Uslub: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usui: Tayyor prezentatsiya materiallari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
Kutiladigan natijalar
|
O'quvchilarning kompyuter imkoniyatlari to'g'risidagi bilim va ko'nikmalari rivojlanadi. O’quvchilar fayilli o’zgaruvchilar tushunchasi, text xizmatchi so’zi, tashqi xotira bilan bog’lanish, fayilga yozish , fayildan o’qish va fayilning davomiga yozish protsiduralarining vazifalari bilan tanishadilar va ularning amaliyotda foydalanish ko’nikmasiga ega bo’ladilar
|
Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)
|
O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki ham- kasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.
|
Darsning borishi va vaqt taqsimoti
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O'tilganlarni takrorlash
|
7 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
14 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
13 daqiqa
|
5
|
Uyga vazifa
|
3 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, fan yangiliklari bilan tanishish, kompyuterlarni ishchi holatida ekanligini aniqlash.
II. O`tilgan mavzuni so`rash.
1.To'g'ri to'rtburchak chizish protsedurasida xl, yl, x2 va y2 lar nimani anglatadi?
2.DrawPoly protsedurasi yordamida qanday shakllar chizish mumkin?
3.Fon rangini o'zgartirishni amalda ko'rsating.
4.SetFillStyle yordamida qanday shakllar chizish mumkin?
5.Ichi bo'yalmagan va bo'yalgan ko'pburchak chizish usullarini izohlang.
III. Yangi mavzu bayoni.
Biz kiritish va chiqarish operatorlari bilan tanishdik. Kiritish operatori yordamida ma'lumotlarni klaviatura orqali kiritish mumkin bo'lsa, chiqarish operatori ma'lumotlarni ekranga chiqarar ekan. Ba'zan shunday masalalar uchraydiki, chiqarilishi lozim bo'lgan
ma'lumotlar ekranga sig'may qoladi. Ba'zi masalalarning natijalarini esa keyinchalik foydalanish uchun saqlab qo'yish lozim bo'ladi. Bunday hollarda kerakli ma'lumotlarni fayl ko'rinishida saqlash maqsadga muvofiq. Siz fayllar va ularning formatlari (matnli, grafik va hokazo) haqida yetarli ma'lumotga egasiz. Paskal dasturlash tili turli formatli fayllar bilan ishlash imkonini beradi. Paskalda fayllar bilan ishlash uchun maxsus fayl turdagi o'zgaruvchilar (faylli o'zgaruvchilar) kiritilgan. Faylli o'zgaruvchilar orqali tashqi xotirada joylashgan fayllar ifodalanadi. Sonli o'zgaruvchining qiymati son, satrli o'zgaruvchining qiymati satr bo'lgani kabi, faylli o'zgaruvchining qiymati fayl bo'ladi. Faylli o'zgaruvchilar ham tavsiflanishi shart.
Biz quyida faqat matnli fayllar bilan ishlashni ko'ramiz. Matnli fayllar har xil uzunlikdagi satrlardan iborat bo'ladi. Bunda satr uzunligi 256 ta belgidan oshmasligi lozim. Matnli fayllarni ifodalovchi o'zgaruvchilar Paskalning text xizmatchi so'zi orqali tavsiflanadi. Masalan,
var fmatn : Text; {fmatn — matnli fayl}
Fayllar bilan ishlash uchun Paskalda quyidagi amallarni bajarish lozim:
1.Fayl turdagi o'zgaruvchini tashqi xotiradagi fayl bilan bog'lash;
2.Faylni «o'qish» yoki «yozish» uchun ochish;
3.Fayldagi ma'lumotlarni o'qish yoki faylga ma'lumotlarni yozish;
4.Faylni yopish.
Faylli o'zgaruvchi tashqi xotiradagi fayl bilan Assign(f, ); protsedurasi yordamida bog'lanadi, bu yerda f — fayl turdagi o'zgaruvchi; — tashqi xotirada joylashgan faylning nomini ifodalovchi satrli o'zgaruvchi yoki o'zgarmas. Agar fayl joriy katalogda bo'lmasa, uning to'liq nomi ko'rsatiladi. Masalan, «Navro'z.txt» fayli «D» diskning «Bayram» nomli katalogida joylashgan bo'lsa, uning to'liq nomi quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
d:\ Bayram \ Navro'z.txt
Ushbu faylni f — faylli o'zgaruvchi bilan bog'lash uchun Assign operatori quyidagicha yoziladi:
Assign(f, 'd:\ Bayram \ Navro'z.txt');
Assign protsedurasi faylli o'zgaruvchining qiymatini, ya'ni tashqi xotiradagi aniq bir faylni belgilaydi. Bu faylga murojaat etish (undagi ma'lumotlarni o'qish, yoki unga ma'lumotlar yozish) uchun uni «ochish» kerak. Matnli faylni bir vaqtning o'zida ham o'qish, ham yozish uchun ochib bo'lmaydi. O'qish uchun ochilgan fayldan ma'lumotlarni faqat o'qish mumkin. Yozish uchun ochilgan faylga esa ma'lumotlarni faqat yozish mumkin.
Paskalda fayllarni «yozish uchun» quyidagi ikki xil usulda ochish mumkin:
1)yangi fayl hosil qilish va uni yozish uchun ochish;
2)mavjud faylni unga ma'lumotlar kiritishni davom ettirish uchun ochish.
Rewrite(f) protsedurasi tashqi xotirada yangi fayl hosil qiladi va uni yozish uchun ochadi. U Assign protsedurasi yordamida biror fayl bilan bog'langan bo'lishi kerak. Masalan, Assign(f, 'sumalak.txt'); Rewrite(f); protseduralari bajarilgach, joriy katalogda «sumalak.txt» nomli yangi matnli fayl hosil bo'ladi va unga ma'lumotlar yozish uchun ochiladi. Agar joriy katalogda xuddi shunday nomli fayl awaldan mavjud bo'lsa, endi u o'chib o'rniga yangi fayl yoziladi.
Faylga kerakli ma'lumotlar yozib bo'lingandan so'ng albatta yopilishi kerak. Paskalda ochilgan fayl Qose(f) protsedurasi yordamida yopiladi. Bu operator o'qish uchun ochilgan fayllarni ham yozish uchun ochilgan fayllarni ham yopadi. Tashqi xotiradagi faylli o'zgaruvchiga mos fayl Close protsedurasi qo'llanilishidan awal albatta ochilgan bo'lishi kerak.
Faylga ma'lumotlarni yozish (ma'lumotlarni faylga chiqarish) uchun quyidagi operatorlar qo'llanadi:
Write(f, ); va WriteLn(f, );
bunda f — faylli o'zgaruvchi, o'zaro vergul bilan ajratilgan bitta yoki bir nechta o'zgaruvchi yoki o'zgarmas. Mazkur operatorlar da ko'rsatilgan o'zgaruvchi va o'zgarmaslarning qiymatlarini faylga yozadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |