0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi erkin Egamberdiyev mikroiqtisodiyot


O‘zbekistonda bozor daromadlarini aholi daromadlariga nisbatan tarkibi1



Download 1,69 Mb.
bet200/288
Sana18.01.2022
Hajmi1,69 Mb.
#390097
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   288
O‘zbekistonda bozor daromadlarini aholi daromadlariga nisbatan tarkibi1

(foil hisobida)




1995

2000

2002

Ish haqi

61,6

56,25

56,2

Bir martalik to'lovlar

-

0,5

0,3

Korxona, tashkilot, ishchi va xizmatchilarning daromadi (ish haqidan tashqari)

2,1

2,4

2,2

Shirkat xo‘jaligida ishlovchilaming

pul daromadlari

10,2

13,4

8,2

Tomorqada yetishtiriigan mahsulotlami

sotishdan tushadigan tushumlar

7,0

4,9

12,1

Boshqa tushumlar

2,1

0,6

1,6





Jadvaldan ko‘rinadiki, bozor daromadlari tarkibida ish haqi ancha yuqori o‘rin olib keladi va 2002-yili - 56,2 foizni tashkil etdi, tomorqa mahsulotlarini sotish va shirkat xo'jaliklarida ishlaganlarning daromadi birgalikda 20,3 foizni tashkil etgan.

Mehnat munosabatlari sohasida bozor munosabatlarini rivoj- langanligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri aholining umumiy pul daromadlari miqdoridagi ish haqining salmog'idir.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda ish haqining hissasi 80%ga yaqin keladi. I



Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida daromadlar hajmida ish haqining ulushi kamaydi. Masalan, 1998-yilda - 23%, 2003- va 2004- yillarda 26,9% bo‘ldi. 2003-yili 2002-yilga nisbatan o‘sish 128,3% bo‘lgan bo'lsa, 2004-yilda 2003-yilga nisbatan 118% bo‘ldi.


14-jadvat

Aholining pullik daromadlari1




Pullik

daromadlarga nisbatan, %da

O'tgan yilga nisbatan %da




2003

2004

2003

2004

Pul daromadlari, jami

100

100

124,9

117,6

Ish haqi

26,9

26,9

128,3

118,0

Pensiya, nafaqa, stipendiva

11.4

12,9

115,9

132,8

0‘ishloq xo‘jaligi mahsulotlarini

sotishdan tushgan daromad

29,7

29,1

127,1

115,5

Tadbirkorlikdan tushgan

daromad va boshqalar

32,1

31,1

123,6

113,9





Ma’lumotlar ko‘rsatadiki, 0‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti talablarini bajarish yo‘lida hali yana ancliagina ishlarni amalga oshirish, iqtisodiyot oldida turgan muammolarni hal etish kerak boriadi.

Hozirgi davrda ishlab chiqarish omillari nazariyasi bilan bog'liq bo‘lgan ish haqi to‘g‘risidagi tushunchalar ko'payib ketdi. Bu haqidagi nazariyani asoschisi Jan Batist Sey. Uning nazariyasi bo'yicha ishlab chiqarish omillari bozorining har biri tovarlarni va uning qiymatini yaratishda shu omillarning xizmat bozorini ko‘rsatadi. Bunday xiz- matlar uchun ham to'lash o'sha omilning (resursning) bahosi yoki undan keladigan daromaddir. Tadbirkorlar tovar-mehnat, xarid qilganlarida aniq bir insonni sotib olmaydilar, uning mehnat mahsuli bo‘lgan, qiymat yaratish (ish bajarish) uchun xizmatlarini tovar va uning qiymatiga egalik qilish huquqini sotib oladilar.I II

Demak, bozor munosabatlari yuzasida ish haqi mehnat bahosi sifatida paydo bo‘ladi.

Ingliz iqtisodchisi A.Marshall fikricha ish haqini keltirib chiqa- ruvchi asosiy omillar ikkita:


  1. Ish haqi miqdoriga ta’sir etuvchi omil har kimda har xil boigan mehnatning pirovard mahsuldorligi;

  2. Xodimlarni o'qitish va (saqlash) ta’minlash, takror yaratish xarajatlari.

Agar birinchi omil mehnatga bo‘Igan talabni belgilasa, ikkinchi omil uning taklifini belgilaydi. Ular o‘rtasidagi munosabat esa ish haqi darajasini aniqlaydi.

A.Marshall tomonidan ikkinchi omil tarkibida xodimlarni o‘qitish uchun ish haqi xarajatlarini ko‘rsatish keyinchalik insoniy kapital nazariyasini keltirib chiqardi. Shu nazariyaga asosan insoniy kapitalni yaratish (bilimlar olish tajribasi, ish qobiliyatini oshirish va bosh- qalar) mehnat samaradorligini oshiradi. Bu narsa esa o‘z navbatida ish haqini o'sishi hisobiga qoplanib ketadi.

Ish haqini o‘sib borishi bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikkita samaraga ega.


  1. Ish haqi oshib borishi bilan ishchi qo‘shimcha vaqt ham ish- lashdan manfaatdor bo‘ladi, chunki unga haq to‘lanadi. Natijada u hordiq chiqarishdan voz kechib ishlash ishtiyoqi paydo bo‘ladi.

Mehnat bozoridagi bunday samara ish haqini asta-sekin oshirib borish natijasida sodir bo‘ladi. Lekin bunday samaraga boshqasi — daromaddan olinadigan samara qarshi turadi.

  1. Ish vaqtini ko‘payishi bilan ishchining hordiq chiqarish vaqti qimmatga tushadi, chunki uning ixtiyoridagi vaqti asta-sekin kamayib boradi. Shunday vaqt keladiki, ish haqi yuqori bo‘Iganda ham ishchi


Bir soatlik ish haqi bahosi



56-chizma. Yakka tartibdagi mehnat taklifi egri chizig'i. 202
L — bir yildagi ish soatlari miqdori

bundan buyon hordiq chiqarishdan voz kechishni xohlamay qoladi. Endi unda ko‘proq dam olish, kitob o‘qish, o‘yin-kulgi, sayyohat qilish, davolanish va h.k.ga ishtiyoqi paydo bo‘Iadi. Buning ma’nosi shuni, ish haqini oshirib borilishi mehnat taklifini oshirmaydi, aksincha uni kamaytiradi. Quyidagi 56-egri chiziq buni ko‘rsatadi.



Bu chizma daromad samarasini ifodalaydi. U ish haqi keskin oshgan sharoitda amal qiladi. Bunda qaysi samaralar kuchli hisoblanadi? Bu savolga javob berish qiyin. Hammasi xodimlarni taklif miqdoriga va alohida kishilarning kishilar guruhining ish haqini o‘sishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Masalan, 0‘zbekiston Respublikasi sharoitida bir kishi bir oyda 100 ming so‘m ish haqi olsa, unga shu yetarli bo‘ladi, u boshqa joyda ishlashni xohlamaydi. Boshqa kishi uchun oyiga 500 ming so‘m yetarli bo‘lsa, ayrimlar uchun bu kamlik qiladi va h. k.

Yuqoridagi chizmada aniq bir xodimni, ishchini ma’lum miqdor- dagi ish haqi uchun ishlashi kerak bo‘lgan umumiy ish vaqti ko‘rsa- tilgan. Bu chizmada bitta sabab — ish haqini o‘sishi tufayli mehnat taklifini o‘sishini va kamayishini ko‘ramiz. Egri chiziqda i nuqtagacha ish haqi o‘sganda mehnat taklifini ham o‘sib borishi ko‘rsatilgan. Undan so‘ng SL chizig'i chap tomonga qayriladi va nisbiy xarakterda bo‘ladi va ish haqi o‘sib borsa ham mehnat taklifi kamayadi. Nima uchun shunday ish haqi oshib borganda ishchi har bir soat bo‘sh vaqtini yo‘qotmaslikka, ishlab qo‘shimcha daromad, samara olishga harakat qiladi.

Lekin o'zini moddiy jihatdan ta’minlash masalasi hal etilganda ishchining bo‘sh qolgan vaqtiga munosabati o‘zgaradi. Bunga erishish uchun mehnat taklifini kamaytirish zarur bo‘ladi. Nimaning hisobiga? Awallari ishlab topgan mablag‘lari hisobiga.

Natijada SL chizma / nuqtadan ordinat o‘qi tomon bukiladi va ish haqi oshib borganda ham mehnat taklifini kamayishini ko'rsatadi; ishchini qisqartirilgan ish kuniga yoki ish xaftasiga o‘tishi, qo‘shimcha dam olish kunlarini, ta’tilga chiqishini (shu jumladan «o‘z hisobidan» bo‘lsa ham) ifodalaydi.

Mehnatning bozor taklifi

Umumiy mehnatga bo‘lgan taklif bir qancha omillarga bog‘liq bo‘Iadi. Ular taklif etilayotgan mehnat xizmatlarining miqdori va sifati, mamlakat aholisining umumiy soni, uning tarkibidagi iqtisodiy jihatdan faol bo'lgan aholining hissasi, o‘rtacha ish kuning uzunligi, xodimlarning kasb-malakasi bo‘yicha tarkibi va boshqalar.

Mehnat taklifi hajmi shuningdek, ish haqi miqdoriga ham bog‘liq. Mehnat bozorida, odatda takomillashgan raqobatchilik sharoitida,

mehnat haqi to'lovlarining o'sishi bilan mehnat bozoridagi sotuvchilar taklifni oshirishga harakat qiladilar. Ishning mehnat taklifi egri chizig‘i ijobiy bo‘lib, quyidagicha ko‘rinadi:






Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish