Uslub: Aralash.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida
Kutiladigan natijalar
|
O'quvchilarning kompyuter imkoniyatlari to'g'risidagi bilim va ko'nikmalari rivojlanadi. Crt moduli, uning protsiduralari hamda vazifalari bilan tanishailar.Paskalda qo'llaniladigan ranglarning kodlarini bilib oladilar Qo’yilgan masala yechiini chiroyli ko’inishda ekranga chiqarishni o’rganadi.
|
Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)
|
O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi
|
Darsning borishi va vaqt taqsimoti
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O'tilganlarni takrorlash
|
7 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
14 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
13 daqiqa
|
5
|
Uyga vazifa
|
3 daqiqa
|
Tashkiliy qism.Salomlashish, o’quvchilarni darsga jalb qilish,sinf xonasining tozaligi, davomatni aniqlash. O’quvchilarni dunyo bo’ylab informatika fani yangiliklaridan boxabar qilish.
O’tilgan mavzuni takrorlash
1.Ma'lumotlarni muloqot usulida kiritish operatorining vazifasini tushuntiring.
2. Nima uchun bu usul ma'lumotlarni muloqot usulida kiritish deb ataladi?
3. Ma'lumotlarni kiritish operatorlarining farqi nimada?
4. O'zgaruvchilarga qiymat berishda kiritish operatorining qulaylik tomonini izohlang.
5. Kiritish operatoridagi qiymat berilayotgan o'zgaruvchini qanday usulda bilish oson?
6. Natijani ko'rib olishda Readln operatori beradigan qulaylikni izohlang.
Yangi mavzu bayoni:
Biz avvalgi darslarda axborotlarni ekranga chiqarish usullari bilan tanishdik.Bu usullarda axborotning har biri ekranga o'zidan avval chiqarilgan axborotning davomidan chiqariladi.Lekin, Paskal dasturlash tilida axborotlarni ekranning ko'rsatilgan joyidan chiqarish imkoniyati ham mavjud.Bundan tashqari, ekranga chiqarilayotgan belgilarni hamda ularning fonini har xil ranglarda berish ham mumkin. Aytib o'tilganidek, Paskalning ekran bilan ishlashga yo'naltirilgan protsedura va funksiyalari Crt modulida joylashgan. Shu sababli ulardan foydalanish uchun ushbu modulga murojaat qilish lozim.Buning uchun dastur boshida Uses Crt; ko'rsatmasi beriladi.
Crt moduli ekranga rangli axborot chiqarish imkonini berar ekan, qanday ranglardan foydalanish mumkinligini bilib olaylik. Paskalda, asosan, 16 xil rang ishlatilshi mumkin. Ular 0 dan 15 gacha butun sonlar bilan kodlangan.Crt modulida bu sonlarga mos konstantalar ham ajratilgan. Bu konstantalarning nomlari ularga mos ranglarning ingliz tilidagi ifodasi bilan mos keladi.
Quyidagi jadvalda Paskalda qo'llaniladigan ranglarning kodlari va ularga mos konstantalar nomlari keltirilgan:
Biror rangni tanlash uchun Paskalning maxsus protseduralari yordamida qavs ichida shu rangning kodi yoki unga mos konstanta nomi ko'rsatiladi. Ranglar matn va fon uchun turlicha tanlanishi maqsadga muvofiq, aks holda matn fon ichida ko'rinmay qoladi. Matn va fon uchun belgilangan oxirgi ranglar mos ravishda matnning joriy rangi va fonning joriy rangi deyiladi. Agar awaldan biror rang tanlanmagan bo'lsa, matn uchun oq, fon uchun esa qora rang joriy hisoblanadi.
Endi Crt moduli tarkibiga kirgan ba'zi protseduralari bilan tanishamiz. Matn va matn foni rangi bilan ishlaydigan protseduralari quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |