Aylanma kapitalning tarkibi va undan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari
Aylanma kapital — bu tayyor mahsulot ishlab chiqarish maqsadida texnika-texnologiya va boshqa texnika vositalari yordamida inson mehnati yo'naltirilgan barcha mehnat buyumlari hisobhnadi. Masalan, hayvonlar terisini sanoatda qayta ishlab, charm holidagi tayyor mahsulotni olish, metallurgiyada temir rudasini cho‘yanga, uni po‘latga va prokat mahsulotlarga aylantirish, non ishlab chiqarishda uning nonga aylantirish, chorvadan go‘sht olish, pilladan ipak olish va boshqalar.
Aylanma kapitali tarkibi qo‘yidagicha:
xomashyo, asosiy materiallar va sotib olingan yarim fabrikatlar;
yordamchi materiallar;
yoqilg‘i;
idishlar;
remont uchun ehtiyot qismlar;
asbob-uskunalar va boshqa kam qimmatli, tez yemiriladigan mehnat buyumlari.
Ular korxonada ishlab chiqarish zaxirasi holida bo'ladi. Bu xildagi resurslarga ishlab chiqarish jarayonida har xil miqdorda mehnat sarf qilinadi va ular qo‘yidagicha nomlanadi:
tugallanmagan ishlab chiqarish, ya’ni korxonaning shu sexida tayyor mahsulotga aylanishi kerak bo‘lgan chala tayyor mahsulotlar;
korxona o‘zi ishlab chiqargan yarim fabrikatlar. Ular shu korxonaning boshqa sexida yoki boshqa korxonalarda tayyor mahsulotga aylantiriladi;
kelasi davr xarajatlari yoki davriy xarajatlar. Bunday xarajatlarga mahsulotni iste’molchiga yetkazish, ma’muriy rahbarlik xarajatlari, ishlab chiqarishni tayyorlash, o'zlashtirish va rivojlantirish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar, asosiy fondlar sifatida kapitalga qo'shil- magan xarajatlar va xodimlarni yollash, tayyorlash, qayta tayyorlash kabi xarajatlar kiradi. Ular shu xo‘jalik yilida sarf qilinadi va kelasi davrlarda korxona foydasi hisobiga qoplanadi;
aylanma kapitali tarkibida xomashyo, asosiy materiallar muhim o'rin tutadi. Turli xil tarmoq korxonalarida ular mahsulot tannarxida 70 foizdan 90 foizgacha yetadi. Xomashyo va materiallar ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi. Shuning uchun ham xarajatlarni kamaytirish imkoniyatini ana shu manbalardan qidirish lozim.
Xomashyo — inson mehnati ta’sirida o'zgargan yoki qazib chi- qarilgan har qanday mehnat buyumlari. Xomashyo asosiy xomashyo va yordamchi materiallarga bo‘linadi. Asosiy xomashyo tayyor mah- sulotning asosini tashkil etadi.
Yordamchi materiallar — asosiy materiallarga ulaming xusu- siyatlarini yaxshilash uchun qo‘shiladigan (bo'yoqlar, ishqorlar va shunga o‘xshashlar) moddalar yoki mehnat jarayonlarini amalga oshirishga xizmat qiladigan mehnat buyumlari (yoritish uchun elektroenergiya); texnika vositalarining ishlab turishini ta’minlovchi yoqilg'i, moylar va boshqalar.
Ishlab chiqarish omillari bo‘lgan mehnat va kapitalning, xomashyo va materiallarning o'zaro bir-biriga ta’siri natijasida tayyor mahsulot yaratiladi.
Aylanma kapitali tarkibida ko'rsatilgan resurslar natural birliklarda (dona, tonna, kv.dm va h.k.) va qiymat birligida hisobga olinadi; shu bilan birga kunlik zaxira holida ham hisoblanadi. Ishlab chiqarishda ularning ma’lum kunlik zaxiralari bo‘lishi zarur. Korxonaning aylanma mablag‘lari — xomashyo materiallari va boshqa resurslarni yaratish, ishlab chiqarish, iste’molni uzluksiz bir me’yorda ta’minlash uchun korxonaga yetarli miqdorda ajratilgan pul mablag'laridir. Uning tarkibiga yuqorida ko'rsatilgan aylanma fondlar (aylanma kapitali) va muomala fondlari kiradi. Muomala fondlari tarkibida ombordagi tayyor mah- sulot, korxonada iste’molchiga jo‘natilgan va yo‘lda ketayotgan mahsulotlar, hisob raqamidagi, hisob-kitob ishlaridagi pul mablagiari kiradi. Ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqarish jarayoni faqat mahsulot ishlab chiqarish bilan cheklanmaydi, uni iste’molchiga yetkazib berish jarayoni bilan to‘Idiriladi. Demak, pirovard maqsad iste’molni qondirish va maksimal foyda olishdir. Aylanma mablag‘lari korxonada ketma-ket ravishda pul - ishlab chiqarish — tovar shakiidagi bos- qichlami o‘taydi.
Ularni iqtisodiy mohiyati va oqibatlarini bilish muhim ahamiyatga ega.
Aylanma kapitalidan yoki moddiy resurslardan foydalanish holatini iqtisodiy tahlil qilish, darajasini baholash uchun bir qancha ko‘r- satkichlar ishlatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |