsadda qo'llaniladi?
2.Grafik holatda ekrandagi nuqtaning o'rni nimasi bilan aniq- lanadi?
3.Ekranni grafik holatga o'tkazish uchun Paskalda qanday ko'rsatma beriladi?
4.Grafik holatdan «chiqish» uchun qaysi protsedurasi qo'llaniladi?
5.PutPixel, GetPixel, GetMaxX va GetMaxY funksiyalarining vazifasini aytib bering.
III. Yangi mavzu bayoni.
Avval ko'rdikki, nuqtalar yordamida ham, oson bo'lmasada, turli shakllar hosil qilish mumkin. Ammo Paskalning tayyor shakllar hosil qiluvchi operatorlari ham bor. Mazkur operatorlar yordamida oldindan tanlangan biror rang bilan turli shakllar chizish mumkin.
Paskalda chiziq rangini tanlash uchun SetColor(rang), fon rangini tanlash uchun esa SetBkColor(rang) protseduralaridan foydalaniladi. Bu yerda rang — butun sonli o'zgaruvchi yoki o'zgarmas bo'lib, u tanlangan rang kodini yoki unga mos konstanta nomini ifodalaydi. Tanlangan rang joriy rang deyiladi. Agar avvaldan biror rang tanlanmagan bo'lsa, u holda oq rang joriy hisoblanadi.
Line(Xl,Yl,X2,Y2) protsedurasi ekranning (XI,Yl) koordinatali nuqtasi bilan (X2,Y2) koordinatali nuqtasini birlashtiruvchi joriy rangli kesma chizadi.
Circle(X,Y,R) protsedurasi markazi (X,Y) nuqtada va radiusi R ga teng aylana chizadi. Endi aylanalar bilan bog'liq masalalarni
osongina hal etish mumkin.
1-misol. Uchlarining koordinatalari (10,200) va (630,200) bo'lgan ko'k rangli kesma hamda markazi (300,200) koordinatali nuqtada va radiusi 100 bo'lgan yashil rangli aylana chizing. Fon sariq rangda bo'lsin.
Uses Graph;
Var gd, gm : Integer;
Begin Gd:=Detect; InitGraph(gd, gm,");
SetBkColor(Y ellow);
Setcolor(Blue); Line( 10,10,630,200);
Setcolor(Green); Circle(300,200,100);
Readln; CloseGraph;
End.
Ellipse(X,Y,BB,OB,XR,YR) protsedurasi markazi (X, 7) nuqtada, x va y o'qlari bo'yicha radiuslari mos ravishda XR va YR ga teng ellipsning BB burchagidan OB burchagigacha bo'lgan yoyini chizadi. Burchak gradus o'lchov birligida beriladi. XR=YR bo'lsa, aylananing yoyi chiziladi.
Reetangle(Xl,Yl,X2,Y2) protsedurasi ekranda yuqori chap burchagi (XI,Yl) koordinatali va quyi o'ng burchagi (X2,Y2) koordinatali nuqtada bo'lgan m»» to'g'ri to'rtburchak chizadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |