“-Property” xususiyati uchun axborot oqimlari sxemasi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/27
Sana03.12.2022
Hajmi1,54 Mb.
#877765
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
uc5eSIuXit3c8leeCyPq0vgCzJQaYAcp59HCQQ3m

toza stol 
siyosatini va axborotni 
ishlashda 
toza ekran 
siyosatini amalga oshirish. 
Toza stol
siyosatiga ko‘ra tashkilot uchun muhim bo‘lgan 
axborotni xodimlar tomonidan nazoratsiz qoldirilmasligi va ish joyidan 
tashqariga olib chiqmasligi zarur. 
Toza ekran
siyosati esa xodim o‘z 
kompyuteridan foydalanishi davomida uni nazoratsiz qoldirmaslikka 
e’tibor qaratadi. 
Boshqa fizik xavfsizlik choralari: yoritish tizimlari. 
Yoritish 
tizimlari tashkilot binosi xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat 
kasb etadi. Tashkilot binolarining atrofini yetarlicha yoritmaslik boshqa 
xavfsizlik vositalarining samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. Masalan, 
agar tashkilotning kirishida, mashina turar joylarida yoki kuzatuv 
kamerasi o‘rnatilgan boshqa hududlarda yoritish tizimi talabga javob 
bermasa, ushbu hududlardagi noqonuniy harakatlarni aniqlash 


126 
imkoniyati kamayadi. Muhitning yoritish tizimi holat va sezuvchanligiga 
ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: 
-
doimiy yoritish tizimlari 
– tashkilot binosi atrofida o‘rnatilgan 
yoritish vositalari;
 
-
kutish rejimidagi yoritish tizimlari – 
biror bir ogohlantiruvchi 
signal ta’sirida avtomatik yoki noavtomatik tarzda ishlaydigan yoritish 
vositalari;
 
-
harakatlanuvchi yoritish tizimlari – 
qo‘lda boshqariluvchi 
yoritish vositalari bo‘lib, qorong‘uda zaruriyat bo‘lganida yoritish uchun 
foydalaniladi;
 
-
favqulotda yoritish tizimlari – 
elektr energiyasi manbalari ishdan 
chiqqanida tashkilot binolarini vaqtinchalik yoritish uchun foydalaniladi.
 
Boshqa fizik xavfsizlik choralari: energiya manbalari. 
Energiya 
manbalari nafaqat tashkilotning axborot texnologiyalari tizimiga, balki 
fizik xavfsizlikni ta’minlash tizimlariga ham katta ta’sir qiladi. 
Energiyaning yetarli darajada bo‘lmasligi yoki tez-tez uzilib qolishi 
natijasida jixozlarga zarar yetishi mumkin. Tashkilotlarda energiya 
manbaining uzilishi natijasida yuzaga keladigan zararni kamaytirish 
uchun quyidagi xavfsizlik choralarini ko‘rish lozim: 
-
energiya tebranishlariga tayyor turish; 
-
energiya uzilishi kuzatilganida uzluksiz energiya manbalaridan 
(UPS – Unintrruptible power supply) foydalanish; 
-
vositalarni tahdidlardan himoyalash tizimlarini o‘rnatish; 
-
ish joylarida statik elektr ta’siridan himoyalash tizimlarini 
o‘rnatish; 
-
elektr energiyasida ishlaydigan vositalardan to‘g‘ri foydalanish. 
Ish joyining xavfsizligi: qabulxona. 
Tashkilotning qabulxonasi har 
doim mehmon va tashkilotlar orasida o‘zaro aloqa o‘rnatishda muhim 
joy hisoblanadi. Tashkilot qabulxonasida deyarli har kuni turli 
mehmonlar, hamkorlar, xodimlar va h. bo‘lishadi. Shu sababli, 
qabulxonadagilar ularning har birini tanib olishga harakat qilishlari va 
qaydlashlari lozim.
Ish joyining xavfsizligi: Server/ zaxira nusxalash qurilmalarining 
xavfsizligi. 
Har bir tashkilot o‘z serverining va zaxira nusxalash 
vositalarining fizik xavfsizligini ta’minlashga e’tibor berishi lozim. 
Ushbu vositalarga nisbatan fizik ruxsatlarning cheklanganligi bois, 
ulardan faqat ruxsat etilgan shaxslar foydalana olishlari mumkin. Server 
va zaxira nusxalash qurilmalarining fizik xavfsizligini ta’minlash uchun 
quyidagilar amalga oshiriladi: 


127 
-
server va zaxira nusxalash qurilmalarini alohida xonada saqlash. 
Bu chora ushbu qurilmalarning noma’lum shaxslar yoki xodimlar 
tomonidan ruxsatsiz boshqarilishini cheklaydi; 
-
server va zaxira nusxalash vositalari joylashgan xonaga yoki 
muhitga kuzatuv kameralarini va smart karta yoki biometrik 
parametrlarga asoslangan autentifikatsiyani joriy etish; 
-
serverlarni, o‘g‘irlanishidan va zararlanishidan himoyalash 
uchun, maxsus tagliklarga o‘rnatish;
-
turli energiya o‘zgarishidan himoyalash uchun serverlarni zaxira 
UPS vositasiga ulash; 
-
qurilmalarni qulflanuvchi xonalarda saqlash; 
-
xodimlar tomonidan ruxsatsiz zaxira nusxalamasligini va server
vositalarini olib chiqib ketilmasligini ta’minlash. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish