Korxona pasporti — bu korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlari, resurslari va undan foydalanish darajasi, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, korxonaning umumiy texnik - iqtisodiy koTsatkichlarini ifoda etuvchi hujjat.
Texnik — iqtisodiy hisoblash ishlarini olib borish uchun faqat pasportdagi axborotlar kifoya qilmaydi, balki ular bilan bog'liq bo‘l- gan norma va normativlar, yillik hisobot ma’lumotlari, bahoni bel- gilash, biznes-reja ma’lumotlari ham zarur bo'ladi.
Pasport ma’lumotlari yordamida ishlab chiqarishning muhim holatlari, yo‘qotilgan imkoniyatlar, quwatning yetishmasligi kabilar hisobga olina- di va yuzaga chiqariladi. Bozor iqtisodiyoti qonunining talablari esa bunday hujjatni korxonada bo'lishini obyektiv zaruriyat qilib qo'yadi.
0‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘ta boshlashi bilan yangi mulk shakllari paydo bo‘la boshladi, shunga yarasha «0‘zbekistonda mulk- chilik to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Natijada, mulk shakllarining yangilanishiga yarasha turli xildagi korxona tashkil topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |